Nosir Al-Xelayfi: "Florentino Peres hurmatga loyiq"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 8

Nosir Al-Xelayfi: "Florentino Peres hurmatga loyiq"

Al-Xelayfi: "Odamlar Peresning futbol uchun qilgan barcha ishlarini hurmat qilishlari kerak. Bu bizga yoqadimi yoki yo'qmi, baribir u "Madrid" va butun Yevropa futboli uchun ajoyib ish qildi. Florentino davrida "Madrid" qancha Chempionlar ligasini yutdi?! Agar adashmasam, olti yoki yetti marta.

O'ylaymanki, ba'zida siz, jurnalistlar, klublarga, ularning bosh direktorlari va prezidentlariga nisbatan adolatsizsiz, chunki ular ulkan ishni bajarishadi. Peres Ispaniyada juda ko'p narsaga erishdi, biroq ba'zi odamlar buni unga qarshi chiqish uchun o'z shaxsiy manfaatlarida foydalanmoqdalar.

Biz Peres bilan raqobatchimiz, ammo men unga va "Madrid"ga katta hurmat bilan qarayman. Peres ko'proq hurmatga loyiq"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!