#Mehdi Benatiya — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Mehdi Benatia «PSJ»ga o'tishi mumkinligi haqidagi gaplarga oydinlik kiritdi

Mehdi Benatia «PSJ»ga o'tishi mumkinligi haqidagi gaplarga oydinlik kiritdi

Mehdi Benatia «PSJ»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi va Nasser Al-Xelayfi bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Mehdi Benatia o'zining faoliyati va kelajagi borasida fikr bildirishda davom etmoqda. U o'zini himoya qilib, «Marsel»dagi faoliyati davomida bor kuchini berganini va De Dzerbini jamoaga olib kelish uning asosiy yutug'i ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, u «PSJ» haqidagi avvalgi so'zlariga ham to'xtalib o'tdi.

Mening o'tgan safargi so'zlarim «PSJ»ga o'tishimga ishora sifatida qabul qilindimi? Bu noto'g'ri talqin qilingan edi. Nasser bilan yaxshi munosabatdaman, shuning uchun agar bir necha yildan keyin u menga qo'ng'iroq qilsa va bu men uchun manfaatli bo'lsa, boraman. Men erkinman. Kimning oldida qarzdorman? Men «Marsel» manfaatlarini ko'zlab ishlashga harakat qildim. «PSJ» — bizning raqibimiz, xo'sh, nima bo'libdi? Biz professionallarmiz, ishlayapmiz. Men xohlagan narsamni qilaman. Gapimning mohiyati shunda edi, hech qanday ishora emas.