«Milan» sport direktori qidirmoqda va muzokaralar allaqachon boshlangan!
Jerri Kardinale klubning futbol yo'nalishiga javobgar bo'ladigan mutaxassisni izlashda davom etmoqda. Yozda Markus Krosheni tayinlashning iloji bo'lmadi: «Ayntraxt» shartnomasi 2028-yilga qadar mo'ljallangan rahbarini qo'yib yuborishdan bosh tortdi.
Endi asosiy nomzodlardan biri sifatida «Udineze», «Roma» va «Yuventus»ning sobiq himoyachisi Mehdi Benatiya tilga olinmoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, tomonlar allaqachon muzokaralar o'tkazishgan va ular ancha ilgarilab ketgan. Benatiya katta futbolga qaytishga tayyor, ammo yakuniy kelishuvga hali erishilgani yo'q.
«Marsel»da u Grinvud, Xoybyerg va Raboni tarkibga qo'shib olishda ishtirok etgan.
Sizningcha, Benatiya «Milan»ning yangi boshqaruv jamoasi uchun munosib nomzodmi? 👇
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!