«Milan» yangi sport direktori izlamoqda
«Milan» klubi yangi sport direktori lavozimiga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Asosiy nomzodlar orasida Markus Kroshe, Tyago Pintu va Mehdi Benatiya bor.
«Milan» yangi sport yo'nalishi rahbarini izlamoqda!
Jerri Kardinale transfer va sport masalalarini klub ishini muvofiqlashtiradigan hamda Ruben Amorim bilan yaqindan hamkorlik qiladigan tajribali mutaxassisga topshirmoqchi.
👔 Asosiy nomzodlar qatorida:
Markus Kroshe — «Ayntraxt» futbol yo'nalishi rahbari. U o'z safdoshi Timmo Xardeng bilan birga kelishi mumkin.
Tyago Pintu — «Bornmut»ning hozirgi futbol yo'nalishi rahbari, avval «Roma»da ishlagan.
Mehdi Benatiya — «Yuventus» va «Roma»ning sobiq himoyachisi, avval «Marsel»da ishlagan. Hozirda u erkin agent, shuning uchun uni taklif qilish eng tezkor variant bo'lishi mumkin.
🤔 «Milan»ning yangi sport loyihasi uchun kimni tanlagan bo'lardingiz — Kroshe, Pintu yoki Benatiyani?