Stefan Rishar Frenk MakKortning klubdagi moliyaviy siyosati va yangi investorlarni jalb etish rejalari haqida gapirdi.
Stefan Rishar:
Muxlislar buni bilishlari kerak. Yakuniy hisobda aynan Frenk MakKort Igor Payshaoni olib qolish uchun sa'y-harakat qildi.
U moliyalashtirishni to'xtatib qo'ymadi va mavsum uchun prognoz qilingan zararlarni qoplash majburiyatini oldi. Futbol Frenk MakKort kabi odamlarga bog'liq bo'lmasligi kerak.
U OM kapitaliga investorlarni qabul qilishga tayyor. Klub sotilmayapti, ammo 10 yildan so'ng u yangi investorlarni jalb qilish vaqti keldi deb qaror qildi.
Romain Molina «Marsel»dagi moliyaviy muammolar, MakKortning siyosati hamda Longoriya va Benatiya o'rtasidagi ziddiyatlar haqida gapirdi.
Romain Molina «Marsel» klubi, uning egasi va sobiq rahbariyati haqida tanqidiy fikrlarini bildirib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, klub byudjetni muvozanatlash uchun futbolchilarni sotishga majbur.
MakKort haqida:
U klubdagi tarkibiy zararlarni qoplash uchun katta mablag' sarflagan. Endilikda u «teshiklarni yamoqchi» emas va katta xarajatlardan voz kechmoqda. Bu esa klubni moliyaviy barqarorlik uchun o'yinchilarni sotishga majbur qilmoqda. MakKort klubni haddan tashqari yuqori baholamoqda, aslida esa «Marsel» bunchalik qimmat turmaydi.
Pablo Longoriya haqida:
Molina uni «siyosiy omon qoluvchi» deb ataydi. U murakkab vaziyatlarda yashirinishga urinishda va yuqori maoshlar belgilashda, jumladan, Obameyang bilan bog'liq vaziyatda ayblanmoqda. Shuningdek, agentlar bilan bog'liq intrigalar va rahbarlik sifatlarining yetishmasligi tanqid qilinadi.
Mehdi Benatiya haqida:
Molina uning dastlabki qadamlarini ijobiy baholaydi: «U — xo'jayin». Benatiya klubdagi tartibsizliklarga barham bergan. Biroq, uning hamma narsani nazorat qilishga intilishi ichki nizolarga sabab bo'lgan.
«Marsel»dagi umumiy vaziyat:
Klub MakKortga qaramlik tufayli tarkibiy tanqislikdan aziyat chekmoqda. 2027-yil 30-iyungacha 150 million yevrolik futbolchilarni sotish talab etiladi. «Marsel» ko'pincha o'z-o'zini yo'q qiladi, Chempionlar ligasiga chiqish esa iqtisodiy jihatdan hayotiy ahamiyatga ega.
Gregori Lorensi «OM»dagi qayta qurish jarayoni, Bruno Jenezio bilan munosabatlar va klubning kelgusi rejalari haqida gapirdi.
Gregori Lorensi L'Equipe nashriga bergan intervyusida «OM»dagi vaziyat va jamoaning kelajagi haqida gapirdi:
«Men biz sport va moliya nuqtayi nazaridan qayta qurish jarayonida ekanligimizni hamda DNCG va Yevropa Ligasi ishtiroki bilan bog'liq ko'plab cheklovlarimiz borligini bilardim. Maoshlar fondini qisqartirish uchun futbolchilarni sotishimizga to'g'ri keldi. Bu vazifalarni bajarishning imkoni bo'lmadi va biz yangi futbolchilarni jalb qila olmadik. Biz moslashishga majbur bo'ldik va hozirda o'zimiz istagan holatda emasmiz. Endi maydonda vaziyatni o'nglashimiz kerak», — dedi Lorensi.
«PSJ»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Bruno Jenezio klub rahbariyati bilan gaplashib olishini aytgandi. Lorensi bu borada shunday dedi:
«Gap dastlabki o'yinlarni tahlil qilish haqida edi. Biz ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo yuqori himoya chizig'i bilan o'ynab, qarshi hujumlarda ko'p gol o'tkazib yubordik. Bu bizni o'ylantirmoqda. Bizga ritm yetishmayapti: ko'p to'g'ri ishlarni qilyapmiz, lekin bir soatdan keyin pasayishni boshlayapmiz. Tarkibni tubdan o'zgartirmaymiz, chunki bunga qurbimiz yetmaydi. Qo'limizdan kelayotgan ishlarni kuchaytirishimiz va shu bilan birga o'zimizni xavf ostiga qo'ymasligimiz kerak».
Jenezio va klub egasi Frenk MakKort o'rtasidagi munosabatlar haqida Lorensi shunday fikr bildirdi:
«O'ylaymanki, biz barchamiz — murabbiy, rahbariyat va men — bir fikrdamiz. Bruno o'z o'ylari bilan o'rtoqlashadi. Men u bilan bu haqda gaplashdim va uning his-tuyg'ularini ifoda etish uning vazifasi deb hisoblayman. Ammo bu haqda matbuotda gapirishimiz qandaydir foyda keltirmaydi. Biz tarkibni qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qilib oldik va bu muammoni hal qilish bizga bog'liq. U klub egasi bilan gaplashadimi — bu savolga javob bera olmayman. Uning jahli chiqqanini tushunish mumkin, chunki u jamoada salohiyat borligini his qilmoqda va bu unda umidsizlik uyg'otmoqda. Ammo bu jamoa ichida kelishmovchilik bor degani emas. Biz vaziyatga xotirjam qarayapmiz va bu «OM»dagi murabbiy loyihasiga hech qanday shubha tug'dirmaydi».
Murabbiyning iste'foga chiqishi mumkinligi haqidagi savolga Lorensi keskin javob berdi:
«Yo'q, aslo. Murabbiy biz bilan 2028-yilgacha shartnoma imzolagan, biz Bruno bilan birgalikda rejalar tuzmoqdamiz va bu masala umuman kun tartibida yo'q».
Shuningdek, u Jenezio bilan munosabatlari haqida to'xtaldi:
«Bizda umumiy jihatlar bor. Brunoni xotirjam inson deyishadi. Har doim ham emas. U o'z fikrini ochiq ayta oladi va «Parij»ga qarshi o'yindan (1:2) keyin kiyim almashtirish xonasida vaziyat biroz o'zgargandi. Men xotirjam ko'rinishim mumkin, lekin futbolchiga biror narsa deyish kerak bo'lsa, albatta aytaman».
Kelajakdagi maqsadlar va yanvar oyidagi transferlar haqida:
«Qisqa muddatli istiqbolda eng muhimi — maqsadlar haqida gapirmaslik. Ishonchni qaytarish va g'alaba qozonish kerak, balki chiroyli emas, lekin samaraliroq o'ynash lozim. Murabbiy yoki klubdagi bizlar qaysidir turnirda taslim bo'lishimizni aytganimizni tasavvur qila olmayman. Bizda o'rta va uzoq muddatli qarashlar bo'lishi kerak, shuning uchun ham murabbiyga hech qanday bosim o'tkazmayapmiz. Qayta qurish — bu ikki oylik ish emas. Yanvar oyiga kelsak, bu uzoq davom etadigan jarayon va xotirjamlikni saqlash kerak. DNCG tomonidan cheklovimiz bor, dekabr oyidagi eshituvga tayyorgarlik ko'ryapmiz va uning natijalaridan kelib chiqib qaror qabul qilamiz».
Foot Mercato xabariga ko'ra, Frenk Makkort Xoybyergning "Nyukasl"ga o'tishdan bosh tortganidan so'ng g'azabda.
Foot Mercato xabariga ko'ra, Makkort Xoybyerg o'z qarorini keskin o'zgartirib, "Nyukasl"ga o'tishdan bosh tortganidan so'ng g'azabda.
Frenk Makkortning fikricha, endilikda har bir inson mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi va "OM" kelajagini shaxsiy manfaatlaridan ustun qo'yishi kerak.
Makkortga yaqin manba: "Frenk Makkort ayrim pozitsiyalarga nisbatan chuqur noroziligini yashirmayapti, ularni egallab turgan odamlar bugungi kunda klub qanday ahvolda ekanligini tushunmayotganga o'xshaydi. Frenk aprel oyi boshidagi matbuot anjumanida ham iqtisodiy tejash bo'yicha zarur choralarni ko'rish va moliyaviy majburiyatlarni bajarish muhimligini bir necha bor ta'kidlagan edi. Bu tanlov emas."