#Gregori Lorensi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Erik Rua: 3,5 yil davomida saraton bilan kurashib, jamoasini tark etmagan murabbiy

Erik Rua: 3,5 yil davomida saraton bilan kurashib, jamoasini tark etmagan murabbiy

Erik Rua 3,5 yil davomida saraton kasalligi bilan kurashib, «Brest»ni tark etmagan. Uning rafiqasi murabbiyning so'nggi kunlari va matonati haqida so'zlab berdi.

Erik Rua — barchamiz uchun mardlik namunasi. Uning vafoti nafaqat Fransiya futboli uchun katta yo'qotish, balki haqiqiy matonat timsoli hamdir.

U «Brest» bosh murabbiyi etib tayinlanganidan bir necha kun o'tib, qorni qattiq og'riganida 4-bosqich saraton kasalligiga chalinganini bilib qoladi. Va u 3,5 yil davomida buni omma oldida sir tutdi. Bu haqda Letisiya Rua Le Parisien nashriga bergan intervyusida so'zlab berdi:

«U «Brest»ga kelganida klubdagi vaziyat o'ta og'ir edi. Erik — jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qolish uchun tayinlangan menejer edi.

Qarshingizda turgan yigitlar sizni ularni halokatdan qutqarib qoladigan superqahramon deb bilishadi.

Shunday ekan, agar siz kelib: «Salom, menda saraton, ehtimol bir necha oydan keyin o'lib ketarman», desangiz, bu ish bermaydi.

Shu bois u buni o'zida saqlab qoldi. U bu haqda klub prezidenti Deni Le Senga va sport direktori Gregori Lorentsigagina xabar berdi, ular esa unga xavotir olmaslikni va kerak bo'lganda o'ziga vaqt ajratishni aytishdi.»

Rua kurashdi. Shifokorlar qo'llaridan kelgancha yordam berishdi, u kasalxonaga qatnashini omma oldida sir tutish uchun hamma narsani qildi. Letisiya davolanish jarayonida doimo u bilan birga bo'ldi. Ammo boshidanoq bu Erik kabi jangchi uchun ham tengsiz kurash edi:

«Mavsum yakunlanayotgan edi, u esa... zo'rg'a yura olardi. Uning oyog'ida kompressorli kolgotkalar bor edi, go'yo oyoqlari 50 kg tosh bosayotgandek tuyulardi...

O'shanda futbolchilar uning kuchdan qolganini aniq tushunishgan. Kamori Dumbiya muxlislar qarshisida uning qo'lini ko'tarib turgan kadrlar bor. U esa holdan toygan, hamma joyi og'riyapti... 😔

Ertasi kuni biz Nitssaga qaytdik. U dam olib, yangi mavsumni boshlayman deb o'ylagandi. U qaytdi, men esa farzandlarimga qo'ng'iroq qilib: «Dada, bu yaqin qoldi. Sizlar qaytishingiz kerak...», dedim. U hali ham menga hech bo'lmasa bir marta Brestga borish haqida gapirardi. Oxir-oqibat, uni murabbiylar shtabiga va asosiy o'yinchilarga bu haqda xabar berishga ko'ndirdim.

So'nggi kunlarda u ko'p azob chekdi... Uning ketishi nafaqat uning o'zi, balki biz uchun ham yengillik bo'ldi. Men bir oy davomida uxlamadim. U farzandlari bilan gaplashishni istadi. Ularga: «Men hech narsadan afsuslanmayman. Men doim o'z ishtiyoqimni hamma narsadan ustun qo'yganman va aynan shu narsa meni baxtli qilgan», dedi. O'g'lim unga mustaqillikni o'rgatganini, qizim esa o'ziga ishonchni o'rgatganini aytdi. Men unga: «Azizim, sen hayotimizni eng yuqori cho'qqiga olib chiqding. Qo'yib yubor va uchib ket, sen charchading», dedim. Men uning tinch ketishini istardim.

Men 37 yillik hayotimni ajoyib inson va betakror ota bilan o'tkazganim haqida o'ylayman. O'sha damda men usiz yashashim kerak bo'lgan yillar haqida o'ylashni istamasdim, chunki menga 56 yosh. Ammo biz bobo-buvi bo'lishimiz va birga qarishimizni tasavvur qilgandik...

Ba'zi o'yinlardan oldin u kimyoterapiyaning dahshatli nojo'ya ta'sirlari bilan kurashish uchun kiyinish xonasida yashirinardi. Universitet klinikasi uning davolash kursini Yevropa o'yinlari jadvaliga moslashtirib berdi. Ishda u mardona turdi. Ammo mashinada yonimga o'tirishi bilan niqob tushib ketardi.»

Boshidanoq u kimyoterapiya tufayli sochlari to'kilganini yashirish uchun kepka kiyishni maslahat bergan edi. Oxir-oqibat bu uning «Brestdagi yo'lining ramzi»ga aylandi. U «ko'rgazmadagi bemor» bo'lishdan bosh tortdi va hech qanday imtiyozlarsiz odatdagidek ishlashda davom etishni xohladi. Mavsum oxiriga kelib u zo'rg'a yura olardi va mustaqil kiyina olmasdi. Shunga qaramay, qalbida u allaqachon «yangi mavsumni boshlash» haqida o'ylayotgan edi.

Letisiya, shuningdek, JCh vaqtida Didye Deshamdan olingan uchta «g'ayrioddiy» xabar haqida ham so'zlab berdi.

Tinch uxla, Erik.. 💔