#Matteo Politano — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Matteo Politano A Seriyada 50 ta golli uzatmani amalga oshirdi

Matteo Politano A Seriyada 50 ta golli uzatmani amalga oshirdi

Matteo Politano A Seriyada 50 ta golli uzatma marrasini zabt etdi va bir o'yinda gol hamda assist qayd etdi.

Matteo Politano A Seriyada 50 ta golli uzatma ko'rsatkichiga erishdi. Bundan tashqari, u 14-martdan beri (Lechchega qarshi o'yindan so'ng) ilk bor turnir doirasidagi bitta o'yinda ham gol urishga, ham golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Matteo Politano: «Hali optimal formada emasmiz»

Matteo Politano: «Hali optimal formada emasmiz»

Matteo Politano "Arezzo" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va jamoaning hozirgi holati haqida gapirdi.

"Arezzo"ga qarshi o'yindan so'ng Matteo Politano SKY Sport nashriga intervyu berdi.

🔘 Bugun penaltidan gol ura olmadim, ammo qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydim...

Penaltini bir urinishda golga aylantirganimda yaxshiroq bo'lardi. Afsus, biz mavsumni yaxshi boshlashni istagandik, garchi hozir optimal formada emasligimizni bilsak ham. Bu tushunarli holat, chunki biz mashg'ulotlarni boshlaganimizga atigi to'rt kun bo'ldi. Asta-sekin kerakli ritmga kirib olamiz.

🔘 O'tgan yili ham "Arezzo"ga yutqazgandingiz...

Bu bizning mavsumoldi yig'inlaridagi noqulay raqibimiz. Oldinda hali ko'p ish qilishimiz kerak; vaqtimiz yetarli. Xotirjamlikni saqlashimiz lozim.

🔘 4-3-3 sxemasi — avvalgi uslubga qaytishmi?

Albatta, hammasi murabbiyga bog'liq. Qolaversa, terma jamoalardan hali qaytmagan bir nechta futbolchilarimiz bor. O'tgan yillar davomida istalgan sxemada o'ynay olishimizni isbotlaganmiz.