#Arezzo — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Antonio Vergara: Allegri meni mezzala sifatida ko'rmoqda

Antonio Vergara: Allegri meni mezzala sifatida ko'rmoqda

Antonio Vergara SKY Sport nashriga bergan intervyusida Allegri unga yuklayotgan vazifalar va jamoadoshlaridan o'rganayotgan jihatlari haqida gapirdi.

Antonio Vergara SKY Sport nashriga intervyu berdi:

«Chelsi»ga qarshi o'yindan boshlab hayotim o'zgardi, ammo hozir eng qiyin palladaman.

Texnik jihatlar haqida gapiryapsizmi?

Ha. Allegri meni mezzala sifatida ko'rmoqda. U mendan maydonda to'g'ri joylashishni, texnik jihatdan toza o'yin ko'rsatishni va ushbu roldagi boshqa ko'plab jihatlarni o'zlashtirishni so'ramoqda. U menga o'zimni o'rgandim deb o'ylagan narsalarim aslida hali o'rganishim kerak bo'lgan jihatlar ekanligini tushuntirmoqda. Men jamoadoshlarimning barchasidan nimadir o'rganishga harakat qilyapman. Angissadan agressivlik va pressingdan chiqib ketishni, Maktominaydan hujumlarga qo'shilishni, De Bryuynedan esa o'yinni boshqalardan oldin ko'ra olish va vaziyatni oldindan sezish yengilligini o'zlashtiryapman.

Yaqinda «Selta»ga qarshi o'yin bor...

«Napoli» o'yinini yaxshilashini kutmoqdaman. «Aretsso»ga qarshi bahsni shijoatli boshladik, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadik, keyin esa o'yindan o'yinga o'sib bordik. Navbatdagi bahsda avvalgisidan ham sifatliroq o'yin ko'rsatib, shu ruhda davom etishga umid qilamiz.

O'ng ustun yangiliklari

Matteo Politano: «Hali optimal formada emasmiz»

Matteo Politano: «Hali optimal formada emasmiz»

Matteo Politano "Arezzo" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va jamoaning hozirgi holati haqida gapirdi.

"Arezzo"ga qarshi o'yindan so'ng Matteo Politano SKY Sport nashriga intervyu berdi.

🔘 Bugun penaltidan gol ura olmadim, ammo qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydim...

Penaltini bir urinishda golga aylantirganimda yaxshiroq bo'lardi. Afsus, biz mavsumni yaxshi boshlashni istagandik, garchi hozir optimal formada emasligimizni bilsak ham. Bu tushunarli holat, chunki biz mashg'ulotlarni boshlaganimizga atigi to'rt kun bo'ldi. Asta-sekin kerakli ritmga kirib olamiz.

🔘 O'tgan yili ham "Arezzo"ga yutqazgandingiz...

Bu bizning mavsumoldi yig'inlaridagi noqulay raqibimiz. Oldinda hali ko'p ish qilishimiz kerak; vaqtimiz yetarli. Xotirjamlikni saqlashimiz lozim.

🔘 4-3-3 sxemasi — avvalgi uslubga qaytishmi?

Albatta, hammasi murabbiyga bog'liq. Qolaversa, terma jamoalardan hali qaytmagan bir nechta futbolchilarimiz bor. O'tgan yillar davomida istalgan sxemada o'ynay olishimizni isbotlaganmiz.