Roberto Sosa: «Gustavu Varela hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin»
Sobiq «Napoli» hujumchisi Roberto Sosa «Montsa» futbolchisi Gustavu Varelaning transferi va Rasmus Xeylundning o'yini haqida fikr bildirdi.
Radio Marte efirida sobiq «Napoli» hujumchisi Roberto «El-Pampa» Sosa o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Gustavu Varela yanvar oyidagi transfer oynasida «Montsa»dan xarid qilinishi kerakmi? «Ha» deyish oson. Xeylund barcha o'yinlarda maydonga tusha olmaydi. Daniyalik futbolchiga o'z o'yinini yaxshilashda yordam berish uchun uni haft davomida kuchli raqobatga solish kerak. Agar u Lukka bilan raqobatlashsa, qanday qilib o'z o'yinini yaxshilay oladi? Balki Lorentso o'z o'yinini shu tariqa yaxshilashi mumkin, ammo Rasmus emas. Lukka uchun «Lechche»da ham asosiy tarkib futbolchisiga aylanish qiyin bo'ladi.»
Varela hujumdagi raqobatbardoshlikni oshirish va shu orqali Rasmusning saviyasini ko'tarish uchun foydali qo'shimcha bo'lishi mumkin edi. Menga Xeylund yoqadi, ammo siz u keyingi bir nechta o'yinlarda 8-10 ta gol ura olishiga haqiqatan ham ishonasizmi?»