#Rasmus Xoylund — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Rasmus Xoylund "Napoli"ga o'tishi va jamoa haqida fikr bildirdi

Rasmus Xoylund "Napoli"ga o'tishi va jamoa haqida fikr bildirdi

Rasmus Xoylund «Napoli»ga o'tishi, Konte bilan suhbatlari va «Manchester Yunayted»dagi qiyin davri haqida gapirdi.

📰 La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida Rasmus Xoylund quyidagicha fikr bildirdi:

🔘 Bugungi «Napoli» skudettoga loyiqmi?

Bilmayman, bilmayman. O'ylashimcha, bu yil har kuni rivojlanib borish muhim. Ko'ramiz.

🔘 Siz «Napoli»ni tanladingiz. Bu to'g'ri qaror bo'ldimi?

O'ylashimcha, ha. Bu ijobiy qadam bo'ldi deb hisoblayman. Esimda, o'tgan yili «Manchester Yunayted»da qiyin vaziyatda edim. Hatto ular meni u yerda ko'rishni istashmayapti, deb ham aytganman. Variantlarimni baholashim kerak edi va «Napoli» aniq to'g'ri tanlov bo'ldi. Konte va Manna bilan ijobiy suhbatlar o'tkazdik: hozircha bu ajoyib hikoya.

🔘 Bu libosda o'zingizni qanday his qilyapsiz?

Bu ajoyib tuyg'u. Men ushbu jamoada o'ynayotganimdan juda faxrlanaman va xursandman. U qalbimda alohida o'rin tutadi; hozircha bu ajoyib hikoya va uni yozishda davom etishga umid qilaman.

O'ng ustun yangiliklari

Rasmus Xoylund avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Rasmus Xoylund avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

«Napoli» muxlislari avgust oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi. Daniyalik hujumchi Rasmus Xoylund ushbu nomga loyiq ko'rildi.

💙Rasmus Xoylund - oyning eng yaxshi futbolchisi!

👍«Napoli» muxlislari talqiniga ko'ra, daniyalik hujumchi avgust oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Rasmus Xoylund o'z faoliyati va terma jamoadagi debyuti haqida gapirdi

Rasmus Xoylund o'z faoliyati va terma jamoadagi debyuti haqida gapirdi

Rasmus Xoylund Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida o'z faoliyati va terma jamoadagi debyuti haqida gapirdi.

Rasmus Xoylund Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida o'z faoliyati haqida so'zlab berdi:

🔘Bolalikdan boshlaymiz. Futboldagi ilk qadamlaringiz?

«Men «Xorsxolm»da o'ynaganman va bu klub men o'ynagan vaqtdan beri juda o'zgardi. U yerda haqiqatan ham yaxshi muhit bor edi; otam ko'p yillar davomida murabbiyim bo'lgan va meni shu yo'lga boshlagan. Keyin «Brondbyu»ga o'tdim, u yerda adashmasam, uch-to'rt yil o'ynadim. So'ngra «Kopengagen»ga o'tdim, u yerda professional futboldagi debyutimni birinchi jamoada nishonlaganman.»

🔘Milliy terma jamoadagi debyutingizdan taassurotlar?

«Shunchaki fantastik, hammasi juda yaxshi o'tdi! «Atalanta» meni o'z saflarida ko'rishni istadi, sotib oldi va ular safidagi bir nechta o'yindan so'ng gol urdim va golli uzatmani amalga oshirdim. Keyin esa murabbiy kutilmaganda menga qo'ng'iroq qilib, Daniya terma jamoasiga Millatlar ligasi doirasidagi Xorvatiya va Fransiyaga qarshi o'yinlar uchun qo'shilishni xohlaysizmi, deb so'radi. Kristian Eriksen va barcha asosiy kumirlarim yonida bo'lish, ularning jamoadoshi bo'lish aql bovar qilmas holat edi. Bu hayajonli tajriba bo'ldi.»