Kristian Kivu: «Italiya futboli uchun ajoyib reklama, jamoalarning hech biri 2:2 hisobini saqlab qolish haqida o'ylamadi. «Napoli»ni tabriklash kerak, bu kuchli jamoa, tarkibida o'yin taqdirini hal qila oladigan individual mahoratga ega futbolchilar bor.
Biz birinchi o'tkazib yuborilgan gol vaziyatida yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Ikkinchi gol esa buning oqibati. Ammo menga jamoaning munosabati va intensivlik yoqdi. Birinchi golimiz ko'proq umid bag'ishlagandi. Biz tavakkal qila olmasligimizni anglab turgandik. Qo'shimcha hujumchini maydonga tushirish uchun biroz kutdik va jasoratimiz uchun mukofotlandik».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!