Benoa Badyashil tibbiy ko'rikdan qachon o'tishi ma'lum bo'ldi
Janluka Di Marsio ma'lumotiga ko'ra, Benoa Badyashil ertaga, 19-avgust kuni Villa Styuart klinikasida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, Benoa Badyashil ertaga, 19-avgust kuni soat 10:00 da (CET) Villa Styuart klinikasida tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Ilgari fransiyalik markaziy himoyachi 17-avgust kuni Italiyaga kelishi va 18-avgustda klinikaga borishi kutilayotgan edi. Biroq 17-avgust holatiga ko'ra, Napoli va Chelsi o'zaro kelishuvdagi barcha masalalarni hal qilib ulgurmagan edi.