Xabi Alonso Jordan Hendersonning jamoaga qaytishi va uning o'yin intellekti haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Xabi Alonso Jordan Henderson haqida:
«Bizga yarim himoya chizig'ida barqarorlik va izchillik yetishmayotgan edi, bu esa juda muhim. Xendoning qaytishi uning o'yin intellekti hamda Premer-liganing har bir o'yinida kurashish uchun nima talab qilinishini tushunishi tufayli katta ahamiyatga ega.
U o'ziga yaqin bo'lgan o'yinchilarga juda katta yordam bermoqda. Qo'lidagi jarohatdan so'ng o'zini to'liq tayyor his qilishi uchun unga biroz vaqt kerak bo'ldi, ammo hozir u o'zini yaxshi his qilyapti va o'ziga barchasi tanish bo'lgan joyga qaytmoqda».
Xabi Alonso «Yuventus»ga qarshi o'yin oldidan Mudrikning holati, Xendersonning jarohati va jamoaning mavsumoldi tayyorgarligi haqida gapirdi.
Xabi Alonso «Yuventus»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
Mudrikning qaytishi haqida:
Misha yana biz bilan ekanligidan juda xursandmiz. Uning tabassumidan qaytganidan qanchalik baxtiyor ekanligini ko'rish mumkin edi.
Uning hozirgi jismoniy holatini ko'rib chiqamiz. U astoydil ishladi. Endi eng muhimi – asta-sekin jamoa bilan birga mashg'ulotlarga kirishib ketish.
Mudrikning jismoniy holati haqida:
U uzoq vaqt davomida individual shug'ullandi. Bu butunlay boshqacha jarayon. Hozir unga sheriklari bilan birga ishlash kerak.
U haqiqiy professional. Endi asta-sekin sport formasini tiklab olish muhim.
Mudrikning ertangi o'yinda maydonga tushishi haqida:
U aeroportdan to'g'ri mehmonxonaga keldi. Kecha uning jismoniy tayyorgarligidan ko'ra, ko'proq his-tuyg'ular va taassurotlar haqida gaplashdik.
Ammo ha, u o'ynashi mumkin. To'qson daqiqa uning uchun hali erta, lekin u qaydnomaga kiritilishga va maydonga tushishga tayyor.
Jordan Xendersonning jarohati haqida:
Jordanni JCH yarim finalchilari qaytgan vaqtda umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishini kutmoqdamiz.
Jarohatdan to'liq tiklanishi uchun unga qancha vaqt kerakligini hali baholashimiz kerak.
Jamoaning mavsumoldi tayyorgarligi haqida:
Hozir mavsumoldi tayyorgarligining o'rtasidamiz. Ish boshlanganiga uch hafta bo'ldi va mavsum boshlanishiga yana shuncha vaqt qoldi.
Biz har bir o'yinni tahlil qilyapmiz – nimalarni to'g'ri qildik, nimalarni noto'g'ri. «Tottenxem»ga qarshi o'yinni tahlil qilib chiqdik. Endi oldinda «Yuventus» – juda tajribali futbolchilar va kuchli murabbiyga ega ajoyib jamoa. Bu biz uchun qiziqarli sinov bo'ladi.
Jamoaning hozirgi holati haqida:
Biz hali ham mavsumoldi tayyorgarligidamiz, shuning uchun hali o'zimiz xohlagan darajada emasmiz.
Jekson haqida:
Niko – ajoyib futbolchi. U raqib darvozasi oldida xavf tug'dira oladi. Bizga raqobatlashishga tayyor futbolchilar kerak va Niko ulardan biri. Nikoning biz bilan ekanligidan xursandmiz.
Jordan Henderson "Chelsea"ga o'tishi, Xabi Alonso bilan suhbat va jamoa bilan kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
🔵 Jordan Hendersonning "Chelseadagi" ilk intervyusi [2-qism]:
💬 Yosh o'yinchilarga qanday yordam bera olaman deb o'ylaysan?
"Tajriba ortidan ko'plab vaziyatlarga duch kelasiz. Yosh futbolchilarga qarab, o'z yoshligimni eslayman va ularga o'xshash holatlarni boshdan kechirganimni tushunaman. Shu bois ular bilan gaplashib, vaziyatga boshqa tomondan qarashni ko'rsata olaman".
"Tajriba bilan bo'lishish juda muhim. Ko'pchilik indamaslikni afzal ko'radi, lekin men tajriba uzatish katta qadriyat deb hisoblayman. Yosh va tajribali o'yinchilarni, turli qarashlarni tushunish kerak. Yoshim o'tgan sari buni yaxshiroq o'rgandim".
💬 Xabi Alonso bilan gaplashdingmi? Suhbat qanday o'tdi?
"Ha, gaplashdik. Juda ijobiy suhbat bo'ldi. Aytganimdek, u bu yerga o'tishimning asosiy sabablaridan biri. Unga ham o'yinchi, ham murabbiy sifatida katta hurmat bilan qarayman".
"U bilan ishlagan barcha odamlar u haqida faqat ijobiy fikrlar bildirishgan. Birorta ham yomon gap eshitmadim. Bu uning inson sifatidagi fazilatlari haqida ko'p narsani anglatadi".
"Suhbat juda yaxshi chiqdi. Uning qo'l ostida ishlash va undan imkon qadar ko'proq narsa o'rganish men uchun katta sharaf".
💬 "Chelseadagi" ba'zi o'yinchilar bilan Angliya terma jamoasida birga o'ynagansan. Ular bilan yana birlashishdan xursandmisan?
"Ha, bir nechta yigitlarni terma jamoadan yaxshi bilaman. Shuningdek, Yorrel bilan "Ayaks"da birga bo'lganmiz, munosabatlarimiz yaxshi edi".
"Shu bois ko'pchilikni taniyman. Ular bilan birga mashg'ulot o'tkazish va o'ynashni intiqlik bilan kutyapman. Shuningdek, hali tanimagan futbolchilarim bilan ham tanishish va birga ishlash qiziq".
💬 Kobxemdagi ilk taassurotlar qanday?
"Juda yaxshi. Bu yer haqiqatan ham ajoyib. Maydonlar va mashg'ulot bazasi a'lo darajada".
"Faqat hozir bu yerda hech kim yo'qligi achinarli — hamma Avstraliyada mavsumoldi turnesida, shuning uchun hali hech kimni ko'ra olmadim".
"Umid qilamanki, bir necha haftadan so'ng jamoa qaytgach, darhol ishga kirishamiz".
💬 Va nihoyat, "Chelsea" muxlislariga nima demoqchi eding?
"Yoshimni hisobga olsak, o'tishim eng ko'p muhokama qilinadigan mavzulardan biri bo'lishini tushunaman. Ammo klubdan ketish vaqti kelganda, hamma men "Chelseaga" nima bera olganimni ko'radi va tan oladi deb umid qilaman".
"Oldinda yana bir nechta yaxshi yillarimiz bor deb umid qilaman. Lekin bitta narsani va'da qila olaman — har kuni ushbu klub va jamoa uchun bor kuchimni beraman".
"Men shunchaki o'zim bo'lib qolishni, ham maydonda, ham maydon tashqarisida qo'limdan kelgancha yordam berishni va "Chelsea" yaqin kelajakda muvaffaqiyatga erishishi uchun hamma narsani qilishni istayman".
Jordan Henderson «Chelsi»ga o'tishi bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va yangi klubidagi maqsadlari haqida gapirdi.
💙 Jordan Henderson «Chelsi»ga o'tishi haqida shunday dedi:
Klubning ko'lami, men chin dildan hurmat qiladigan bosh murabbiyning shaxsiyati va futbolchilar saviyasini hisobga olganda, bu men rad eta olmaydigan ulkan imkoniyat edi.
Shuningdek, klub egalarining «Chelsi» muvaffaqiyatga erishishi va to'g'ri yo'nalishda harakatlanishi uchun qanchalik intilayotgani meni juda hayratda qoldirdi.
Men uchun eng muhimi — har kuni maydonda ham, maydon tashqarisida ham bor kuchimni berish, jamoadoshlarimga va butun jamoaga imkon qadar yordam berishdir. Ishni boshlashni intiqlik bilan kutyapman.
The Athletic nashri jurnalisti Saymon Jonson "Chelsi"ning yangi transfer siyosati va tajribali o'yinchilarga bo'lgan ehtiyoji haqida ma'lumot berdi.
The Athletic nashri jurnalisti Saymon Jonson "Chelsi" o'z transfer siyosatini nima uchun o'zgartirgani va nima sababdan Premer-liga tajribali o'yinchilariga ishonch bildirayotgani haqida fikr bildirdi:
BlueCo allaqachon jamoani tajribali futbolchilar atrofida qurishga uringan edi. 2022-yil yozida klub Rahim Sterling, Kalidu Kulibali va Pyer-Emerik Obameyangni tarkibga qo'shib olgandi, biroq ularning hech biri kutgan natijani bermadi.
Uchlikning muvaffaqiyatsizligi BlueCo 2023-yil yanvarida strategiyasini o'zgartirishiga asosiy sabab bo'ldi. Klub butunlay yosh futbolchilarga e'tibor qaratdi, ammo bu yondashuv ham kutilgan samarani bermadi. Jamoa APLda oltinchi, to'rtinchi va o'ninchi o'rinlarni egalladi, garchi Konferensiyalar ligasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozongan bo'lsa ham.
Danni Uelbek va Jordan Xendersonning transferi "Chelsi" transfer strategiyasidagi ongli burilishdir. Klub jamoaga tajriba, yetakchilik qobiliyati va hissiy yetuklik yetishmayotgani to'g'risida xulosaga keldi, shu bois bu yozda faqat yoshlarga emas, balki tajribali o'yinchilarga ham urg'u berildi.
BlueCo o'z modelini tuzatish zarurligini tan oldi. Bahorda Behdad Egbali loyihaga yoshlik va tajriba o'rtasidagi muvozanatni topish hamda jamoani yangi bosqichga olib chiqish uchun ko'proq tayyor futbolchilar kerakligini aytgandi.
Klubdagi manbalar ma'lumotiga ko'ra, Liam Rosenyor tayinlangandan so'ng darhol o'yinchilarga hissiy yetuklik yetishmayotganini ko'rsatib o'tdi. Uning fikricha, hakamlarning bahsli qarorlaridan yoki o'tkazib yuborilgan gollardan so'ng jamoa 10-15 daqiqaga konsentratsiyani yo'qotardi, bu esa ko'pincha natijaga ta'sir qilardi.
"Chelsi"da intizomni ham jiddiy muammo deb hisoblashadi. So'nggi uch mavsumda klub APLda Fair Play reytingi bo'yicha ikki marta eng yomon jamoa bo'ldi va bir marta qatordan oldingi o'rinni egalladi. Hatto jamoa yetakchilari ham muntazam ravishda keraksiz kartochkalar olishardi.
Xabi Alonso bilan muzokaralar chog'ida tomonlar jamoaga ko'proq "ruhiy jihatdan kuchli yigitlar" kerakligi borasida kelishib olishdi. Ispaniyalik mutaxassis jamoa ichida sog'lom muhitni shakllantirish uchun yosh va tajribali o'yinchilar o'rtasidagi to'g'ri muvozanat muhimligini ta'kidladi.
Yosh asosiy mezon emas. "Chelsi" kuchli xarakter va to'g'ri mentalitetga ega tayyor o'yinchilarni qidirmoqda. Aynan shu sababdan klub Maksans Lakrua, Morgan Rojers va Marko Palestra transferlarini, yoshlariga qaramay, maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
"Chelsi" Xendersonni kiyinish xonasidagi yetakchi sifatida ko'rmoqda. Klub uning mashg'ulotlardagi talablar darajasini ko'tarishiga, kerakli pallada gapirishdan cho'chimasligiga va professionallik namunasi bo'lishiga ishonch bildirmoqda.
Uelbek jamoaga ijobiy muhit olib kirishi kerak. U jamoani birlashtirish, sheriklarini qo'llab-quvvatlash va kiyinish xonasida to'g'ri muhit yaratish qobiliyati uchun qadrlanadi.
Xenderson o'tishidan oldin "Chelsi" Granit Jakani qo'lga kiritishga uringan, shuningdek, Jon Stounz bo'yicha ham so'rov yuborgandi. "Sanderlend" o'z sardorini sotishdan qat'iy bosh tortdi, Stounz esa "Inter"ga o'tishni ma'qul ko'rdi. Shundan so'ng klub ingliz futbolchisiga e'tiborini qaratdi.
"Chelsi"da Xenderson va Uelbekning klubdagi bir necha mavsumi ham ularning transferini to'liq oqlashiga ishonishadi. Rahbariyat ular kiyinish xonasiga yetakchilik fazilatlari, ijobiy muhit olib kirishiga va o'z tajribalari bilan yosh futbolchilarga yordam berishiga umid qilmoqda.
Xenderson va Uelbekning kelishi Ris Jeymsning sardorlik maqomiga ta'sir qilmaydi. Klubda ta'kidlashlaricha, kamgap bo'lishiga qaramay, Jeyms kiyinish xonasida hurmatga ega va uning yonida yana bir nechta yetakchilar paydo bo'lishi jamoaga faqat foyda keltiradi.
"Chelsi" 30 yoshdan oshgan o'yinchilarni xarid qilishni istisno etmaydi, biroq buni doimiy amaliyotga aylantirmoqchi emas. Klub o'z transfer strategiyasini qayta ko'rib chiqishga va natijalarga qarab moslashishga tayyor.
Jordan Henderson va Brentford shartnomani bekor qilishi mumkin. Ben Jacobs xabariga ko'ra, futbolchi Chelsi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Jordan Henderson bilan bog'liq vaziyat oydinlashmoqda. Manbalarga ko'ra, yaqin orada Brentford futbolchi bilan shartnomani bekor qiladi.
Ben Jacobs xabariga ko'ra, Jordan Henderson va Chelsi o'rtasidagi muzokaralar rivojlanmoqda. Bu tez orada hal bo'lishi mumkin bo'lgan yana bir bitim. Henderson Brentford bilan erishilgan kelishuv evaziga klubni tekinga tark etishi mumkin. 🐝
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Chelsi» Jordan Xenderson va Denni Uelbek transferlarini yakunlashga yaqin turibdi.
🚨 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Chelsi» Jordan Xenderson va Denni Uelbek transferlarini yakunlashga yaqin turibdi. Tomonlar kelishuvlarni shu hafta ichida rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.
Xenderson va Uelbek «Chelsi» loyihasiga rozi bo'lishdi. Jordan «Brentford»ni erkin agent sifatida tark etadi. Muzokaralar yakuniy bosqichda.
Yevropa futbolidagi transfer mish-mishlari va yangiliklar: «Napoli», «Everton», «Chelsi» va «Brentford» atrofidagi so'nggi xabarlar.
Santi Una xabariga ko'ra, «Napoli» Badyashilga qiziqish bildirmoqda. Hozircha futbolchi bilan muzokaralar o'tkazilmagan, shu sababli uning bu boradagi fikri noma'lum.
Kruk ma'lumotiga ko'ra, «Everton» Delapga qiziqish bildirmoqda. Ular o'tgan yili ham futbolchiga qiziqishgan edi, ko'ramiz, bu safar qanchalik jiddiy harakat qilishar ekan.
Yorgensen «Chelsi» yig'inini tark etib, «Strasbur»ga yo'l oldi. L’Equipe yozishicha, bu shartli ravishda ijara bo'lmasligi mumkin, londonliklar Filipni to'liq sotib yuborishlari ham ehtimoldan xoli emas.
Jeykobs ta'kidlashicha, Xenderson va «Brentford» o'rtasida yozda futbolchini erkin agent sifatida qo'yib yuborish bo'yicha kelishuv mavjud.
Essugu o'yindan so'ng kelajagi haqida: «Men «Chelsi» futbolchisiman, hozircha faqat shu narsani ayta olaman». Ko'rinishidan, u jamoada qoladi!
Danni Uelbek va Jordan Xenderson «Chelsi» safida Premer-ligada asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yoshi katta ingliz futbolchilariga aylanishdi.
35 yoshli Danni Uelbek va 36 yoshli Jordan Xenderson — Premer-liga doirasidagi «Chelsi» o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan eng yoshi katta ingliz futbolchilari bo'lishdi. Bu 2017-yilning may oyida «Sanderlend»ga qarshi o'yinda maydonga tushgan 36 yoshli Jon Terri rekordidan keyingi holatdir.
Xabi Alonso «Chelsi»ning to'rt nafar futbolchisi Moyzes Kaysedo, Marko Palestra, Jordan Xenderson va Emanuel Emega «Xall»ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligini aytdi.
❌ Xabi Alonso Moyzes Kaysedo, Marko Palestra, Jordan Xenderson va Emanuel Emega «Xall»ga qarshi o'yinga tayyor emasligini ma'lum qildi.
Tobi Alderveyreld "Chelsi"ning Jordan Xenderson va Danni Uelbek bilan shartnoma imzolaganini yuqori baholadi.
🔵 Tobi Alderveyreld "Chelsi"ning Jordan Xenderson va Danni Uelbekni tarkibga qo'shib olganini ijobiy baholadi:
"Chelsi" ko'p pul sarfladi, ammo futbolda shunchaki muvaffaqiyat sotib olib bo'lmaydi. Yaxshi jamoa tuzish kerak, shunchaki kuchli o'yinchilarni yig'ish kifoya emas. Buning uchun kiyim almashtirish xonasida yetakchilar bo'lishi shart: ular har doim ham maydonga tushmasligi mumkin, lekin boshqalardan har kuni zalda ishlashni, rivojlanishni, taslim bo'lmaslikni va qiyin pallalarda nima talab etilishini tushunishni talab qiladigan futbolchilar kerak".
"Uelbek va Xenderson kabi o'yinchilar xotirjamlikni saqlashni va yoshlarga kurashish vaqti kelganini ko'rsatib bera oladi. Aynan shuning uchun ham bu tajribali jangchilar yoshlar bilan bir qatorda juda muhim. Yaxshi balans kerak. Premer-liganing qiyin o'yinlarida har hafta g'alaba uchun kurasha oladigan jamoa shakllantirish lozim. Xenderson va Uelbek Xabi Alonsoga o'rnak bo'lishda yordam bera oladi".
Jordan Henderson "Chelsi"ga o'tishi va jamoaga yordam berish istagi haqida gapirdi. Futbolchining ilk intervyusidan asosiy iqtiboslar.
Jordan Hendersonning "Chelsi" futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi. Asosiy jihatlar:
Futbolga bo'lgan sadoqati haqida:
Futbolga bolaligimdan deyarli butun umrimni bag'ishlaganman. U men uchun juda katta ahamiyatga ega va har doim hayotimning asosiy qismi bo'lib kelgan.
Bunday yo'l ko'plab qurbonliklarni va ko'p narsadan voz kechishni talab qiladi. Ammo men uchun futbol – hammasi.
Har doim shunday bo'lgan. Men qiladigan barcha ishlar, butun hayotim futbol atrofida aylanadi – buni rafiqam ham tasdiqlaydi.
Bugun ham muvaffaqiyatga bo'lgan chanqoqligim o'sha-o'sha. Men yangi maqsadlarga erishishni, rivojlanishni va yaxshiroq bo'lishni istayman. Aynan shuning uchun ham shu yerdaman – yaqin yillarda ushbu klub va jamoaga muvaffaqiyat qozonishda yordam berish uchun.
Jamoadoshlari unga bo'lgan hurmati haqida:
Bilmadim. Balki, bu haqda jamoadoshlarimdan so'ragan ma'quldir.
Men uchun futbol – jamoaviy o'yin va barchasi jamoa manfaati uchun qaratilgan bo'lishi kerak. Faoliyatim davomida hamma narsani aynan jamoa uchun qilishga va yonimdagi yigitlarga yaxshiroq bo'lishlariga yordam berishga harakat qilganman. Har doim qo'limdan kelganicha eng yaxshi jamoadosh bo'lishga intilganman.
Mashg'ulotlarda shunday munosabat o'rnatish muhimki, boshqalardan talab qila olish kerak, shu bilan birga gaplashish uchun to'g'ri vaqtni his qilish, kerak bo'lganda esa hazil qilib, vaziyatni yumshatish zarur. Asosiysi – to'g'ri muvozanatni topish.
Shuning uchun sir nimada ekanligini bilmayman. Men shunchaki o'zim bo'lib qolaman va ko'p yillar davomida qilgan ishlarimni bajarishda davom etaman.
Hozir yigitlar bilan tanishishni, ular bilan birga mashg'ulot o'tkazishni va ishga kirishishni intiqlik bilan kutyapman.
Tajriba haqida:
Tajriba bilan ko'p narsaga boshqacha qaray boshlaysan. Faoliyatimga nazar tashlar ekanman, o'zim o'tib bo'lgan vaziyatlarni ko'raman va ba'zida yosh futbolchilar ham shunga o'xshash holatga tushib qolishayotganini payqayman.
Bunday paytlarda ular bilan gaplashib, vaziyatni boshqa tomondan ko'rsatib bera olaman. Tajribang bilan bo'lishish va nimalarni boshdan kechirganing haqida so'zlab berish juda muhim.
Ko'pchilik aralashishni istamagani uchun jim turishni afzal ko'radi, deb o'ylayman. Ammo men tajribani uzatish nihoyatda muhim deb hisoblayman.
Shu bilan birga, turli futbolchilarni – ham yosh, ham tajribaliroqlarini tushunish, ularning qarashlarini hisobga olish kerak. O'ylaymanki, faoliyatim davomida aynan shuni o'rgandim. Yoshim ulg'aygan sari, buni qanday to'g'ri qilishni yaxshiroq tushuna boshladim.
Xabi bilan suhbat haqida:
Juda yaxshi va juda ijobiy suhbatlar bo'ldi. Aynan u bu yerga o'tishni istashimning asosiy sabablaridan biriga aylandi. Men unga ham futbolchi, ham murabbiy sifatida katta hurmat bilan qarayman.
U bilan ko'p yillar davomida ishlagan barcha tanishlarim u haqida faqat ijobiy fikrlar bildirishgan. U haqida biror marta yomon gap eshitmaganman. O'ylaymanki, bu uning qanday inson ekanligidan dalolat beradi.
Uning qo'l ostida ishlash va undan imkon qadar ko'proq narsa o'rganishga harakat qilish men uchun katta sharaf.
Jordan Henderson «Chelsi»ga o'tishi va klubdagi maqsadlari haqida ilk intervyusini berdi.
Jordan Hendersonning «Chelsi» safidagi ilk intervyusi [1-qism]:
Jordan, xush kelibsan! Seni Kobbemda ko'rib turganimizdan xursandmiz. Endi sen rasman «Chelsi» futbolchisisan. Qanday his-tuyg'ularni boshdan kechirmoqdasan?
Juda yaxshi. Bu o'zgacha his. Ishni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman. Bunday katta klubda ekanligimdan juda xursandman. Faoliyatim davomida «Chelsi»ga qarshi ko'p marta o'ynaganman, lekin endi bu jamoaning bir qismi bo'lish va shunday murabbiy qo'l ostida ishlash imkoniyatiga ega bo'lish men uchun o'zgacha narsa. Buni intizorlik bilan kutyapman.
Seni «Chelsi»da aynan nima o'ziga tortdi?
O'ylaymanki, bu klub o'zi haqida gapirib turibdi. Uning ko'lami, tarixi, muxlislari, ulkan fanatlar bazasi. Bosh murabbiy, aytganimdek, juda muhim omil bo'ldi. Bu jamoada ulkan salohiyat va juda yuqori darajadagi futbolchilar bor. Ularning ba'zilarini allaqachon taniyman.
Bu omillarning barchasi katta rol o'ynadi. Lekin bu yerga o'tish imkoniyati haqida bilganim zahoti, qaror qabul qilish juda oson bo'ldi.
Ko'p yillar davomida eng yuqori darajada o'ynashingning siri nimada?
Deyarli butun hayotimni, bolaligimdan futbolga bag'ishlaganman. U men uchun juda ko'p narsani anglatadi. Har doim shunday bo'lgan. Futbol — men uchun hamma narsa.
Albatta, buning uchun ko'p narsani qurbon qilishga to'g'ri keladi, lekin men bunga doim tayyor bo'lganman. Men qilayotgan barcha ishimni futbolga bag'ishlaganman. Agar hayotim nima atrofida qurilgan deb so'rasangiz, javob bitta — futbol atrofida.
Men hamon g'alabalarga chanqoqman, muvaffaqiyatlarga erishishni, rivojlanishni va yaxshiroq bo'lishni xohlayman. Hozir men bu yerda ushbu klub va jamoaga yaqin kelajakda muvaffaqiyat qozonishiga yordam berish uchun turibman.
Seningcha, yillar davomida o'yining qanday o'zgardi? Hali ham ustida ishlayotgan jihatlaring bormi?
Agar debyutim va bugungi kunni solishtirsak, juda ko'p narsa o'zgardi. Yaxshi davrlarni ham, yomon davrlarni ham, og'ir pallalarni ham boshdan kechirdim. Lekin bularning barchasi mening yo'lim va bugungi kundagi kimligimning bir qismi.
Faoliyatim davomida olgan barcha imkoniyatlarim uchun juda minnatdorman. Bu transfer esa yana bir ulkan imkoniyat, bundan juda xursandman.
Zamonaviy futbolda yetakchilarning ko'plab turlari mavjud. Jamoadoshlaring seni juda yuqori baholashlarini tez-tez eshitamiz. Seningcha, nima uchun futbolchilar senga intilishadi?
Rostini aytsam, bilmayman. Balki bu haqda jamoadoshlarimdan so'rash kerakdir. Men uchun futbol — jamoaviy o'yin va hamma narsa jamoa manfaati uchun qaratilgan bo'lishi kerak.
Faoliyatim davomida hamma narsani aynan jamoa uchun qilishga, atrofdagilarga yaxshiroq bo'lishga yordam berishga, qo'limdan kelgancha eng yaxshi jamoadosh bo'lishga harakat qilganman.
Mashg'ulotlarda shunday munosabatlarni qurish muhimki, unda sen odamlardan talab qila olishing, lekin ayni paytda qachon jiddiy gaplashish, qachon esa kulib hazillashish kerakligini tushunishing kerak. Asosiysi — to'g'ri muvozanatni topish.
Shuning uchun men shunchaki o'zim bo'lib qolishga va ko'p yillardan beri qilib kelayotgan ishlarimni bajarishga harakat qilaman. Hozir yigitlar bilan tanishishni, ular bilan mashg'ulotga chiqishni va ishlashni boshlashni kutyapman.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Jordan Henderson "Chelsi"ga o'tmoqda. Tomonlar 2028-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Jordan Henderson "Chelsi"ga o'tmoqda. Tomonlar kelishuvga erishgan: 🚨
Shartnoma 2028-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Nizaar Kinsella xabariga ko'ra, Jordan Henderson "Brentford"ni erkin agent sifatida tark etish huquqini qo'lga kiritdi va "Chelsi"ga o'tishga yaqin.
Nizaar Kinsella xabariga ko'ra, Jordan Henderson "Brentford"ni erkin agent sifatida tark etish huquqini qo'lga kiritdi. 36 yoshli yarim himoyachi "Chelsi" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.