Xabi Alonso matbuot anjumanida «Yunayted»ga qarshi o'yin, Estevao, Romeo Laviya va Mayk Pendersning harakatlari haqida fikr bildirdi.
Xabi Alonso matbuot anjumanida o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
G'alaba haqida:
«O'ylaymanki, o'yinda turli xil pallalar bo'ldi. Birinchi bo'lim shiddatli kechdi, tashabbus bir jamoadan ikkinchisiga o'tib turdi. «Yunayted»da o'z vaziyatlari bo'ldi, biz ham gol urishga yaqin edik».
«Tanaffusda gaplashib oldik va munosabatimiz yaxshiroq bo'ldi. O'yinni yaxshiroq nazorat qila boshladik va oldinga o'tib oldik».
Estevao ishtiroki haqida:
«Biz «Tottenxem» bilan o'yindan keyin gaplashib olgandik va har qanday holatda ham bugun u o'ynashi kerak edi. U eng yaxshi tarzda munosabat bildirdi va ko'proq narsaga loyiqligini, tayyor ekanligini ko'rsatdi — murabbiy o'z o'yinchilaridan aynan shuni kutadi. U uchun juda xursandman».
«U gol urishga juda yaqin keldi. U haqiqatan ham ko'p mehnat qildi va yakunda charchab qoldi. Bugun u o'yinga katta ta'sir o'tkaza olishini his qilgandim. U buni ko'rsatdi. U xavf tug'dirdi va biz foydalanishimiz mumkin bo'lgan ko'plab vaziyatlarni yaratdi».
Romeo Laviya haqida:
«U kechanoq asosiy tarkibda maydonga tushishini bilardi. Yarim himoyachi o'yini nuqtai nazaridan bu eng yuqori darajadagi chiqish bo'ldi. U juda ko'p narsani to'g'ri bajardi. U ko'plab to'g'ri qarorlar qabul qildi».
«U dinamik va raqobatbardosh edi. Oxirgi ikki-uch hafta davomida u juda yaxshi darajada o'ynamoqda».
Laviyaning ketma-ket ikkita to'liq o'yin o'tkazgani haqida:
«Jordan o'zini unchalik yaxshi his qilmayotganini bilardik. Uni maydonga tushirish xavfli edi, ammo Rom o'zini yaxshiroq his qilmoqda, u ko'proq o'yin yuklamasini ko'tara olishiga ishonchi ortib bormoqda».
«U «Enfild»da butun o'yinni o'tkazganidan keyin 72 soat ham o'tmagan bo'lsa-da, bugun shunday o'yin ko'rsatdi. Ba'zida bosh oyoqlardan muhimroq».
Mayk Pendersning o'tgan haftadagi xatosidan keyingi munosabati haqida:
«Gap faqat bugungi o'yin haqida emas — u «Liverpul»ga qarshi ham ishonchli o'ynadi. Bugun u yana yaxshi darajani ko'rsatdi — yana bir quruq o'yin. Biz shu ruhda davom etishimiz kerak».
«Mayk o'tgan shanba kuni bu yerda yuz bergan qiyin vaziyatni yengib o'tdi. Bu har qanday darvozabon, har qanday o'yinchi rivojlanishining bir qismi».
Joao Pedro yo'qligida hujumdagi o'yin haqida:
«Bugun hammasi juda yaxshi ishladi. Ba'zida biz ixtirochilik ko'rsatishimiz, ba'zida esa mavjud o'yinchilar bilan yechim topishimiz kerak».
«Turli vaziyatlar bo'ldi, ammo ayniqsa ikkinchi bo'lim boshida munosabatimiz ancha yaxshi edi».
Tanaffusdagi suhbat haqida:
«Tanaffusda biz bu o'yinda to'pga egalik qilish orqali g'alaba qozonishimiz haqida gaplashdik. Asosiy ko'rsatma to'p bilan yaxshiroq harakat qilish edi».
«Biz taktik jihatdan ba'zi narsalarni o'zgartirdik va o'yinni yaxshiroq nazorat qila boshladik. To'p bilan yaxshiroq ko'rinsangiz, odatda himoyada ham yaxshiroq ko'rinasiz».
Alonso "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan jamoa holati, Estevao, Fofana va tarkibdagi o'zgarishlar haqida gapirdi.
Alonso "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Asosiy jihatlar:
🗣️ Jarohatlanganlar haqida:
Max Lakrua jarohat olgan, u terma jamoalar tanaffusigacha safga qaytmaydi. Kaysedoda hech qanday muammo yo'q, u ertangi o'yinga tayyor.
Martinesmi? Emining xalqaro tanaffusgacha qaytish imkoniyati bor. Kelasi haftada ko'rib chiqamiz, ammo imkoniyat mavjud. Agar u tayyor bo'lsa, ehtimol unga niqob kerak bo'ladi.
Pep Chavarriya o'yinga tayyor. Xato esa yo'q.
🗣️ Estevao haqida:
Uning munosabati bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q. U mavsum boshidagi o'yinlar konteksti tufayli ko'p o'ynamayapti. U ajoyib yigit.
U yanvarda ketishi mumkinmi? Bu borada hech qanday suhbat bo'lmagan. Albatta, har bir futbolchi o'ynashni xohlashi sir emas. Men o'z tanlovim uchun javobgar bo'lishim va kimdir ba'zida norozi bo'lishiga tayyor turishim kerak. U Barko, Palestra, Uelbek va boshqa futbolchilar kabi qattiq shug'ullanmoqda. U o'z imkoniyatlariga ega bo'ladi, bu borada hech qanday shubha yo'q.
🗣️ O'yinga tayyorgarlik haqida:
Ruhiy jihatdan tayyormiz, jismoniy tomondan esa – bizda mashg'ulot uchun bir kun bor edi. APL haqiqati shunday – har doim ham xohlaganingni olmaysan.
Chorshanba kuni biz shanbaga qaraganda yaxshiroq ko'rindik, garchi natija bizni xursand qilmagan bo'lsa ham. Oldinda qiyin damlarda o'rganishimiz kerak bo'lgan katta yo'l turibdi.
🗣️ Raqib haqida:
Klub atrofidagi shov-shuv? Menimcha, bu hech narsani o'zgartirmaydi. Biz har doimgidek tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'yin davomida biz nazorat qila oladigan narsalarni nazorat qilishimiz kerak. Biz ularda turnir jadvalidagi o'rnidan qat'i nazar, yaxshi jamoa borligini bilamiz. Yaxshi tarkib, yaxshi futbolchilar, yaxshi murabbiy.
🗣️ Anselmino haqida:
Hozircha u tayyor emas. Uning sog'lig'ida bir nechta muammolar bo'ldi. Bir necha haftadan so'ng u safga qaytadi, ammo biz u bilan ehtiyotkor bo'lishimiz kerak.
🗣️ Fofana haqida:
Amalga oshira olmagan penaltisiga qaramay, u yaxshi o'yin o'tkazdi. U barqaror edi, yakkakurashlarda kuchli bo'ldi. Uning o'yinida ko'plab ijobiy jihatlarni ko'rdim. Biz u biz uchun muhim bo'lishini bilamiz.
Kiran Gill xabariga ko'ra, Estevao atrofidagi vaziyatni kuzatish uchun Yevropaning bir qator top-klublari navbatga turishgan.
Kiran Gill xabariga ko'ra, Estevao atrofidagi vaziyatni kuzatish uchun Yevropaning bir qator top-klublari navbatga turishgan.
Chelsea manbalari Alonso va o'yinchi o'rtasidagi ehtimoliy mojaroni inkor etishmoqda hamda Xabi braziliyalik futbolchini maydonga tushirmayotganini faqatgina taktik va o'yin sabablari bilan izohlashmoqda.
Pedru Netu «Chelsi» bilan shartnomani uzaytirishi, Xabi Alonso bilan ishlash va jamoa mentaliteti haqida gapirdi.
Pedru Netuning The Times nashriga bergan intervyusidan eng muhim jihatlar.
Viktor Mozes bilan taqqoslash haqida:
«O xudo, meni bunday atamang! Men yangi Pedru Netuman!.
Lateralmi yoki vinger? Bu rolni istalgancha atashingiz mumkin. Hatto boshqa murabbiylar qo'l ostida ham men har doim qanot himoyachimga yordam berishga harakat qilganman.
Men g'alaba qozonishni va jamoa uchun qo'limdan kelganini qilishni istayman. Xabi menga aynan shunday rol yukladi – ham hujumda, ham himoyada jamoaga maksimal darajada yordam berish».
Rolikli xokkey bilan shug'ullangani haqida:
«Rolikli xokkeyda ham himoyalanishni, ham hujum qilishni bilish kerak. To'liqqonli o'yinchi bo'lish uchun ikkala ishni ham yaxshi bajarish lozim.
Ehtimol, hujumda ham, himoyada ham kurashishga bo'lgan intilishim o'sha yerdandir.
Rostini aytsam, menga himoyalanish yoqadi. Bundan zavq olaman, chunki bu jamoaga yaxshiroq natijalarga erishishga yordam berishini bilaman».
«Chelsi» bilan shartnomani uzaytirish haqida:
«O'ylaymanki, bunda bosh murabbiy hal qiluvchi rol o'ynadi. U men bilan gaplashdi, mendan nima kutayotganini tushuntirdi va menga ishonishini bildirdi.
Klub egasi [Behdad Egbali] ham bu yerda baxtli bo'lishim uchun qayg'urdi.
Yangi shartnoma bo'yicha kelishib olganimizdan juda xursand edim. Qadrlanayotganingizni his qilsangiz, o'zingizni doim uydagidek his qilasiz. Menda aynan shunday tuyg'u bo'ldi».
Tajribali o'yinchilarning roli haqida:
«Jamoada bunday futbolchilarning bo'lishi juda muhim. Ular ko'p narsaga erishgan va bizning ba'zilarimiz, masalan, Estevao yoki Kenda hali duch kelmagan qiyinchiliklarni boshdan kechirishgan.
36 yoshli Jordan Xendersonni ko'rganingizda, to'g'ri mentalitet qanchalik muhimligini tushunasiz. U shuncha sovrin yutgan bo'lsa-da, baribir g'alabaga chanqoq. Shunda muvaffaqiyatga yanada ko'proq intilishingiz kerakligini tushunasiz».
Xabi Alonso haqida:
«U nima qilish kerakligini to'g'ridan-to'g'ri aytadi. Shu tufayli o'yinchilar ulardan nima kutilayotganini aniq tushunishadi. Hatto biror narsa ko'ngildagidek bo'lmasa ham, u vaziyatni xotirjam tahlil qilishga va nimalarni o'zgartirish kerakligini aniq ko'rishga yordam beradi.
Nima qilish kerakligini aniq tushunib tursangiz, muhit o'zgaradi. Kallangiz tiniq bo'lsa, jamoa yaxshi o'ynaydi va futboldan zavq olasiz. Hatto bir o'yinda ishlar yurishmasa ham, keyingisida o'zingizni ko'rsatishingiz kerakligini bilasiz. Jamoadagi har bir kishi aynan shunday kayfiyatda.
O'ylaymanki, bu hatto chetdan ham seziladi. Biz maydonda yaxshiroq hamkorlik qila boshladik, tartibliroq harakat qilyapmiz. O'yinimizda energiya ko'paydi. Biz shu ruhda davom etishimiz kerak.
Navbatdagi qadam – erishilgan natijalar bilan to'xtab qolmaslikni o'rganish. Agar ketma-ket bir, ikki, uch yoki to'rt o'yinda g'alaba qozongan bo'lsak, beshinchisini ham yutishga intilishimiz kerak. Doimo ko'proq narsani xohlash lozim. Murabbiy jamoaga aynan shunday mentalitetni singdirishga harakat qilyapti».
AS jurnalisti Marotoning xabar berishicha, Endrik «Real»dagi o'yin amaliyotidan norozi. Anchelotti ham yosh futbolchilarning rivojlanishiga to'siq bo'layotgan holatni tanqid qildi.
📰 Maroto (AS jurnalisti): "Endrik «Madrid»da o'yin amaliyoti kamligidan tobora ko'proq hafsalasi pir bo'lmoqda.
Ayniqsa, 20 yoshli hujumchi Vinisiusning yomon sport formasiga qaramay, unga ko'proq o'yin vaqti berilmayotganidan norozi".
Anchelotti: "Biz, Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabi, yosh braziliyalik futbolchilar o'z klublarida kerakli amaliyotga ega bo'lmayotgani sababli rivojlanmayapti, deb hisoblaymiz. Masalan, Endrik va Estevao 18 yoshida Yevropaning top-klubiga o'tish uchun Braziliyani tark etishdi. Ammo yakunda ular yetarlicha o'yin vaqti olishmayapti".
Xabi Alonso «Chelsi»ning so'nggi o'yini va jamoa duch kelayotgan muammolar haqida fikr bildirdi.
Xabi Alonsoning o'yindan keyingi matbuot anjumani:
Sizni nima xafa qildi?
Biz ikkinchi bo'limda zarur bo'lgan barqarorlik va raqobatbardoshlikni yo'qotdik. Mayda detallar hal qiluvchi bo'lishi mumkin. Bunday o'yinlarda raqibga ustunlik bermaslik kerak. 95 daqiqa davomida shu darajani saqlab qolish lozim, biz esa buni uddalay olmadik. Biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak.
«Chelsi»dagi ishning qiyinchiligi haqida:
Biz bu jarayon ekanligini bilardik. Atigi beshta o'yin o'tdi. Bunday raqobatbardosh Premer-ligada har bir o'yin qiyin kechadi.
Standart vaziyatlardagi muammolar haqida:
Gap faqat standartlarda emas — bu himoyadagi yakkakurashlar va himoyadan chiqishga ham tegishli. Biz birinchi golni o'tkazib yubordik, keyin esa strukturani yo'qotib, raqibning himoyadan hujumga o'tishidan so'ng yana gol o'tkazdik.
O'yin borishini tushunish va oxirigacha kurashish uchun nima kerakligini bilish lozim. Bu jarayon.
Mahdi Nikoll-Jazuli maydonga tushirilishi haqida:
0:2 hisobida biz Mahdini maydonga tushirdik. U ajoyib energiyaga ega, bizda esa markazda variantlar ko'p emas. Jeo [Kenda] va Este [Estevao] mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda.
Unga qadar 75 daqiqa davomida tajribali futbolchilardan iborat tarkib bilan o'ynadik.
Alonso "Lids"ga qarshi o'yin oldidan jarohat olgan futbolchilar, "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyat va jamoa a'zolarining holati haqida gapirdi.
Alonso "Lids"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani. Asosiy jihatlar
🗣️ Jarohat olganlar haqida:
Palestra va Kaysedo? Yo'q, hozircha ular tayyor emas. Hozir tavakkal qilmaslik kerak, biz ularning sog'lig'ini o'yindan o'yinga kuzatib borishimiz lozim, hozircha juda erta. Livay bilan hammasi joyida, u safda.
Moi "Xall"ga qarshi o'yinga qaytadimi? Potensial jihatdan ha. Ammo payshanba yoki juma kuni ko'ramiz, ko'proq ma'lumot bo'ladi.
🗣️ "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyat haqida:
Vaqt o'tishi bilan natijani tahlil qilish uchun ko'proq ma'lumotga ega bo'lasiz, his-tuyg'ular ham bosildi, bu esa batafsilroq xulosalar chiqarishga yordam berdi. Har bir oldingi o'yin bizga fikr yuritish uchun ozuqa berdi, har bir bahsdan keyin biz nimadir yangilik o'rgandik, his-tuyg'ular va taassurotlar bilan bo'lishdik. Endi ertangi o'yinga diqqatni qaratamiz – barcha o'yinlar, barcha turnirlar biz uchun muhim.
🗣️ Palestra haqida:
U Londonga ulkan energiya zaxirasi va o'zini APLda ko'rsatish istagi bilan keldi. U ajoyib mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazdi, ammo "Fulxem" bilan o'yindan bir necha kun oldin jarohat oldi. Albatta, u mavsum davomida bizga aniq yordam beradi – unda ulkan potensial va ko'plab foydali sifatlar bor.
🗣️ Barko haqida:
U jangchi. Qiyinchiliklarni yaxshi ko'radi, kurashishni yoqtiradi. U to'p bilan yaxshi muomala qiladi, tez moslashishga tayyor, juda aqlli. O'yinchida shunday mentalitet va aql bo'lsa, moslashish har doim sezilarli darajada osonroq kechadi.
🗣️ Estevao bilan bog'liq noroziliklar haqida:
Yo'q, u bilan hammasi joyida, u tayyor. U ajoyib mashg'ulot o'tkazmoqda. Yakshanba kuni u zaxiradan ajoyib chiqish qildi, ajoyib imkoniyat yaratdi. Men Este'ga 100% ishonaman, unda ulkan potensial bor, u hali juda yosh. Mavsum uzun bo'ladi, u o'z imkoniyatlariga ega bo'ladi.
U bilan gaplashdikmi? Shaxsiy suhbatlar shaxsiy bo'lib qolishi kerak. O'yinchilar o'sish va o'ynash uchun ishtiyoq hamda xohishga ega. Este – bizning guruhning bir qismi, u ajoyib xulq-atvor va har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradigan mentalitetga ega.
🗣️ Xenderson va Emega haqida:
Ular o'ynashga tayyormi? Yo'q, hozircha yo'q. Qachon qaytishadi? Bu haqda mendan juma kuni so'rang.
Estevao «Chelsi»dagi kelajagidan mamnun. Braziliyalik futbolchi markazda, o'n raqam pozitsiyasida o'ynashni afzal ko'radi.
Estevao hozirda «Chelsi»da bo'lganidan xursand, Braziliyadan kelgan xabarlar esa biroz bo'rttirib yuborilgan edi.
U Xabi Alonsoning kelajakdagi rejalarining muhim qismi hisoblanadi va «Chelsi»dagi manbalar uni daxlsiz deb hisoblashadi.
Biroq, boshqa manbalar ta'kidlashicha, klub Estevaoga o'z loyihasini taqdim etganida, unga «Chelsi» hujumidagi asosiy o'yinchilardan biriga aylanishi va'da qilingan.
U «Chelsi»ni Yevropaning yetakchi klublari o'rniga tanladi, chunki u ko'proq o'yin vaqti olishiga ishongan.
Boshqa yosh o'yinchilarga ham turli vaqtlarda shunga o'xshash va'dalar berilgan, ammo ularning ba'zilari o'zlariga ko'rsatilgan yoki va'da qilingan rivojlanish yo'li amalga oshmaganini his qilishgan.
Braziliyalik futbolchi markazda, ya'ni o'n raqam pozitsiyasida yaxshiroq o'ynashiga ishonadi.
Chelsea Estevao Willianni transfer oynasi yopilishiga qadar ro'yxatdan o'tkazishga ulgurdi. Futbolchi bugungi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Chelsea Estevao Willianni transfer oynasi yopilishiga qadar ro'yxatdan o'tkazishga ulgurdi. Endilikda futbolchi bugungi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Estevao ESPN Brasil nashriga bergan intervyusida Anchelottining ishonchi va o'yin amaliyoti haqida gapirdi.
Estevao ESPN Brasil nashriga bergan intervyusida shunday dedi:
O'rtoqlik o'yinida o'yin vaqti olganimdan juda xursandman. Anchelottiga ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman, chunki har bir futbolchi o'ynashni xohlaydi, «Chelsi»da esa menga kamroq o'yin vaqti berilgandi.
Ammo bu yerga kelganimda va bosh murabbiy menga ishonishini bilganimda, bu menga ulkan motivatsiya bag'ishlaydi.
«Chelsi» futbolchilari Koul Palmer va Estevao Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Ular o'z rekordlarini tasdiqlovchi sertifikatlarni qabul qilib olishdi.
Biznikilar Ginnesning rekordlar kitobida! 🏆
Yaqinda «Chelsi» futbolchilari o'z rekordlarini tasdiqlovchi sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Palmer — APL tarixidagi eng tezkor mukammal xet-trik muallifi, Estevao esa «Bola de Ouro» (mavsumning eng yaxshi braziliyalik futbolchisi sovrini) sohibi bo'lgan eng yosh o'yinchi hisoblanadi. 🔵
Xabi Alonso «Manchester United» ustidan qozonilgan g'alabadan keyin shogirdlarining o'yini va tarkibdagi o'zgarishlar haqida gapirdi.
Xabi Alonso «Manchester United» ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi matbuot anjumanida o'yin haqida fikrlarini bildirdi.
O'yin haqida:
«O'ylaymanki, o'yin notekis kechdi. Birinchi bo'lim juda shiddatli o'tdi, tashabbus bir jamoadan ikkinchisiga o'tib turdi. «United»da o'z vaziyatlari bo'ldi, biz ham gol urishga yaqin keldik. Tanaffusda gaplashib oldik va ikkinchi bo'limda jamoa ancha yaxshi reaksiya bildirdi. Biz o'yinni ishonchliroq nazorat qila boshladik va oldinga chiqib oldik».
Estevao o'yini haqida:
««Tottenxem» bilan o'yindan keyin gaplashib olgandik va men uni bugun maydonga tushirishni rejalashtirgandim. U eng yaxshi tarzda reaksiya bildirdi va ko'proq o'yin vaqtiga loyiqligini ko'rsatdi. U tayyor edi va futbolchilaringizdan aynan shunday munosabatni kutasiz. Men u uchun juda xursandman. U gol urishga juda yaqin keldi. Estevao ulkan ish bajardi va o'yin oxiriga kelib juda charchab qoldi».
Laviya o'yini haqida:
«U kechayoq asosiy tarkibda maydonga tushishini bilardi. Yarim himoyachi o'yini nuqtai nazaridan bu shunchaki ajoyib ijro bo'ldi. Romeo dinamik harakat qildi, kurashlarga faol kirishdi. Oxirgi ikki-uch hafta davomida u juda yuqori darajani ko'rsatmoqda».
Laviya ketma-ket ikkita to'liq o'yin o'tkazgani haqida:
«Biz Jordan Xenderson o'zini unchalik yaxshi his qilmayotganini bilardik. Uni maydonga tushirish xavfli edi. Shu bilan birga, Romeo o'zini tobora yaxshi his qilmoqda. U jismonan kuchayib, katta yuklamalarga dosh bera olishiga ishonchi ortib bormoqda. U «Enfild»da to'liq o'yin o'tkazdi va 72 soatdan kamroq vaqt ichida yana maydonga tushib, shunday o'ynadi. Ba'zida bosh oyoqlardan muhimroq».
Mayk Pendersning «Tottenxem»ga qarshi o'yindagi xatosiga munosabati haqida:
«U nafaqat bugun, balki «Liverpul»ga qarshi ham ishonchli o'ynadi. Bugun Mayk yana yuqori darajani ko'rsatdi. Shu ruhda davom etish kerak. U o'tgan shanba kuni bu yerda duch kelgan qiyin vaziyatni yengib o'tishga muvaffaq bo'ldi. Bunday vaziyatlar har qanday darvozabon va har qanday futbolchi rivojlanishining bir qismidir».
Joau Pedro yo'qligida hujumdagi o'yin haqida:
«Bugun hammasi juda yaxshi ishladi. Ba'zida ixtirochilikni namoyon etish va ixtiyoringizdagi futbolchilar bilan yechim topish kerak. Turli vaziyatlar bo'ldi, lekin menga ayniqsa ikkinchi bo'limning boshlanishi yoqdi. Jamoa juda yaxshi reaksiya bildirdi».
Tanaffusda jamoa bilan suhbat haqida:
«Tanaffusda biz to'p bilan sifatli o'yin evaziga bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerakligi haqida gaplashdik. Asosiy xabar oddiy edi – biz to'p bilan yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Biz ba'zi taktik o'zgarishlar qildik va o'yinni yaxshiroq nazorat qila boshladik. Qachonki to'p bilan yaxshiroq harakat qilsangiz, qoida tariqasida, himoyadagi o'yiningiz ham yaxshilanadi».
Estevao'ning «Chelsea»dagi cheklangan o'yin vaqti va uning kelajagi haqidagi xabarlar bo'yicha Xabi Alonso izoh berdi.
Bir nechta Premyer-liga va Yevropa jamoalari Estevao atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Estevao'ning Xabi Alonso qo'l ostidagi cheklangan roli biron-bir mojaro natijasi emas, balki faqatgina taktik va texnik qarorlar bilan bog'liq.
Alonso omillardan biri Premyer-liganing jismoniy intensivligi ekanligiga ishora qilib, mavsum davomida braziliyalik futbolchi ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lishini va'da qildi.
Xabi Alonso jamoasining so'nggi o'yini, Estevao, Lakrua va Pendersning holati haqida gapirdi.
Xabi Alonso matbuot anjumani:
O'yin haqida:
«Albatta, natija biz kutgan va istaganidek bo'lmadi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik, oldinga qadam tashladik, dadil o'ynadik. Bahs juda teng kurashlar ostida o'tdi. Bu turnirda biz uchun kichik muvaffaqiyatsizlik bo'ldi».
Estevao nima uchun o'ynamagani haqida:
«Biz o'yinni oldingi chiziqda Pedru, Danni va Morgan bilan boshladik. O'yinda juda yuqori intensivlikdagi daqiqalar bo'ldi va biz bahs jismonan og'ir kechishini bilardik. Malo ham [almashtirishga majbur bo'ldik], unda mushaklar tortishishi kuzatildi. Biz mavsum uzun bo'lishini va har kim o'z imkoniyatiga ega bo'lishini bilamiz».
«Albatta, uning holatini tushunib turibman va shubhasiz, u bundan xursandroq bo'lishi mumkin edi. U o'ynashni va jamoaning bir qismi bo'lishni istaydi. Hammasining o'z vaqti bor. Ishonchim komilki, Estening o'z daqiqalari keladi — bu mening mas'uliyatim. O'yin oxirida biz [zaxira tanlashda] ancha cheklangan edik».
Lakrua jarohati haqida:
«U son qismida nimadir his qildi. Kelgusi bir necha kun ichida uning holatini tekshirib ko'rishimiz kerak».
Emeganing debyut o'yinida penaltidan foydalana olmagani haqida:
«Debyut qilib, o'zi va biz uchun hal qiluvchi bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatda qolish og'ir. U har bir tajribadan saboq olishi kerak. Bugun bu tajriba qayg'uli bo'lib chiqdi».
Pendersning o'yini haqida:
«U haqiqatan ham ishonchli ko'rindi. U yaxshi xotirjamlik namoyish etdi. Shanba kuni sodir bo'lgan voqealardan so'ng u vaziyatni yaxshi boshqardi».
Estevaoning jismoniy holati haqida:
«Biz Premer-liga va Angliyadagi o'yinlar juda yuqori intensivlikda o'tishini bilamiz. Bunga tayyor bo'lish kerak. Este o'zining ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda, u jarohat olgandi. Bu ko'p vaqt talab qilmaydi».
«Barselona» «Chelsi» futbolchisi Estevaoning holatini kuzatmoqda. Braziliyalik o'yinchi Xabi Alonso qo'l ostida kam o'yin vaqti olayotganidan norozi.
💣 SPORT: «Barselona» «Chelsi»dagi Estevao vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda.
Braziliyalik futbolchi Xabi Alonso qo'l ostidagi o'yin vaqtidan norozi — u APLning dastlabki beshta o'yinida bor-yo'g'i 23 daqiqa maydonda harakat qildi. Deku uning holatidan yaxshi xabardor.
Klubda braziliyalik futbolchini nihoyatda iqtidorli yulduz deb bilishadi, manbalar xabariga ko'ra, yaqin oylarda Estevaoga yaxshilangan shartnoma taklif qilinadi.
Xabi Alonso «Arsenal»ga qarshi o'yindan so'ng jamoasining o'yini, o'tkazib yuborilgan gollar va Kaysedoning jarohati haqida fikr bildirdi.
Xabi Alonso «Arsenal»ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida asosiy fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'yin haqida:
O'yin turlicha kechdi, uchrashuv davomida tashabbus bir jamoadan ikkinchisiga o'tib turdi. Biz yaxshi boshladik, ammo keyin 15 daqiqa davomida raqib bizni jiddiy bosim ostida ushlab turdi. Biz past himoyalanishga majbur bo'ldik va to'pni qaytarib olishda qiynaldik. Bu chidash kerak bo'lgan og'ir palla edi.
Tanaffusda buni muhokama qildik. O'yin juda teng va shiddatli kechdi, shuning uchun raqibga ustunlik bermaslik uchun maksimal konsentratsiya talab qilinardi. Ikkinchi gol urilgan vaziyatda yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi, lekin bunday holatlar bo'lib turadi.
Bu raqib seni o'z chegarangda o'ynashga majbur qiladigan yuqori saviyadagi jamoa. Biz oxirigacha kurashishda davom etdik va katta xohish ko'rsatdik. Estevaoda bizni o'yinga qaytarishi mumkin bo'lgan vaziyat bo'lgandi.
Ochiq futbol haqida:
Men oxirigacha natija uchun kurashishimizni istayman. Birinchi daqiqadan boshlab chuqur himoyaga o'tirib olish va faqat mudofaalanish niyatida emasdik – biz pressing orqali o'z o'yinimizni o'tkazmoqchi edik.
Ko'p narsani to'g'ri qildik, ammo xulosa chiqarish va yaxshilash kerak bo'lgan jihatlar ham bor. Bu eng yuqori saviya va biz o'yinning barcha bosqichlarida maksimal darajada samarali bo'lishni istaymiz.
Biz uchun bu «Chelsi»dagi yangi bosqichning uchinchi o'yini. Men o'yinchilarning kayfiyati va munosabatidan mamnunidan mamnunman.
Joriy mavsumdagi yettita o'tkazib yuborilgan gol haqida:
Mening asosiy vazifam – g'alaba qozonish, buni esa bunchalik ko'p gol o'tkazib yubormasdan amalga oshirish ancha osonroq. Biz ustida ishlashimiz kerakligi aniq. Himoyada ishonchliroq o'ynashni, vaziyatlardan yaxshiroq foydalanishni va muvozanatli jamoaga aylanishni istaymiz. Ammo bunga vaqt kerak.
Jamoasi haqida bilib olganlari haqida:
Biz g'alaba qozonishni va tengma-teng kurashishni istagandik. Kerakli saviyadan unchalik uzoq emasligimizni tushunamiz, ammo bugun barchasi raqib foydasiga hal bo'ldi. Agar hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirganimizda, o'yin qanday davom etishini hech kim bilmaydi. Albatta, mag'lubiyatni og'riqli qabul qilish kerak. Biz xafamiz, hafsalamiz pir bo'ldi, ammo bu bor-yo'g'i birinchi mag'lubiyat.
Kaysedoning jarohati haqida:
Gap uzoq muddatli jarohat haqida ketmayapti, ammo xavflarni to'g'ri baholashimiz kerak. Balki o'tgan hafta uni juda erta qaytargandirmiz va men yana o'sha xatoga yo'l qo'yishni istamayman.
Kaysedo va Koluillning yo'qligi haqida:
Mag'lubiyatdan so'ng doim yetishmayotgan o'yinchilar haqida gapirish oson. Barcha murabbiylar jarohatlar va diskvalifikatsiyalar bilan to'qnash kelishadi. Albatta, ular bizga kerak – bular yuqori saviyadagi o'yinchilar va ular bilan jamoamiz kuchliroq.
Estevao «Chelsi»dagi kelajagidan xavotirda. Futbolchi Xabi Alonso qo'l ostida kam imkoniyat olishidan cho'chimoqda.
Estevao yaqinlariga Xabi Alonso qo'l ostida ko'p imkoniyatlarga ega bo'lmasligidan xavotirda ekanligini aytgan.
U markazda o'ynashni afzal ko'radi va qanotda Pedru Netu bilan raqobatlashishni istamaydi, chunki buning uchun u mushak massasini oshirishi kerak bo'ladi. Futbolchining fikricha, bu uning harakatchanligini pasaytirib, o'yin uslubiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Estevao «Chelsi»ni yoqtiradi va klubda qolishni istaydi, ammo agar u yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, yanvar oyida transfer haqida o'ylab ko'rishi mumkin.