Xabi Alonso: «Biz barqarorlik va raqobatbardoshlikni yo'qotdik»
Xabi Alonso «Chelsi»ning so'nggi o'yini va jamoa duch kelayotgan muammolar haqida fikr bildirdi.
Xabi Alonsoning o'yindan keyingi matbuot anjumani:
Sizni nima xafa qildi?
Biz ikkinchi bo'limda zarur bo'lgan barqarorlik va raqobatbardoshlikni yo'qotdik. Mayda detallar hal qiluvchi bo'lishi mumkin. Bunday o'yinlarda raqibga ustunlik bermaslik kerak. 95 daqiqa davomida shu darajani saqlab qolish lozim, biz esa buni uddalay olmadik. Biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak.
«Chelsi»dagi ishning qiyinchiligi haqida:
Biz bu jarayon ekanligini bilardik. Atigi beshta o'yin o'tdi. Bunday raqobatbardosh Premer-ligada har bir o'yin qiyin kechadi.
Standart vaziyatlardagi muammolar haqida:
Gap faqat standartlarda emas — bu himoyadagi yakkakurashlar va himoyadan chiqishga ham tegishli. Biz birinchi golni o'tkazib yubordik, keyin esa strukturani yo'qotib, raqibning himoyadan hujumga o'tishidan so'ng yana gol o'tkazdik.
O'yin borishini tushunish va oxirigacha kurashish uchun nima kerakligini bilish lozim. Bu jarayon.
Mahdi Nikoll-Jazuli maydonga tushirilishi haqida:
0:2 hisobida biz Mahdini maydonga tushirdik. U ajoyib energiyaga ega, bizda esa markazda variantlar ko'p emas. Jeo [Kenda] va Este [Estevao] mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda.
Unga qadar 75 daqiqa davomida tajribali futbolchilardan iborat tarkib bilan o'ynadik.