#Xabi Alonso — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Sesar Aspilikueta: "CHelsi" doimo qalbimda qoladi"

Sesar Aspilikueta: "CHelsi" doimo qalbimda qoladi"

Sesar Aspilikueta BBC Sport nashriga bergan intervyusida «Chelsi»dagi faoliyati, klub madaniyati va kelajakda jamoaga qaytish ehtimoli haqida gapirdi.

💙🎙️ Sesar Aspilikueta BBC Sport nashriga bergan intervyusida:

«Men faoliyatimni o'ng qanot vingeri sifatida boshlaganman, keyin Fransiyaga ko'chib o'tdim, so'ngra «Chelsi»ga o'tdim. Men yulduzli xarid emasdim. O'z yo'limni izlashimga to'g'ri keldi. Chap qanot himoyachisi, lateral, uchlikdagi markaziy himoyachi».
«Hammasi barqarorlikda edi. Formada qolish, turli murabbiylar va turli pozitsiyalarga moslashish uchun ko'p ishlashimga to'g'ri keldi».

💬 «Chelsi»dagi madaniyat va talablar haqida:

««Chelsi»ga kelganingizda, darhol klub ambitsiyalarini his qilasiz. Har uch kunda g'alaba qozonishingiz kerak. Har bir o'yin va har bir sovrin muhim ahamiyatga ega».
«Bu madaniyat meni borimni berishga majbur qildi va ayniqsa «Chelsi»ni tark etganimda, klubga bor kuchimni berganimni his qildim».
«Men «Chelsi»dan ketdim, ammo «Chelsi» abadiy qalbimda qoladi. Men har bir o'yinni kuzatib boraman va klub o'z munosib o'rniga qaytishiga umid qilaman».

💬 «Chelsi»dan kutilayotgan yuqori natijalar haqida:

«Hozir bir nechta juda kuchli jamoalar bor, futbolda esa ba'zan biroz vaqt talab etiladi. Aloqalar kerak, odamlar birga o'ynashi va bir-birini tushunishi lozim».
««Chelsi» kabi katta klubda talablar yuqori. Ammo menimcha, bu normal holat. Talablar va ambitsiyalar yuqori bo'lishi kerak, chunki «Chelsi» muxlisi sifatida gapiradigan bo'lsam, har doim klub sovrinlar yutayotganini ko'rishni istaysiz».

💬 Xabi Alonso va hozirgi jamoa haqida:

«Ishonchim komilki, Xabi [Alonso], uning shtabi va o'yinchilar yaxshi ish bajarishadi. Umid qilamanki, ular muxlislarga ko'p quvonch keltira olishadi».

💬 «Chelsi»ga qaysidir sifatda qaytish ehtimoli va muxlislar tomonidan iliq kutib olinishi haqida:

«Bu haqda bilmayman. Ammo bir kun kelib qaytaman. Rostini aytsam, butsalarni endi kiymayman».
Xabi Alonso «Chelsi»dagi ilk o'yinlarida qanday natija qayd etdi?

Xabi Alonso «Chelsi»dagi ilk o'yinlarida qanday natija qayd etdi?

Xabi Alonsoning «Chelsi»dagi starti va uning «Bayer»dagi o'xshash tajribasi haqida statistik tahlil.

Xabi Alonso «Chelsi» boshqaruvidagi dastlabki beshta Premer-liga o'yinida bor-yo'g'i 7 ochko to'pladi.

Taqqoslash uchun: 2000/01-yilgi mavsumdan buyon «Chelsi» murabbiylari orasida faqat Maurisio Pochettino yomonroq start olgan — 5 ochko. Karlo Anchelotti, Maurisio Sarri va Liam Rosenyor o'zlarining dastlabki beshta o'yinida 15 tadan ochko jamg'arishgan.

Ammo qiziqarli bir jihat bor: Alonso «Bayer»dagi faoliyatini ham deyarli shunday boshlagandi. Bundesligadagi dastlabki beshta o'yinda uning qo'l ostidagi klub 2 ta g'alaba qozongan, bir marta durang o'ynagan va ikki marta mag'lub bo'lgan — bu «Chelsi»dagi hozirgi ko'rsatkich bilan mutlaqo bir xil.

Keyinchalik esa «Bayer» o'sha mavsumni ancha yaxshi o'tkazdi: qolgan 21 ta o'yinda 11 ta g'alaba, 5 ta durang va 5 ta mag'lubiyat qayd etildi, o'yin uchun o'rtacha ochkolar soni esa 1.40 dan 1.81 gacha ko'tarildi.

Estevao «Barselona»ga o'tishi mumkin

Estevao «Barselona»ga o'tishi mumkin

El Nacional xabariga ko'ra, Estevao «Barselona»ga o'tishi mumkin. Braziliyalik futbolchi Xabi Alonso qo'l ostidagi holatidan norozi.

⚡️ El Nacional: Estevao «Barselona»ga o'tishi mumkin

Braziliyalik futbolchi Xabi Alonso qo'l ostidagi klubdagi holatidan norozi.

Kataloniyaliklar vinger bilan 2027-yil boshida muzokaralarni boshlamoqchi.