Xabi Alonso «Lids»ga qarshi o'yin oldidan jamoa holati haqida gapirdi
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 12

Xabi Alonso «Lids»ga qarshi o'yin oldidan jamoa holati haqida gapirdi

Xabi Alonsoning «Lids»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazgan matbuot anjumanidan eng muhim fikrlar.

🗣️ Joao Pedro haqida:

«Hozircha u tayyor emas. U hali jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmadi. Uning holatini har bir navbatdagi o'yindan oldin baholab boramiz».

🗣️ Boshqa hujumchilar haqida:

«Ikkalasi ham tayyor. Ularning sifatlari turlicha va ular faoliyatining har xil bosqichida. Dennida katta tajriba va yuqori mahorat bor, Emega esa aqlbovar qilmas kuchga ega».

🗣️ Lakrua jarohati haqida:

«U ham Joao kabi ertangi o'yinga tayyor emas».

🗣️ Kaysedo haqida:

«U ertaga maydonga tusha oladi».

🗣️ Mayk Pendersning formasi haqida:

«Birinchi o'yindan keyin u qiyin damlarni boshdan kechirdi. Ammo u buni yengib o'tishga muvaffaq bo'ldi, shundan so'ng yaxshiroq o'ynay boshladi va progress qilishda davom etmoqda».

🗣️ Achimpong va Xato tayyorgarligi haqida:

«Josh tayyor, Xato esa yo'q».

🗣️ «Lids»ga qarshi bo'lajak o'yin haqida:

«Biz turli ssenariylarga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Zamonaviy futbolda o'yin davomida vaziyatga moslasha olish kerak. «Lids» nafaqat jismoniy kurash, balki taktik jihatdan ham juda qiyin raqib. Bizni juda og'ir o'yin kutib turibdi».

🗣️ «Chelsi» o'yin uslubini shakllantirish haqida:

«Biz o'z uslubimizni shakllantirishda davom etyapmiz. Bu jarayon va asosiy maqsadlarimizdan biri. Biz qanday futbol o'ynashni xohlashimiz haqida aniq tasavvurga egamiz. Biz har qanday raqibga tayyor bo'lishimiz va ular bilan tengma-teng kurasha olishimiz kerak. Aynan shunga intilyapmiz. Hozircha natijalarda barqarorlik yetishmayapti, ammo biz rivojlanishda va yaxshilanishda davom etyapmiz. Buning uchun vaqt kerak».

🗣️ Ris Jeyms va Jeymi Gittensning holati haqida:

«Jeymi o'zini yaxshiroq his qilyapti va jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmoqda, ammo unga yana biroz vaqt berish kerak. Ris ham asta-sekin tiklanmoqda, biroq uning qaytishiga hali bir necha hafta bor».

🗣️ Jamoa Joao Pedrosiz qanday harakat qilayotgani haqida:

«O'z zimmasiga ko'proq mas'uliyat olishi va o'ynashga hamda «Chelsi» uchun kurashishga tayyor ekanligini isbotlashi kerak bo'lgan futbolchilar bor. Hozir biz aynan shunday vaziyatdamiz. Jarohatlar bilan kurashishga to'g'ri kelmoqda. Avval Moini, endi esa Joau va Risni yo'qotdik».

🗣️ Koluillning formasi haqida:

«Livay ham yaxshi o'yinlar o'tkazmoqda, ham biz u bilan birga batafsil tahlil qiladigan o'yinlar bo'lmoqda. U yaxshiroq o'ynashga va o'sishga intilyapti, chunki yana o'zini avvalgidek kuchli, qudratli markaziy himoyachi sifatida his qilishni xohlaydi. Ishonchim komilki, biz hali yanada kuchliroq Livayni ko'ramiz».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!