Xabi Alonso Romeo Laviyaning o'yinni to'liq o'tkazishi va uning ruhiy holati haqida gapirdi.
Xabi Alonso Romeo Laviyaning to'liq o'yin o'tkazishi haqida fikr bildirdi:
Romeo o'yinni to'liq o'tkazish borasida ruhiy to'siqqa ega edi. Bugun uchrashuv oxirida u biroz charchadi, lekin men unga o'ynashda davom etishni, oxirigacha maydonda qolishni, chidashni va charchagan, ammo mamnun holda maydonni tark etishni aytdim. Menimcha, u bugungi o'yindan keyin juda baxtli.
Xabi Alonso o'rtoqlik o'yini, Joao Pedro, Liam Delap va transfer mish-mishlari haqida gapirdi.
Xabi Alonso o'yin haqida:
Bu juda foydali o'rtoqlik uchrashuvi bo'ldi, undan ko'p saboq olishimiz mumkin. Ba'zi epizodlarda yechim topishga qiynaldik va buni to'g'rilashimiz kerak. O'yinni boshqarish borasida ko'p narsani o'rganishimiz mumkin. Raqib yuqori pressing qildi va biz bunday vaziyatlarda yaxshiroq harakat qilishimiz lozim.
Bunday holatlar deyarli har bir o'yinda yuz beradi. Bunday lahzalarga qanchalik ko'p duch kelsak, ulardan chiqib ketishni shunchalik yaxshiroq tushunamiz. Bu o'yin kelajakda aniq foyda beradi. Barcha o'yin vaqtiga ega bo'ldi va eng muhimi — jarohatlarsiz o'tdi.
Joao Pedro xet-trigi haqida:
U muvaffaqiyatga juda tashna. Joao ajoyib mavsum o'tkazishga g'oyatda motivatsiyalangan. O'tgan muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng u yanada ko'proq gol urishni istaydi. Biz unga yordam berishimiz kerak. Uning atrofidagi o'yinchilar ham gollarga e'tibor qaratishlari lozim — hammasi faqat hujumchiga bog'liq bo'lmasligi kerak. Jamoa g'alaba qozonganda va hujumchimiz gol urganda, barchamiz baxtlimiz.
Liam Delapning kelajagi haqida:
Liam yaxshi ko'rinmoqda. Bugun u maydonda 60 daqiqa harakat qildi va raqib markaziy himoyachilari bilan jiddiy kurash olib bordi. U yaxshi formada va ishlashga katta xohish bildirmoqda.
Danny Welbeck va Jordan Henderson bilan qiziqish hamda tajribali o'yinchilarga ehtiyoj haqida:
Ishonchim komilki, hali ko'plab gap-so'zlar va mish-mishlar bo'ladi. Bizni oson bo'lmagan ish kutib turibdi, ammo eng muhimi — to'g'ri balansni topish. O'yin sifatlari, pozitsiyalar va umuman tarkibdagi balans. Biz kuchli tarkib shakllantirib, ajoyib jamoa qurmoqchimiz.
Welbeck haqida:
Hozir bu borada mish-mishlar juda ko'p.
Romeo Lavia nega maydonga tushmagani haqida:
U son qismida biroz noqulaylik sezdi. Jiddiy narsa emas. Shanba kuniga qadar u to'liq tayyor bo'lishiga umid qilamiz.
Xabi Alonso Romeo Lavia va Palestraning o'yinlari hamda ularning «Chelsi» safidagi moslashuvi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎙️ Xabi Alonsoning o'yindan keyingi matbuot anjumani:
💬 Romeo Laviyaning 90 daqiqalik o'yinini qanday baholaysiz?
Men u uchun juda xursandman, chunki u ma'lum bir to'siqni yengib o'tdi deb hisoblayman. U charchagan edi, lekin men unga: «O'ynasin, o'ynasin, 90 daqiqadan zavq olsin», dedim.
Natijada u o'yinni butunlay holdan toyib yakunladi. Shuning uchun, o'ylayman-ki, u haqiqatan ham baxtli.
💬 Palestraning o'yini haqida nima deb o'ylaysiz?
U juda katta taassurot qoldirmoqda. Uning o'sishga va bor kuchini berishga bo'lgan chanqoqligi kolossal darajada va u har bir o'yin bilan yaxshilanib bormoqda.
Bugun u boshqa pozitsiyada o'ynadi, lekin Italiyadagi o'yinlaridan ham uning juda moslashuvchan va har tomonlama o'yinchi ekanligini bilardim. Uning «Chelsi»dagi hayotga bunchalik tez moslashganidan xursandmiz.
Xabi Alonso «Sidney Uonderers»ga qarshi o'rtoqlik o'yini yakunlari, Joao Pedro va Liam Delapning holati hamda jamoani kuchaytirish rejalari haqida gapirdi.
Xabi Alonso «Sidney Uonderers»ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'yin haqida:
Bu foydali o'yin bo'ldi, undan ko'p saboq olishimiz mumkin.
Ba'zi vaziyatlarda yechim topish bizga qiyin bo'ldi, buni to'g'rilashimiz kerak. O'yinni boshqarish nuqtai nazaridan ko'p narsani o'rganishimiz mumkin. Raqib yuqori pressing qildi va biz bunday bosimdan chiqib ketish yo'llarini izlashimiz zarur. Mavsum davomida bunday vaziyatlarga yana ko'p duch kelamiz.
Bunday vaziyatlarga qanchalik tez-tez duch kelsak, to'g'ri yechim topishni o'rganishimiz shunchalik muhim bo'ladi. Bu o'yin bizga foyda keltiradi. Barcha o'yin vaqtiga ega bo'ldi va eng muhimi – jarohatlarsiz o'tdi.
Joao Pedro xet-triki haqida:
U gollarga juda chanqoq. Joao ajoyib mavsum o'tkazishga qat'iy bel bog'lagan. O'tgan mavsumdagi yaxshi o'yinidan so'ng, u yanada ko'proq gol urishni istaydi.
Bizning vazifamiz – unga yordam berish. Ammo gol urishga chanqoqlik faqat hujumchida emas, uning atrofidagi barcha o'yinchilarda bo'lishi kerak. Jamoa g'alaba qozonib, hujumchi gol urganda, barchamiz xursand bo'lamiz.
Liam Delapning kelajagi haqida:
Liam yaxshi ko'rinmoqda. Bugun u 60 daqiqa harakat qildi va markaziy himoyachilar bilan jiddiy kurash olib bordi. U yaxshi holatda. Uning kayfiyati to'g'ri va katta ishtiyoqqa ega.
Tajribaliroq o'yinchilarni jalb qilish ehtimoli haqida:
Ishonchim komilki, mish-mishlar hali ko'p bo'ladi. Oldimizda oson bo'lmagan vazifa turibdi, ammo biz o'yinchilarning sifati, ularning pozitsiyalari va umuman tarkib nuqtai nazaridan to'g'ri balans topishimiz kerak. Biz kuchli tarkib yig'ib, ajoyib jamoa qurishni istaymiz.
Laviya nega o'ynamagani haqida:
U son qismida biroz noqulaylik sezdi. Jiddiy hech narsa yo'q. Shanba kuniga qadar u to'liq tayyor bo'lishiga umid qilamiz.