#Morgan Rodjers — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Morgan Rojersning goli "Chelsi" muxlislari tomonidan oktyabr oyining eng yaxshisi deb topildi

Morgan Rojersning goli "Chelsi" muxlislari tomonidan oktyabr oyining eng yaxshisi deb topildi

Morgan Rojersning "Manchester Yunayted" darvozasiga kiritgan goli "Chelsi" muxlislari talqiniga ko'ra oktyabr oyining eng chiroyli goli deb topildi.

Morgan Rojersning "Manchester Yunayted" darvozasiga urgan goli "Chelsi" muxlislari tomonidan oktyabr oyining eng yaxshisi deb topildi.

Morgan Rojersning APLdagi samarali statistikasi

Morgan Rojersning APLdagi samarali statistikasi

Morgan Rojers Premer-ligadagi debyutidan buyon to'p bilan yorib kirishlar orqali 10 ta gol urdi. Bu borada u faqat Xoland va Mbeumodan ortda qolmoqda.

🌪️ Morgan Rojers Premer-ligada debyut qilgan 2024-yilning fevral oyidan buyon faqat Erling Xoland (17) va Brayan Mbeumo (13) undan ko'ra ko'proq to'p bilan yorib kirishlar (prohod) orqali gol urishga muvaffaq bo'lishdi (10).

Morgan Rojers Deklan Rays bilan bo'lgan mojaro haqida gapirdi

Morgan Rojers Deklan Rays bilan bo'lgan mojaro haqida gapirdi

Morgan Rojers Deklan Rays bilan o'yin davomida yuz bergan to'qnashuv va o'zaro munosabatlari haqida fikr bildirdi.

🎙️ Morgan Rojers o'zining Deklan Rays bilan bo'lgan to'qnashuvi haqida:

Bu shunchaki g'alaba qozonishni istagan insonlar o'rtasidagi raqobat. London derbisi, ustiga-ustak muxlislar butun o'yin davomida meni haqorat qilishdi — bu ham vaziyatni osonlashtirmadi.

O'sha lahzada barcha hissiyotlar bir-birining ustiga chiqib ketadi. Ammo Deklan Rays bilan munosabatlarimiz joyida. O'yindan keyin gaplashib oldik, o'rtamizda hech qanday muammo yo'q. Bu futbolda uchrab turadigan holatlardan biri: ikkalamiz ham g'alaba qozonishni istaymiz.

Aslida bu hatto yaxshi ham — maydonda do'stlik va boshqa narsalarni bir chetga surib, klublarimiz g'alabasi uchun borimizni berishga tayyor ekanimizni ko'rsatadi. Ba'zida hissiyotlar biroz oshib ketadi, lekin hammasi joyida.
The Athletic yozgi transferlar reytingini e'lon qildi

The Athletic yozgi transferlar reytingini e'lon qildi

The Athletic yozgi transferlar reytingini e'lon qildi: Emiliano Martinesning «Chelsi»ga o'tishi eng yaxshi deb topildi.

Emiliano Martinesning «Chelsi»ga o'tishi The Athletic talqiniga ko'ra yozning eng yaxshi transferi deb topildi. 🔝

Eng yaxshi 15 ta bitim qatoridan Maksans Lakruaning «Kristal Pelas»ga o'tishi ham o'rin oldi. 🔵

Morgan Rojers esa nashr reytingida atigi 80-o'rinni egalladi. 🫪

Bunga izoh sifatida «yuqori narx» keltirilgan. Ammo Elliot Andersonning narxi ularni nega bunchalik ajablantirmagani tushunarsiz. 🤷‍♂️

O'ng ustun yangiliklari

Morgan Rojers Koul Palmer haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Morgan Rojers Koul Palmer haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Morgan Rojers Koul Palmerning Angliya terma jamoasida o'ynashni istamasligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Tomas Tuxel esa Rojersning himoyasini qo'llab-quvvatladi.

Morgan Rojers Koul Palmerning Angliya terma jamoasida o'ynashni istamasligi haqidagi gaplarni yolg'on deb atadi:

«Bu yolg'on. U shu yerda bo'lishni istaydi. U terma jamoaga chaqiruv olishni va har doimgidek o'z mamlakati sharafini himoya qilish uchun kelishni xohlagandi. Odamlar buni shunchaki yangilik deb qabul qilib, aytish oson bo'lgan gaplarni gapirishmoqda».
«Biz hammamiz bilamizki, o'tgan yili jarohatlar tufayli u qiyin davrni boshdan kechirdi va shaxsan men bilamanki, o'shandan beri u doimiy ravishda ularning oqibatlari bilan kurashib kelmoqda. O'tgan yili jarohatlar sababli u ancha tushkun holatda edi va maydonda o'zini 100 foiz his qilmayotgandi».
«Shuning uchun u shu yerda bo'lishni va o'zining eng yaxshi versiyasi bo'lishni istaydi. Albatta, xohlaydi, kim ham xohlamasdi deysiz? Ammo u o'z organizmining holatini ham nazorat qilishi kerak. U yana 10-15 yil o'ynashni xohlaydi, shuning uchun yuklamalarni to'g'ri taqsimlashiga to'g'ri keladi».
«Agar uzoq muddatli foyda uchun qisqa muddatda o'zini asrashi kerak bo'lsa, demak, u shunday qilishi shart va bunday qarorni to'liq qo'llab-quvvatlash kerak».
«Buning Angliya terma jamoasiga aloqasi yo'q yoki u yerda o'ynashni istamaslik degan gaplar yo'q. Aslida, odamlarning insonning Angliya terma jamoasida o'ynash istagini shubha ostiga olishi shunchaki bema'nilik».
«Siz uning yuzidagi quvonch va tabassumni ko'ryapsiz, futbolni qanchalik yaxshi ko'rishini ko'ryapsiz. Shuning uchun, rostini aytsam, men buni tushunmayapman, u ham tushunmayapti. Ammo u bunga chidashga majbur. Sizni ishontirib aytamanki: u shu yerda bo'lishni va o'z mamlakati uchun o'ynashni istaydi».

Tomas Tuxel Rojersning Palmerni himoya qilganiga hech qanday muammo ko'rmadi:

«Bu mutlaqo normal holat. U uning jamoadoshi va, chamamda, do'sti, shunday ekan, nega endi u buni qilmasligi kerak? Nega u shunday qilgan bo'lsa, hissiyot bilan gapirmasligi kerak?».
«Men Morgan aytgan so'zlarni eshitmadim, shuning uchun izoh bermayman. Men ayta oladigan yagona narsa shuki, men Morgan hissiy jihatdan qanchalik jalb qilinganidan va jismoniy fidoyiligidan juda mamnun bo'ldim».
«O'ylaymanki, bugun u ham hujumda, ham himoyada maydondagi eng yorqin o'yinchi bo'ldi. Aynan shu narsa muhim».
Nikolas Jekson «Aston Villa» tarixida yangi natija qayd etdi

Nikolas Jekson «Aston Villa» tarixida yangi natija qayd etdi

Nikolas Jekson «Fulxem» darvozasini ishg'ol qilib, «Aston Villa» safida Premer-liganing ketma-ket uchta uy uchrashuvida gol urgan futbolchiga aylandi.

Nikolas Jekson «Fulxem» darvozasini ishg'ol qilib, Morgan Rojersdan (2024-yil aprel) keyin Premer-liganing ketma-ket uchta uy uchrashuvida gol urgan ilk «Villa» futbolchisiga aylandi.