Morgan Rojers: "Oltin to'p"ni Harri Keyn olishi kerak"
Гордость Лондона ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 31

Morgan Rojers: "Oltin to'p"ni Harri Keyn olishi kerak"

🏆 Morgan Rojers TNT Sports nashriga bergan intervyusida "Oltin to'p" sovriniga kim loyiqligi haqida fikr bildirdi:

Harri Keyn, mening nazarimda, g'olib bo'lishi kerak. O'ylaymanki, bu yil, bu mavsumda u odamlar kutganidan ham yuqoriroq natijalarni ko'rsatdi.

Agar adashmasam, ichki trebl va finaldagi xet-trik. Jahon chempionatidagi gollar, "Bavariya" safidagi gollar. Yana nima qilishi kerak? Uning mavsumiga nazar tashlasangiz, undan yana nima kutish mumkin?

Shuning uchun bu mehnat munosib taqdirlanishi kerak. Bilaman, men biroz tarafkashman va afsuski, ovoz berish huquqim yo'q, lekin men aniq unga ovoz bergan bo'lardim.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!