🔵🎙️ Sky Sports uchun o'yindan keyingi intervyuda Pedro Netu quyidagilarni ta'kidladi:
«Bu biroz aqldan ozishdek edi. Nima deyishni ham bilmayman. Bizga bunchalik ko'p gol o'tkazib yuborish yoqmaydi, biz ko'proq gol urishni istaymiz».
«Murabbiy yangi kuch va yangi kayfiyat qo'shishni so'radi. Ular bizga ko'p muammolar tug'dirdi, chunki ular jismonan juda kuchli. Bu biz uchun yaxshi sinov bo'ldi va biz xotirjamlikni saqlab qoldik».
💬 O'z goli haqida:
«O'yin keskin kechdi. Morgan [Rojers] haqiqatan ham ajoyib ish qildi. Eng qiyin qismini u bajardi, menga esa to'pni darvozaga yo'llash qolgandi xolos».
💬 Jamoadagi o'yin haqida:
«Bu haqiqatan ham katta zavq bag'ishlaydi. Jamoaning mentaliteti a'lo darajada. Hamma o'yindan zavq olishni istaydi. Barchasi yuzida tabassum bilan o'ynamoqda».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!