Alan Shirer APL 8-turi yakunlariga ko'ra o'zining ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Undan Mateush Fernandesh, Matis Tel va Roberto De Dzerbi o'rin oldi.
Mateush Fernandesh va Matis Tel Alan Shirer talqiniga ko'ra 8-turning ramziy terma jamoasidan joy olishdi.
Roberto De Dzerbi esa murabbiy sifatida qayd etildi.
Alan Shirer Maykl Kerrikning iste'fosi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirib, klub rahbariyatini murabbiyga ishonch bildirishga chaqirdi.
🗣️ Alan Shirer:
«Maykl Kerrikka ijobiy natija juda zarur.
Men o'yin oldidan va o'yin davomida ham klub unga ishonch bildirishda davom etishi SHARTligini aytganman.
Doimiy ravishda bir xil ssenariy bo'yicha harakat qilib bo'lmaydi: navbatdagi murabbiyni ishdan bo'shatib, uning o'rniga yangisini tayinlash kerak emas».
Alan Shirer "Chelsi" yarimhimoyachisi Moyses Kaysedoning "Bornmut"ga qarshi o'yindagi samarali harakatlarini yuqori baholadi.
Alan Shirer Moyses Kaysedoning "Bornmut"ga qarshi o'yindagi harakatlari haqida:
Kaysedoning o'yiniga qarang — himoyadagi harakatlari va to'pni olib qo'ygandan keyingi qarorlariga e'tibor bering. U oddiy tuyulgan ishlarni nihoyatda samarali bajaradi. U o'yinni ajoyib o'qiydi, vaziyatga tez munosabat bildiradi, xavfni boshqalardan oldin sezib, uni bartaraf etadi.
U doimiy ravishda pressing uyushtiradi va to'plarni yutib oladi. Agar birinchi urinishda o'xshamasa ham, uning reaksiyasiga qarang: u bosimni davom ettirib, raqibni xatoga majbur qiladi va hujumga chiqishiga yo'l qo'ymaydi. Uning o'yinida qat'iyat ham bor — u kurashga kirishishdan va murosasiz harakat qilishdan qo'rqmaydi. Bu har bir jamoa uchun zarur.
Biz "Chelsi" hujumkor uchligi haqida ko'p va haqli ravishda gapiramiz, biroq Kaysedoning jamoa hujumlariga qo'shayotgan hissasi ham alohida e'tirofga loyiq. "Bornmut"ga qarshi bahsning birinchi daqiqasidayoq u to'pni qabul qilib, darhol oldinga o'ynaydi. Yakunda Xenderson ajoyib gol uradi, ammo hammasi aynan Kaysedoning tezkor qaroridan boshlanadi.
Ikkinchi gol epizodida ham Kaysedo muhim rol o'ynaydi: agressiv tarzda kurashga kirishib, to'pni yutib oladi va hujumni davom ettirishga imkon beradi. Ha, u yerda kichik rikoshet bo'lgandi, lekin o'yinning dastlabki uch daqiqasidayoq Kaysedo "Chelsi" o'yiniga ulkan hissa qo'shdi.
Xenderson gol urgan jarima zarbasiga kelsak? U ham Kaysedoning harakatlari natijasi edi. U raqib oldinga o'tmoqchi ekanligini o'z vaqtida payqab, tez reaksiyaga kirishadi, to'pni yutib oladi va amalda uni Palmerga hadya qiladi. Kaysedo ajoyib ish bajarmoqda, jamoa jarima zarbasi ishlab oladi, qolganini esa barchamiz bilamiz.
Harri Keyn Maurisio Pochettinoning «Manchester Yunayted»ga o'tishi, uning faoliyatiga ta'siri hamda APLdagi rekord haqidagi savollarga javob berdi.
Harri Keyn Maurisio Pochettinoning «Manchester Yunayted»ga o'tishi haqida:
U haqida faqat yaxshi gaplarni ayta olaman. Faoliyatimning o'sha bosqichida u rivojlanishim uchun juda ko'p narsa berdi. U top-klublar qatorida bo'lmagan juda yosh jamoani qabul qilib oldi va yakunda bizni ketma-ket ikki marta chempionlik poygasiga olib chiqdi hamda Chempionlar ligasi finaliga yetakladi.
«Yunayted» klubni kutilgan darajaga qaytarish uchun hamma narsani qiladigan ajoyib murabbiyni qo'lga kiritadi.
Harri Keyn Maurisio Pochettinoning uning faoliyati va rivojlanishiga ta'siri haqida:
Maurisio bilan munosabatlarimiz a'lo darajada. Men u faoliyatim va rivojlanishimga kuchli ta'sir ko'rsatgan murabbiylardan biri ekanligini allaqachon aytganman.
Faoliyatimning o'sha bosqichida uning ko'rsatmalari menga juda zarur edi. Uning meni maydonda ham, maydon tashqarisida ham ruhlantirishi juda katta yordam berdi.
U dunyoning eng katta klublarida ishlagan. Shuning uchun u haqida faqat yaxshi gaplarni ayta olaman.
Nima bo'lishini kutib ko'ramiz. Ammo bilamanki, u ajoyib inson va fantastik murabbiy.
Harri Keyn APLdagi gollar rekordi uchun ligaga qaytish ehtimoli haqida:
Hozir bor e'tiborimni «Bavariya»ga qaratganman. Bizda ajoyib jamoa va fantastik murabbiy bor, men bu yerda juda baxtliman. Albatta, oldimizda hali ko'plab maqsadlar bor va biz «Bavariya» bilan yangi muvaffaqiyatlarga erishmoqchimiz. Biz Chempionlar ligasida g'olib chiqishni, Bundesligada hukmronlikni davom ettirishni va o'tgan mavsumda qo'lga kiritgan sovrinlarimizni himoya qilishni istaymiz. Faoliyatim va hayotim davomida shuni tushundimki, har doim ham hamma narsani o'zing nazorat qila olmaysan.
Ba'zida shunchaki voqealar rivojiga qo'yib berish, o'zingga ishonish va tinimsiz mehnat qilish kerak. Hozirgi vaqtda mening asosiy ustuvor vazifam shu.
Men APL tarixidagi gollar soni bo'yicha rekordni yangilash imkoniyatini hech qachon istisno qilmayman. Ammo hozir bu mening asosiy maqsadim emas.
Keyn hisobida APLda 213 ta gol bor. Alan Shirer rekordiga yetib olishi uchun unga 47 ta gol qoldi.
Alan Shirer Premer-liganing 6-turidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzdi. Ro'yxatdan Xenderson, Rojers va Joao Pedro o'rin oldi.
Joradan Xenderson, Morgan Rojers va Joao Pedro Alan Shirer talqiniga ko'ra Premer-liganing 6-tur ramziy terma jamoasidan joy olishdi. ⭐🔵
Alan Shirer «Arsenal»ning «Lids»ga qarshi o'yini hamda Deklan Rays va Bruno Gimaraysning harakatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Alan Shirer Deklan Rays va Bruno Gimaraysning «Lids»ga qarshi o'yini haqida:
«Ikkinchi bo'limda «Arsenal» to'pni ancha yaxshi harakatlantirdi. Mening nazarimda, birinchi bo'limda hamma narsa juda sekin, passiv va sust edi. Ko'ndalang uzatmalar juda ko'p, oldingi chiziqda esa o'tkirlik yetishmayotgandi.
Brune maydonga tushgach, jamoa tezroq va to'p bilan yaxshiroq muomalada bo'la boshladi, o'zi esa ajoyib gol urdi. Deklan Raysga kelsak, ikkinchi bo'limda u juda yaxshi o'yin ko'rsatdi deb hisoblayman».