Roberto De Zerbi jamoa tarkibidagi o'zgarishlar va jarohat olgan futbolchilarning holati haqida gapirdi.
Roberto De Zerbi jamoa yangiliklari haqida:
Bergvall, Maddison, Savio qaytishdi. Tosin va Tel — yo'q. Tosin allaqachon yaxshi holatda, lekin hozir tavakkal qilishning vaqti emas. Matis Telga yana 2-3 hafta kerak. Mudrik hali tayyor emas.
Shuningdek, De Zerbi Destini Udoji «Ipsvich»ga qarshi o'yinda maydonga tushishini tasdiqladi.
Jeyms Meddison «Lester»dan ketishi, «Tottenxem»ga o'tishi va bosh murabbiy Enj Postekoglu bilan ishlash tajribasi haqida gapirib berdi.
Jeyms Meddison «Lester»ning quyi ligaga tushib ketishi haqida:
«Juda og'ir lahza va «Lester»dagi vaqtimni yakunlashning og'ir usuli — bunday ketishni hech kim xohlamaydi. Ammo o'sha mavsumda bizni saqlab qolish uchun qo'limdan kelganini qildim. Bu yetarli bo'lmadi: jamoa sifatida biz shunchaki yetarlicha yaxshi emasdik.
Biz uddalay olmadik, juda tez-tez yomon o'ynadik — ba'zida futbol shunchalik oddiy bo'ladi.
Bu juda tushkunlikka soladigan, juda og'ir lahza edi. Hech qachon bilmaysan — balki hammasi bejiz emasdir. O'zim bunga 100% ishonchim komil emas, garchi odatda aynan shunday deb o'ylasam ham».
«Tottenxem»ga o'tishi haqida:
«Keyin «Tottenxem»ga o'tish imkoniyati paydo bo'ldi. Balki, agar biz APLdagi o'rnimizni saqlab qolganimizda ham bu imkoniyat tug'ilarmidi, ammo yakunda hammasi aynan shunday kechdi.
Va mana men Deniel Levi va Enj Postekoglu bilan telefonda gaplashib o'tiribman va o'ylayapman: «Voy-buy, «Tottenxem» — katta klub!». Menda doim «Tottenxem»ga nisbatan alohida xayrixohlik bo'lgan. Men doim o'zimni bu jamoa o'yinchisi sifatida tasavvur qila olganman.
Menga u yerda o'z o'rnim borligidek tuyuldi. Shunchaki bu to'g'ri qadam ekanini his qildim».
Enj Postekoglu haqida:
U: «Men har doim ikkinchi mavsumda g'alaba qozonaman», deganida, yigitlar bilan kiyinish xonasida o'yladik: «O'lsin, demak, endi biz albatta g'alaba qozonishimiz kerak».
Mavsum oxiriga yaqin ayniqsa meni, van de Ven va Romeroni Premer-liga o'yinlaridan ozod qilishardi, toki biz payshanbaga tayyor bo'laylik.
Enj g'olib edi va har doim g'alaba qozonish yo'lini topardi. U bizga doim o'zining g'olib ekanini, hech qachon o'zida shubhalanmaganini aytardi: «Men g'olibman, hamma yerda g'alaba qozonganman». Yakunda biz Bilbaoda sovrinni qo'lga kiritdik. U ajoyib inson, men uni juda hurmat qilaman».
Jeyms Meddison:
Men har qachongidan ham motivatsiyaga to'laman, rostini aytsam. «Tottenxem»da hali ko'p narsani isbotlashim kerakligini his qilyapman. Men yuqori saviyadaman va shunchaki formada bo'lishni hamda mavsumning katta qismida o'ynashni istayman, toki odamlarga qanday o'yinchi ekanimni eslatib qo'yay. Maydonga: «Bugun maydondagi eng yaxshisi men bo'laman», degan o'y bilan chiqaman.
«Tottenxem»ning sobiq skauti Mayk Braun klubning Morgan Gibbs-Uaytga bo'lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.
«Tottenxem»ning sobiq skauti Mayk Braun:
«Agar Morgan Gibbs-Uayt «Nottingem Forest»ni tark etishga qaror qilsa, «Tottenxem» uning transferiga eng ko'p qiziqish bildiradigan klublar qatorida bo'ladi.
De Dzerbi yana bir yarimhimoyachini tarkibga qo'shib olmoqchi, ayniqsa Medisonning jismoniy holati bilan bog'liq muammolar davom etsa».
Jeyms Meddison «Koventri Siti»ga bo'lgan hurmati va nishonlash marosimi uchun uzr so'ragani haqida gapirdi.
🩵 Jeyms Meddison:
«Men allaqachon qaytishimdan keyingi ilk golimni qanday nishonlashni o'ylab qo'ygandim: men faoliyatimdagi so'nggi 18 oy ichida eng og'ir damlarda meni va oilamni qo'llab-quvvatlagan klub emblemasini o'pdim. Men «Koventri Siti»ni chin dildan yaxshi ko'raman — bu haqda barcha yaqin do'stlarim va oila a'zolarim bilishadi. Men ushbu klub muxlisi bo'lganman va shunday bo'lib qolaman. Nishonlash uchun tanlangan vaqt noo'rin deb o'ylaganlardan chin dildan uzr so'ramoqchiman — shunchaki, qaytishimdan keyingi ilk golim aynan o'z shahrim klubiga qarshi o'yinga to'g'ri kelib qoldi. Frenk va butun jamoaga mavsumning qolgan qismida omad tilayman. PUSB🩵»
Jeyms Meddison «Tottenxem»dagi o'rni va klubga bo'lgan sadoqati haqida gapirdi.
🎤Jeyms Meddison:
«O'tgan yili men har doim o'z o'rnimni «Tottenxem»da deb his qilganimni aytgandim. O'ynamagan vaqtimda va qiyin davrlarda menga bergan sevgilarini his qilganimda, buni yanada kuchliroq angladim. Men bu klubga ancha ko'proq narsa bera olaman».
Roberto De Dzerbi Jeyms Meddison «Tottenxem» safida maydonga tushishga tayyor ekanligini tasdiqladi, ammo «Koventri»ga qarshi o'yin borasida hali qaror yo'q.
Roberto De Dzerbi Jeyms Meddison «Tottenxem» tarkibida asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor ekanligini tasdiqladi, ammo u «Koventri»ga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushadimi yoki yo'q, bu borada hali qaror qabul qilmagan.
Jeyms Meddison «Tottenxem» tarkibidagi eng texnikali futbolchi sifatida Matis Telning nomini keltirdi.
Jeyms Meddison «Tottenxem»dagi eng texnikali futbolchini aytdi:
«Matis Tel. Uning oyoqlari nihoyatda tez, u birga-bir vaziyatlarda ajoyib o'ynaydi. Hatto bugun mashg'ulotda ham uning harakatlari juda keskin edi.
Agar biz u uchun tez-tez birga-bir vaziyatlarni yaratsak, uning salohiyatini to'liq ochib bera olamiz. Hujumkor futbolga urg'u berayotgan hozirgi murabbiy qo'l ostida, agar biz unga ko'proq to'p uzatsak, Tel ko'plab himoyachilarni qiynab qo'yadi».
Jeyms Meddison jamoasining qiyin vaziyatdagi irodasi va muxlislar ko'rsatgan yordami haqida gapirdi.
Jeyms Meddison ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quyidagicha fikr bildirdi:
Men jamoamiz qiyin vaziyatda, ya'ni futbolchimiz maydondan chetlatilganidan so'ng o'yinga qaytib, xarakter ko'rsatganidan juda faxrlanaman. Bular kelajakda jamoamiz va o'yinimizni qurishimiz kerak bo'lgan tamoyillardir. Safardagi o'yinda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat!
Roberto De Zerbi Deyan Kulusevski, Jeyms Meddison, Mateush Fernandesh hamda jarohat olgan boshqa futbolchilarning holati haqida fikr bildirdi.
🎤De Zerbi Deyan Kulusevski haqida:
«U yaxshi ishlamoqda. Ertaga u biz bilan birga qo'llab-quvvatlash uchun boradi. U juda yaxshi ishlayapti va menimcha, u barcha uchun namuna. Gap o'yinchida emas, balki uning jarohatga qanday munosabat bildirganida — uning xarakteri barcha uchun o'rnak».
🎤Meddison haqida:
«U o'yin uchun tayyor, ammo o'tgan hafta oxirida va bu hafta boshida uch-to'rt kunni o'tkazib yubordi.
Biz Meddison bilan ikkalamiz ham xafamiz, chunki u maydonda bo'lishni istaydi. Uning jiddiy jarohati yo'q va ertaga o'ynashi mumkin. Ammo Premer-liga — qiyin chempionat, yaxshi jismoniy holatda bo'lish hamda yugurish va kurashishga tayyor turish kerak.
U yaxshi ishlamoqda va shu ruhda davom etish kerak. Unga og'riq va muammolarsiz ketma-ket uch, to'rt yoki besh hafta kerak. Shunda u odatiy rejimga qaytib, to'laqonli o'yinchiga aylana oladi».
🎤Mateush Fernandesh haqida:
«Fernandesh — ajoyib o'yinchi. Balki jamoamizdagi eng yaxshilaridan biridir. Unga klubni tushunish uchun vaqt kerak. Unga klub muhitiga moslashish uchun vaqt kerak. Men unga katta ishonch bildiraman va klub ham unga to'liq ishonadi, ammo unga vaqt kerak. Biz unga vaqt berishimiz kerak».
🎤Roberto De Zerbi:
«Porro va Mudrik maydonga tusha olishmaydi. Pedro yana bir nechta o'yinni o'tkazib yuboradi, Mudrik esa undan ham ko'proq».
Devid Ornsteyn «Tottenxem»ning qishki transfer oynasidagi imkoniyatlari va tarkibdagi o'zgarishlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Devid Ornsteyn «Tottenxem» va qishki transfer oynasi haqida:
«Ko'rinishidan, ular tarkibni yanada kuchaytirishni istashmoqda. Bu yanvarda sodir bo'ladimi... Bu vaqtda bozor unchalik yaxshi emas. Bir yil avval, Deniel Levi ketganidan so'ng, faqat Konor Gallaxer keldi, Brennan Jonson esa ketdi — uning o'rnini to'ldirishmadi.
Odatda yanvar transfer oynasi unchalik faol bo'lmaydi. Men aniq rejalar haqida bilmayman. Yozda ular ko'p ish qilishdi, ehtimol, tarkibni yana kelasi yozda to'liq shakllantirishadi.
Qolaversa, muhim jihat — jarohat olganlar qaytmoqda: Kulusevski, Odober. Kudus va Meddison yaqinda qaytishdi. Tarkibda joy kam. Shunday ekan, agar kimdir kelsa, kimdir ketishiga to'g'ri keladi».
Roberto De Zerbi jamoa tarkibidagi jarohatlangan futbolchilarning holati haqida gapirdi.
🗣️ Roberto De Zerbi jamoa yangiliklari haqida:
Bergvall, Maddison, Savio qaytishdi. Tosin va Tel – yo'q. Tosin allaqachon yaxshi holatda, lekin hozir tavakkal qiladigan palla emas. Matis Telga yana 2-3 hafta kerak. Mudrik hozircha tayyor emas.
«Tottenxem» yarim himoyachisi Jeyms Meddisonning jarohati jiddiy emasligi ma'lum bo'ldi. Uning navbatdagi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida.
⚠️ Jeyms Meddisonning jarohati jiddiy emas!
⚡️ «Tottenxem» yarim himoyachisi «Chelsi»ga qarshi o‘yinda qovog‘ida noqulaylik sezdi va almashtirildi. O‘yinga yaqin manbalar xabariga ko‘ra, jarohat jiddiy emas, ammo uning «Kristal Pelas»ga qarshi bahsda ishtirok etishi hozircha so‘roq ostida.
Tom Barkleyninng xabar berishicha, Jeyms Meddisonning chov qismidagi jarohati jiddiy emas. Uning «Kristal Pelas»ga qarshi o'ynashi hozircha so'roq ostida.
Tom Barkley yozishicha, Jeyms Meddisonda gumon qilingan chov jarohati jiddiy emas.
O'yinchiga yaqin manbalar buni unchalik jiddiy emas deb ta'riflashdi. Ammo u «Kristal Pelas»ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladimi yoki yo'q, hozircha noma'lum.
«Tottenxem» bosh murabbiyi Jeyms Meddisonning jarohati yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
De Zerbi Jeyms Meddisonning jarohati haqida:
«Umid qilamanki, muammo unchalik jiddiy emas. Ertaga tibbiy ko'rikdan o'tishimiz kerak. Umid qilamanki, bu katta muammo emas, chunki u biz uchun alohida o'yinchi. U bizga kerak».
Roberto De Zerbi Jeyms Maddison va Deyan Kulusevskining holati haqida gapirdi. Murabbiy ikki futbolchining ham o'yinga tayyor ekanligini ta'kidladi.
Klub kanaliga bergan intervyusida Roberto De Zerbi Jeyms Maddison va Deyan Kulusevski haqida matbuot anjumaniga qaraganda ancha optimistik fikrlar bildirdi:
«Ularning asosiy tarkibda maydonga tushishini yoki zaxirada qolishini bilmayman, lekin ikkalasi ham o'ynashga tayyor. Biz ularning o'yin vaqtini to'g'ri taqsimlashimiz kerak, chunki ular o'z sifatlari, xarakteri va tajribasi bo'yicha turlicha futbolchilar. Ular bizga kerak».
Roberto De Zerbi jamoa tarkibidagi o'zgarishlar, jarohatlar va bo'lajak o'yin oldidan tarkibdagi muammolar haqida gapirdi.
Roberto De Zerbi jamoa yangiliklari haqida:
«Pedro qaytdi. Robertson tayyor. Marmush bilan hammasi joyida, Solanke bilan ham. Lukas Bergvall va Savio hamon safdan tashqarida, boshqa yangilik yo'q. Bentankur diskvalifikatsiya qilingan.
Dastlabki uch kunda Meddison jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazmadi. Ertaga maydonga tusha oladimi yoki yo'q, hozircha bilmayman. Biz Tel, Marmush yoki Gallaxer bilan o'ynashimiz mumkin.
Ko'p marta aytganimdek, futbolchilar bilan tavakkal qilishni istamayman. Yevropa futbolidagi hozirgi davrga nazar tashlasangiz, jarohatlar soni juda ko'pligini ko'rasiz - bu nafaqat «Tottenxem»ga, balki umuman barcha jamoalarga tegishli.
Kulusevski yaxshi ishladi, ammo dastlabki kunlari individual shug'ullandi.
Destini safdan chiqqan. Manchesterdagi o'yindan keyin u bilan ishlamadim va bu muammo. Baxtimizga, bu pozitsiyada bizda boshqa variantlar ko'p»
Roberto De Zerbi «Chelsi»ga qarshi bo'lajak o'yin, jamoadagi jarohatlar va «Stamford Bridge»dagi qiyin statistika haqida fikr bildirdi.
Roberto De Zerbi «Stamford Bridge»dagi klubning yomon statistikasi (oxirgi 36 ta safar o'yinida atigi bitta g'alaba) haqida gapirdi:
Men uchun bu o'yinchilar uchun qo'shimcha motivatsiya.
Men bu salbiy statistika bizga yanada ko'proq motivatsiya berishini, ruhimizni mustahkamlashini va g'alaba qozonish uchun energiya qo'shishini istayman. Bizda ushbu o'yinda g'alaba qozonish uchun barcha narsa mavjud.
Bu juda yaxshi jamoa va ajoyib murabbiyga qarshi derbi. Ularda aniq o'yin uslubi va kuchli futbolchilar bor, ammo «Tottenxem» o'yinchilari ham juda yaxshi. Bizda ijrochilar darajasi yuqori.
Biz o'zimizni ko'rsatishimiz kerak, alohida emas, balki jamoa sifatida.
Jeyms Meddison haqida:
Dastlabki uch kun Meddison biz bilan shug'ullanmadi. Ertangi o'yinga tayyormi yoki yo'q, bilmayman. Biz Matis Tel, Marmushni markazda, Gallaxerni tushirishimiz mumkin. Variantlar yetarli, ayniqsa Porro ham o'ynay oladi.
Men tavakkal qilishni istamayman: agar hozirgi futbolga nazar tashlasangiz, jarohatlar juda ko'p — va bu nafaqat «Tottenxem»da.
«Chelsi»ga qarshi o'yindagi «xarakter va jasorat» haqida:
O'ylaymanki, har bir o'yin turlicha. Biz ko'plab o'yinchilarni o'zgartirdik, ular esa unchalik emas, lekin murabbiyni almashtirishdi (may oyidagi o'tgan mavsum o'yinidan beri). Bizning yondashuvimiz o'zgarmadi. Yugurish kerak, kurashish kerak, biz so'nggi o'yinlardagi kabi harakat qilishimiz shart. Va keyin bu o'yinni xarakter va jasorat bilan o'tkazish kerak.
O'tgan mavsum «Chelsi»ga qarshi o'yinda biz ajoyib natijaga erishishimiz mumkin edi. Biz bitta ahmoqona gol o'tkazib yubordik, ammo hozir vaziyat butunlay boshqacha.
Deyan Kulusevski o'yindan keyingi dastlabki kunlarda yakka tartibda shug'ullandi:
Kulusevski yaxshi ishladi, ammo dastlabki kunlari yakka tartibda shug'ullandi.
Destini Udoji haqida:
«Manchester Yunayted» bilan o'yindan keyin u biz bilan shug'ullanmadi va bu muammo.
Bizga omad kulib boqibdiki, bu pozitsiyada bir nechta variantimiz bor.
Roberto De Zerbi Uilson Odober hali asosiy jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishmaganini ma'lum qildi.
De Zerbi Maddison va Kulusevskining qaytishi, shuningdek, Mateush Fernandeshning zaxirada qolishi sabablarini tushuntirdi.
🎤De Zerbi Maddison va Kulusevski haqida:
«Har xil o'yinchilar, har xil iqtidorlar, har xil xarakterlar. Ular bilan kiyim almashtirish xonasida muhit boshqacha».
«Kudus o'yinni oxirigacha o'tkazishi mumkin edi, lekin men muxlislar uchun Kulusevskini maydonga tushirdim. Bizga ularning qo'llab-quvvatlashi kerak edi — ular biz bilan birga qiynalishdi, shuning uchun bu g'alabaga munosib edilar».
🎤Mateush Fernandesh nima uchun zaxirada qolgani haqida:
«Mateush Fernandesh o'g'li tug'ilgani sababli oxirgi ikki kun ichida atigi ikki marta mashg'ulot o'tkazdi va men qarshi hujumlarni ushlab qolish hamda o'yin borishini yaxshiroq nazorat qilish uchun uchta markaziy himoyachi bilan o'ynash eng yaxshi qaror deb hisobladim».
De Zerbi bugun almashtirilgan o'yinchilarning hech birida jiddiy jarohat bor deb hisoblamasligini aytdi.
De Zerbi, uning fikricha, boshqa o'yinlarda «Shpory» yaxshiroq o'ynaganini ta'kidladi.
«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi o'yinchilarni o'zlariga qulay bo'lgan pozitsiyalarda o'ynatish muhimligini ta'kidladi.
Roberto De Zerbi:
«Bizda jarohatlar bor va men har bir o'yinchi o'zining eng yaxshi pozitsiyasida o'ynashini istayman. Archi Grey — yarim himoyada, u yerda unga yoqadi, Maddison — o'z pozitsiyasida. Barchani o'z sevimli pozitsiyalariga qo'ymoqdaman, toki ular yaxshi o'ynab, gol urib, g'alaba qozonishsin».
Jeyms Meddison "Tottenxem"dagi jamoadoshlari, murabbiyning munosabati va APLdagi eng yaxshi futbolchi haqida fikr bildirdi.
Jeyms Meddison "Tottenxem"dagi eng texnikali o'yinchi haqida:
Matis Tel. Oyoqlari juda tez. Juda chaqqon. Birga-bir vaziyatlarda yaxshi. Hatto bugun kichik maydonda ham uning oyoqlari juda tez ishladi. Agar Matisni tez-tez birga-bir vaziyatlarga chiqarsak, o'ylaymanki, uning eng yaxshi sifatlarini ochib beramiz.
Ayniqsa, hujumkor futbol o'ynaydigan bu murabbiy bilan: agar unga to'pni yetkazib bersak, u ko'plab qanot himoyachilarini qiynab qo'yadi.
"Tottenxem"dagi murabbiyning "erkatoyi" haqida:
Bu Yan Paul van Xekke. U endi keldi, lekin ular anchadan beri tanish. Ertalab ko'rishganda u haqiqatan ham uni xuddi o'g'lini quchoqlagandek quchoqlaydi, boshqalarga o'xshab emas.
Shubhasiz, ular "Brayton"da birga ishlashgan. Yan - ajoyib o'yinchi. Murabbiy uni qadrlashi tushunarli.
Biz Yan Paul van Xekkeni shu sababli biroz masxara qilib turamiz!
APLning eng yaxshi o'yinchisi kim?
O'tgan mavsumdan kelib chiqib aytaman - Brunu Fernandesh.
U ko'plab sifatlarga ega. U qo'rqmasdan o'ynaydi: qancha to'p yo'qotmasin, baribir uni yana qabul qilib olishni istaydi.
U har doim qat'iyatli, har doim pas uchun ochiq. Men uning o'yinini kuzatishni juda yoqtiraman.
Roberto De Dzerbi Jeyms Meddisonning holati haqida gapirdi. Murabbiy futbolchida jiddiy jarohat yo'qligini va ertaga maydonga tushishi mumkinligini ta'kidladi.
🎙️ Roberto De Dzerbi — Jeyms Meddison haqida:
U tayyor, ammo o'tgan hafta oxiri va shu hafta boshida 3–4 kunni o'tkazib yubordi. Jeyms — biz uchun o'ziga xos o'yinchi. Gallaxer ham «o'nlik» pozitsiyasida yaxshi o'ynamoqda.
Biz ikkalamiz ham xafamiz, chunki Jeyms maydonda bo'lishni istaydi. Jiddiy jarohat yo'q va ertaga u o'ynashi mumkin. Ammo APL — og'ir chempionat, bu yerda yugurish va kurashish uchun yaxshi formada bo'lish kerak.
U yaxshi ishlamoqda va bu ruhda davom etish kerak. Og'riq va muammolarsiz ketma-ket 3–5 hafta o'tkazish muhim. Shunda u odatiy rejimiga qayta oladi.