Devid Ornsteyn «Tottenxem»ning qishki transfer oynasidagi imkoniyatlari va tarkibdagi o'zgarishlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Devid Ornsteyn «Tottenxem» va qishki transfer oynasi haqida:
«Ko'rinishidan, ular tarkibni yanada kuchaytirishni istashmoqda. Bu yanvarda sodir bo'ladimi... Bu vaqtda bozor unchalik yaxshi emas. Bir yil avval, Deniel Levi ketganidan so'ng, faqat Konor Gallaxer keldi, Brennan Jonson esa ketdi — uning o'rnini to'ldirishmadi.
Odatda yanvar transfer oynasi unchalik faol bo'lmaydi. Men aniq rejalar haqida bilmayman. Yozda ular ko'p ish qilishdi, ehtimol, tarkibni yana kelasi yozda to'liq shakllantirishadi.
Qolaversa, muhim jihat — jarohat olganlar qaytmoqda: Kulusevski, Odober. Kudus va Meddison yaqinda qaytishdi. Tarkibda joy kam. Shunday ekan, agar kimdir kelsa, kimdir ketishiga to'g'ri keladi».
Roberto De Zerbi va Konor Gallaxer «Tottenxem»dagi yangi mavsum, transferlar va jamoada o'rnatilayotgan yangi standartlar haqida gapirib o'tishdi.
🎤 Roberto De Zerbi «Chelsi» kabi klublarga qarshi o'rtoqlik o'yini bo'lmasligi haqida:
«O'rtoqlik o'yini? Bilasizmi, «Chelsi» darajasidagi top-klubga qarshi o'ynaganingizda, bu hech qachon o'rtoqlik o'yini bo'lmaydi».
🎤 Jamoaning mavsumoldi tayyorgarlikdagi asosiy maqsadi haqida:
«Biz ularning jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilyapmiz. Asosiy vazifa — mavsum boshlanishiga eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'rish, Premer-liga boshlanganda esa biz natijalarga erishishga e'tibor qaratamiz».
🎤 Konor Gallaxer yosh futbolchilar uchun standartlar o'rnatishi haqida:
«Yosh futbolchilar nimalarni boshdan kechirayotganini juda yaxshi tushunaman. Maydonda va undan tashqarida standartlarni belgilash, ularga qanchalik professional bo'lish kerakligini ko'rsatish va qo'limdan kelgancha yordam berish uchun bor kuchimni ishlayapman».
🎤 Yangi transferlar haqida:
«Shubhasiz, biz allaqachon bir nechta ajoyib transferlarni amalga oshirdik, bu klub uchun juda yaxshi. Shu bilan birga, ular nafaqat yaxshi futbolchilar, balki ajoyib insonlardir, menimcha, jamoada to'g'ri xarakterga ega odamlar bo'lishi juda muhim.
Bu bizni yanada kuchliroq qiladi. O'tgan mavsumda biz juda og'ir davrni boshdan kechirdik, hozir esa jamoa sifatida yaxshilanishga bo'lgan qat'iyat va istak bilan to'lamiz.
Hamma juda xursand. Umid qilamanki, bu biz uchun haqiqatan ham yaxshi mavsum bo'ladi».
🎤 Asosiy tarkibdagi raqobat haqida:
««Tottenxem» kabi klubda o'ynayotganingizda, agar asosiy tarkib uchun raqobat bo'lmasa, demak, nimadir noto'g'ri. Bu top-klub futbolchisi uchun tabiiy holat».
🎤 Yarim himoyadagi pozitsiyasi haqida:
«Rostini aytsam, murabbiy qayerda aytsa, o'sha yerda o'ynashga tayyorman. O'nlik, sakkizlik yoki tayanch yarim himoyachi — muammo yo'q. Yarim himoyaning istalgan pozitsiyasida o'ynash menga yoqadi.
Oxirgi paytlarda ko'proq o'nlik pozitsiyasida o'ynayapman. Oldinga o'tish yoqimli, u yerda qo'limdan kelgan eng yaxshi ishni qila olaman: yaxshi pressing qilish va jamoani boshqarishga harakat qilish. Umuman olganda, men uchun farqi yo'q».
🎤 De Zerbi unga qanday qilib ishonchni qaytargani haqida:
«O'ylaymanki, futbolda ishonch — bu juda katta narsa va har bir futbolchiga yaxshi o'ynashi uchun bu kerak. Murabbiy mendagi aynan shu narsani tushundi.
Men kerakli darajada o'ynamayotgan edim, lekin u nimalarga qodirligimni bilar edi. Shubhasiz, u «Brayton»da, men esa «Chelsi»da bo'lganimda, bir-birimizga qarshi ko'p o'ynaganmiz. U meni yaxshi futbolchi deb hisoblagan, o'sishim va o'sha ishonchni qaytarishim uchun nima qilish kerakligini bilgan. Menga yordam bergan eng muhim narsa shu».
🎤 De Zerbi qo'l ostidagi yangi bosqich haqida:
«Hozir hamma narsa ancha yoqimli bo'lib qoldi. Bu yangi boshlanish, yangi futbolchilar, yangi o'yin uslubi. Biz barchamiz bir to'lqinda bo'lishimizga, qanday o'ynayotganimizni va murabbiy bizdan nima xohlayotganini tushunishimizga harakat qilyapmiz».
Roberto De Zerbi transfer siyosati, yoshlar akademiyasi, Konor Gallaxer va afsonaviy Franko Barezi haqida fikr bildirdi.
Roberto De Zerbi transferlar uchun sarflanayotgan katta mablag'lar borasidagi bosim haqida:
Hech qanday bosim yo'q. Bir kuni Londonda taksi haydovchisi transfer kampaniyamiz bilan tabriklash uchun meni to'xtatdi. U: "Siz juda ko'p pul sarflayapsiz", dedi.
Men undan: "Qaysi jamoaga muxlislik qilasan?" deb so'radim. U: "Arsenal"ga", deb javob berdi. Men esa: "Ammo sizning klubingiz ham uch-to'rt yildan beri katta mablag' sarflamoqda", dedim.
"Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal" – jadval cho'qqisida qolish uchun ular ham pul sarflashgan.
Agar raqobatlashmoqchi bo'lsangiz, hozir biz top-o'yinchilarni jalb qilishimiz kerak va biz aynan shuni qilyapmiz.
Yosh iqtidorlarni rivojlantirish haqida:
"Tottenxem" kabi klub uchun bu darajamizni saqlab qolishda juda muhim. Chunki Chempionlar ligasi yoki yevrokuboklarda o'ynaganingizda, moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish uchun qaydnomani o'z tarbiyalanuvchilaringiz bilan to'ldirish juda muhim.
Ba'zida odamlar feyr-pley qoidalarini unutib qo'yishadi, ammo akademiyada o'yinchilarni tarbiyalash juda zarur.
Hozir biz uch-to'rt nafar salohiyatli kuchli futbolchilar – Uilyams-Barnett, Xardi va Mur kabi yigitlar bilan ishlayapmiz.
Bu mening ishimning bir qismi va men unga xuddi shunday ishtiyoq, e'tibor va munosabat bilan yondashaman, chunki bu klubning buguni va kelajagi uchun muhim.
Konor Gallaxer haqida:
Men Konorni top-o'yinchi va ajoyib inson deb bilaman. Men uchun yaxshi inson bo'lish yaxshi futbolchi bo'lishdan ham muhimroq, Konor esa ikkalasini ham o'zida mujassam etgan.
Konor optimal formada bo'lganida, biz xuddi maydonda bir kishi ko'proq o'ynayotgandek bo'lamiz, chunki u ikki kishiga teng.
Roberto De Zerbi jarohatlar haqida:
Jeymsda kichik muammo bor. Men tavakkal qilishni istamayman, ayniqsa hozir va ayniqsa uning holatida, o'tgan mavsumdagi jarohatini hisobga olsak.
Xuddi shu narsa Mateus Fernandesga ham tegishli. Hozir tavakkal qilish uchun mos vaqt emas.
Bugun vafot etgan Franko Barezi haqida:
Men "Milan" akademiyasida bo'lganman va 15-16 yoshimda asosiy jamoa bilan ko'p shug'ullanganman.
U ham mening shahrimdan. O'ylaymanki, u dunyodagi eng yaxshi himoyachi edi. Ajoyib sardor, klass futbolchi. Uning vafotidan juda ham afsusdaman.
U faoliyatini juda yosh yakunlagan. "Milan" va Italiya terma jamoasi sardori bo'lgan. Bugun ko'plab o'yinchilar bilan gaplashaman, ular hatto uning o'yinini ko'rishmagan ham. U aqlbovar qilmas darajada edi va balki Maldinidan ham kuchliroq bo'lgan, garchi Maldini ham top, top, top bo'lsa-da.
Roberto De Zerbi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yindan so'ng jamoa o'yini, futbolchilarning holati va kelajakdagi rejalar haqida gapirdi.
🎤 De Zerbi o'yindan so'ng:
Biz yomon o'ynamadik, ammo hujumda yanada yaxshiroq harakat qilishimiz va aqlliroq qarorlar qabul qilishimiz kerak. Uch-to'rt marta gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, lekin oxirgi pallada xatolarga yo'l qo'ydik.
Jamoaning kayfiyatidan juda mamnunman. "Nottingem Forest" uslubiga qaramay, ko'plab to'plarni o'zimizda saqlab qoldik.
Bentankur ajoyib o'yin o'tkazdi. Tonali, Gallaxer va Van de Ven ham juda yaxshi o'ynashdi. Savio va Destini uzoqroq o'ynashi mumkin edi, ammo biz tavakkal qilmaslikka qaror qildik.
Mateush Fernandes haqida: Gallaxer bunday o'yinlarda qanday harakat qilishni yaxshiroq biladi. Ammo Mateush "Tottenxem"da mening qo'l ostimda albatta top-futbolchiga aylanadi.
Mudrik haqida: U hali tayyor emas. Unga vaqt va mehnat kerak. Bizda Matis Tel bor — ikkalasi ham katta kelajakka ega kuchli o'yinchilar, ammo ikkisiga ham qaror qabul qilish borasida o'sish talab etiladi. ⚪️