Roberto De Zerbi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yindan so'ng jamoa o'yini, futbolchilarning holati va kelajakdagi rejalar haqida gapirdi.
🎤 De Zerbi o'yindan so'ng:
Biz yomon o'ynamadik, ammo hujumda yanada yaxshiroq harakat qilishimiz va aqlliroq qarorlar qabul qilishimiz kerak. Uch-to'rt marta gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi, lekin oxirgi pallada xatolarga yo'l qo'ydik.
Jamoaning kayfiyatidan juda mamnunman. "Nottingem Forest" uslubiga qaramay, ko'plab to'plarni o'zimizda saqlab qoldik.
Bentankur ajoyib o'yin o'tkazdi. Tonali, Gallaxer va Van de Ven ham juda yaxshi o'ynashdi. Savio va Destini uzoqroq o'ynashi mumkin edi, ammo biz tavakkal qilmaslikka qaror qildik.
Mateush Fernandes haqida: Gallaxer bunday o'yinlarda qanday harakat qilishni yaxshiroq biladi. Ammo Mateush "Tottenxem"da mening qo'l ostimda albatta top-futbolchiga aylanadi.
Mudrik haqida: U hali tayyor emas. Unga vaqt va mehnat kerak. Bizda Matis Tel bor — ikkalasi ham katta kelajakka ega kuchli o'yinchilar, ammo ikkisiga ham qaror qabul qilish borasida o'sish talab etiladi. ⚪️
Roberto De Zerbi «Liverpul»ga qarshi o'yin, tarkibdagi raqobat hamda yosh iqtidorlar haqida fikr bildirdi.
🎤Roberto De Zerbi «Liverpul» bilan qur'a haqida:
Ajoyib. Bu juda zo'r o'yin bo'ladi. Agar biz turnirda g'olib chiqmoqchi bo'lsak, bunday o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak. Ba'zida musobaqalarda shunday bo'ladiki, eng kuchli jamoalar bilan dastlabki bosqichlardayoq to'qnash kelasan.
Bu futbolchilar, men va klub uchun ajoyib sinov. Biz bu o'yinga o'z futbolimizni ko'rsatishga tayyor holda va o'z kuchimizga to'liq ishongan holda chiqishimiz kerak.
🎤Roberto De Zerbi Mateush Fernandesdan hayratda va Rodrigo Bentankurning bugungi o'yinini maqtadi:
Mateush Fernandes — yana bir iqtidor, katta iqtidor. Biz omadlimiz, chunki u ikki pozitsiyada o'ynay oladi: tayanch yarim himoyachisi yoki o'nlik.
U sifat, dinamika olib kiradi va maydonda kurashadi. O'tgan mavsumda u to'pni olib qo'yish bo'yicha eng yaxshi o'yinchilardan biri edi.
Bugun, menimcha, Rodrigo Bentankur juda yaxshi o'ynadi va u biz uchun juda muhim bo'ladi.
U mavsumni boshqalardan kechroq boshladi, lekin formaga kirganida, u butunlay boshqacha o'yinchi. U o'yinni juda yaxshi tushunadi.
🎤De Zerbi Savio haqida:
U uchun bu ideal kun. Menimcha, uning asosiy qadami va o'sishi — gollar sonini oshirish, chunki o'z sifatlari evaziga u eng yaxshi vingerlardan biri. Ammo eng yaxshi vingerlar ko'p gol urishadi.
Men u bilan gaplashdim. Biz 10–12 ta gol urish maqsadini qo'ydik, chunki vingerlardan shuncha gol kutamiz. O'tgan mavsumda biz bundan juda qiynaldik. Gollar soni biz egallagan o'rindan yuqoriroqqa chiqishimiz uchun yetarli emas edi.
🎤Sandro Tonaliga dam berish rejalashtirilganmidi?
Sandro rejada bor edi — kecha u jismoniy holatini yaxshilash uchun Marko Senesi bilan juda intensiv ishladi. Sandroga jismonan o'zini yaxshiroq his qilishi uchun ishlash kerak, ammo shanba kuni u asosiy tarkibda maydonga tushadi.
🎤Roberto De Zerbi:
Ha, bizga gollar kerak, biz golli vaziyatlar yaratishimiz kerak. Top-klub bo'lish uchun bizga ko'p narsa kerak, shulardan biri — gol urish. Biz maydonning so'nggi 30 metrida hujumda kuchliroq bo'lishimiz kerak. Biz gol urishimiz, darvozaga zarba berishimiz va kombinatsiyalar qilishimiz shart. Bizda juda yaxshi o'yinchilar ko'p va ularning oldida katta maqsad turishi kerak — gol urish va gollar sonini oshirish.
Maydonning har bir pozitsiyasida raqobat bo'ladi va men ko'proq gol uradigan hamda ko'proq vaziyat yarata oladigan o'yinchilarni maydonga tushiraman.
🎤Roberto De Zerbi Miki Murning qolishini istashini, ammo unga o'yin amaliyoti kerakligini tan oldi:
U biz uchun muhim, chunki u akademiyamiz tarbiyalanuvchisi va hozir biz u uchun ham, biz uchun ham eng yaxshi qaror qaysi ekanligini tushunib olishimiz kerak. Men uni olib qolishni istardim, chunki u yosh, lekin yaxshi o'yinchi.
Ammo biz noto'g'ri qaror qabul qila olmaymiz, chunki unga har qanday holatda o'ynash va o'yin amaliyotini to'plash kerak.
Yohan Lange va Vinai bilan birgalikda biz eng yaxshi yechimni topishimiz kerak.
Darren Lyuisning fikricha, Rodrigo Bentankur «Tottenxem»dagi faoliyatini yakunlash arafasida bo'lishi mumkin.
🚨 Darren Lyuisning fikricha, Rodrigo Bentankur faoliyatida yangi bosqichga o'tishga tayyor bo'lishi mumkin.
Uning so'zlariga ko'ra, «Tottenxem»ga yangi yarim himoyachilar kelganidan so'ng, urugvaylik futbolchida klubdagi faoliyati asta-sekin yakuniga yetib borayotgandek tuyg'u paydo bo'lishi mumkin.
Roberto De Zerbi Rodrigo Bentankur va Pape Sarrning yig'inda nima uchun yo'qligini tushuntirdi.
Roberto De Zerbi Rodrigo Bentankur va Pape Sarrni «Tottenxem»ning asosiy o'yinchilari deb atadi va ularning yig'inda ishtirok etmayotganiga izoh berdi.
«Bentankur o'tgan mavsum juda og'ir o'tgani sababli qo'shimcha bir haftalik ta'til so'radi.»
«Pape Sarrda shaxsiy holatlar bor, shuning uchun u ham yana bir hafta dam olishni so'radi. Boshqa hech qanday sabab yo'q.»
Roberto De Zerbi transferlar, yosh futbolchilar va jamoaning yaqin rejalariga to'xtalib o'tdi.
🎤 Roberto De Zerbi hujum chizig'ini kuchaytirish istagi haqida:
Hozirgi maqsadimiz — hujum chizig'ini to'liq shakllantirish. Biz birinchi navbatda yuqori darajadagi futbolchilarni qo'lga kiritmoqchimiz, chunki tarkibimizda allaqachon muhim o'yinchilar bor. Ammo yangi loyihani boshlash uchun bizga yana bir nechta salohiyatli futbolchilar kerak deb hisoblayman.
Eng avvalo, transfer bozoridagi ishimiz hali yakunlanmaganini aytmoqchiman. Uni oxiriga yetkazib, yana bir-ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashimiz kerak. Balki undan ko'proq, lekin kamida ikkita bo'lishi aniq.
🎤 Lukas Bergvallning kelajagi haqida:
Lukas bilan hali gaplashmadim, lekin yaqin kunlarda buni amalga oshiraman. Biz klub, Lukas, o'zim va har birimiz uchun eng maqbul qarorni qabul qilamiz.
Muammo yo'q. Lukas — katta iqtidor egasi. Raqobat jiddiy bo'ladi, chunki har bir pozitsiyada ikkitadan o'yinchi bo'lishi kerak. Agar u qolishni istasa, xursand bo'laman. Aks holda, yangi yechim izlashga to'g'ri keladi...
🎤 Rodrigo Bentankur va Pape Matar Sarr haqida:
Bentankur biz uchun asosiy o'yinchi, Pape Matar Sarr ham shunday. Jahon chempionatida qatnashgan har bir futbolchi uchun alohida qaror qabul qildik. Bentankur mendan yana bir hafta vaqt so'radi, chunki o'tgan mavsum u uchun juda og'ir kechdi.
🎤 Yosh futbolchilarga imkoniyat berish haqida:
Men yosh o'yinchilar bilan ishlashga o'rganganman. Faoliyatim davomida ularning ko'piga o'yin vaqti va imkoniyatlar berganman, lekin ular menga o'ynashga qodir ekanliklarini va haqiqatan ham yaxshi futbolchi ekanliklarini isbotlashlari kerak.
Men hech qachon futbolchining yoshiga qarab ish tutmayman. Sifatiga qarabmi? Ha. Munosabati va xulq-atvoriga qarabmi? Ha. Lekin yoshiga qarab emas.
🎤 Roberto De Zerbi tasdiqlaydi:
• Gulyelmo Vikario kichik jarohati sabab yana bir haftani o'tkazib yuboradi
• Muhammad Kudus safga qaytishga yaqin va jamoa Londonga qaytishi bilan mashg'ulotlarga kirishadi
Roberto De Zerbi shvetsiyalik vinger Deyan Kulusevski jarohatdan tiklanishda davom etayotgani sababli, uning holatini yaqin haftalarda baholashlarini aytdi.
🎤 "Oklend"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida:
Albatta, ular yaxshi jamoa ekanliklarini ko'rsatishni xohlashadi. Ertaga qo'limizdagi eng kuchli tarkibni maydonga tushiramiz.
Yosh futbolchilar ko'p bo'ladi, chunki yaqindagina jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlagan ko'plab o'yinchilarimiz bor. Biz futbolchilarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emasmiz, lekin bu biz uchun jiddiy o'yin.
Biz mavsumoldi tayyorgarlikning boshlang'ich bosqichidamiz. Eng muhimi — jiddiy o'yin o'tkazish va albatta, jarohatlardan qochish, chunki parvoz juda uzoq bo'ldi.
Hozir mavsumning boshlanishi. O'tgan mavsumda ko'p jarohat olgan futbolchilarimiz ko'p, shuning uchun bu o'yinga jiddiy yondashishimiz kerak.
Roberto De Zerbi «Tottenxem»ning o'yin uslubi, tarkib tanlashdagi qiyinchiliklar va Mudrikning holati haqida fikr bildirdi.
Roberto De Zerbi:
Biz yomon o'ynamadik, ammo hujumda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Muhim vaziyatlarda aqlli qarorlar qabul qilish va sarosimaga tushmaslik lozim. Masalan, ikkinchi bo'limda Marmushda imkoniyat bo'lganida, Robertson qanotdan ochilayotgandi, agar biz unga pas berganimizda, Kudus boshqa tomonda butunlay bo'sh qolardi.
Roberto De Zerbi:
Men jamoaning kayfiyatidan juda mamnunman. «Nottingem Forest»ning o'yin uslubi juda tushunarli: uzun paslar va ikkinchi to'p uchun kurash. Ammo hatto shu holatda ham biz ko'plab ikkinchi to'plarni yutib oldik.
Roberto De Zerbi:
Bentankur ajoyib o'yin o'tkazdi. Tonali, Gallaxer va Van de Ven ham juda yaxshi o'ynashdi. Savio va Destini 60 daqiqadan ko'proq o'ynashi mumkin edi, ammo biz shifokorlar bilan tavakkal qilmaslikka kelishib oldik va men ularning qaroriga qarshi chiqmayman.
Roberto De Zerbi Mateush Fernandesh nega asosiy tarkibda tushmagani haqida:
Menda bu stadion nimaligini tushunish uchun yetarlicha tajriba bor. Bu ingliz futboli va Gallaxer bunday o'yinlarda qanday harakat qilishni yaxshiroq biladi. Mateush mening qo'l ostimda «Tottenxem»da albatta top-futbolchiga aylanadi. Ammo menga omad kulib boqqan, chunki menda yaxshi futbolchilar ko'p va men har bir o'yin uchun to'g'ri tarkibni tanlashim kerak.
Roberto De Zerbi «Tottenxem»ning darvoza tomon aniq zarbalari yo'qligi uni xavotirga solganmi degan savolga:
Yo'q. Bizda uch-to'rtta gol urish uchun vaziyatlar bo'ldi. Shunchaki biz oxirgi harakatda xatoga yo'l qo'ydik — shu sababli gol ura olmadik, lekin imkoniyatlar bor edi.
Roberto De Zerbi Mudrikning qaytishi haqida:
U hali tayyor emas. U optimal jismoniy holatiga kelish ustida ishlamoqda. Unga vaqt kerak, unga ishlash kerak. Bu pozitsiyada bizda Matis Tel bor — katta salohiyatga ega. Ammo ikkalasi ham — Tel ham, Mudrik ham juda ko'p noto'g'ri qarorlar qabul qilishmoqda. Shunday ekan, bu katta kelajakka ega ikki kuchli o'yinchi.
Roberto De Zerbi maglubiyatdan so'ng jamoaning o'yini va Lukas Bergvalning harakatlari haqida gapirdi.
🎤 Roberto De Zerbi o'yindan keyingi matbuot anjumanida:
Men hayron qoldim. Bu maglubiyatdan xavotirdaman. Ammo o'tgan mavsumdagi himoya chizig'i bilan joriy mavsumni tahlil qilsak — bizda to'rtta yangi himoyachi, shuningdek, markazda Tonali va Lukas Bergval bor.
🎤 Bergval haqida:
Lukasning asosiy tarkibda maydonga tushishi muhim edi, deb o'ylayman. O'yindan oldin Lukas bunday bahsda ancha tajribali bo'lgan Rodrigo Bentankurga qaraganda ko'proq qiynalishi mumkinligini bilardim, lekin bu klub kelajagi va biz ishlayotgan yo'nalish uchun muhim. Bu oddiy jarayon.
Lukas Bergval, ikkinchi gol. Menimcha, tanaffusda uni almashtirganimga qaramay, bugun u yomon o'ynamadi. Ammo Lukas Bergval yaqin ikki yil ichida o'yinning bunday pallasida to'pni boy bermaydi. Yaxshiroq bo'lish uchun bosqichma-bosqich o'sish kerak.
🎤 Jamoasi haqida:
Bizga vaqt kerak, lekin bugun ko'rsatganimizdan ko'ra ancha yaxshiroq ekanimizga ishonaman. Shunday ekan, chorshanba kunidan boshlab o'z sifatimizni va kimligimizni ko'rsata olamiz. Hatto chorshanba yoki keyingi shanba kuni g'alaba qozonsak ham, jamoa bo'lib shakllanishimiz uchun vaqt talab etiladi.