Roberto De Zerbi: «Tottenham»ga aynan shunday xarakter yetishmayotgan edi»
The Hotspur Way ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 26

Roberto De Zerbi: «Tottenham»ga aynan shunday xarakter yetishmayotgan edi»

Roberto De Zerbi Rodrig Bentankur haqida:

Men Rodrigoni o'pib qo'ydim va unga minnatdorchilik bildirdim. Shubhasiz, bu uning tomonidan xato edi, chunki futbolda bunday munosabat bildirish qabul qilinmagan. Ammo hozir «Tottenxem»ga aynan shunday reaksiya kerak edi.
Ba'zida bunday reaksiyalar xunuk ko'rinadi va jamoaning birlashishiga xizmat qilmaydi. Lekin menga shunday tuyuladiki, aynan o'sha vaziyatda, o'n kishi bo'lib qolganimizda, biz dadilroq va katta energiya bilan o'ynay boshladik, bu esa o'yin borishini o'zgartirishimizga yordam berdi.
Uzoq vaqt davomida «Tottenxem»ga mana shu olov, mana shu xarakter yetishmayotgan edi. Men esa buni ko'rishni istayman. Endi men ushbu jamoa murabbiyiyman va bunday xarakter har bir o'yinda namoyon bo'lishini istayman.
Ikkinchi bo'limda biz nafaqat o'z sifatlarimizni, balki xarakterimizni ham ko'rsatdik. Faqat sifatlarning o'zi o'yinlarda g'alaba qozonish uchun yetarli emas. Agar biz o'z fazilatlarimizga xarakter va to'g'ri energiyani qo'sha olsak, ishonchim komilki, biz ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonamiz va ko'plab gollar uramiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!