#Serxio Buskets — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Eduardo Papa «Bavariya» nishonida

Eduardo Papa «Bavariya» nishonida

«Bavariya» «Kruzeyro»ning 17 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Eduardo Papa bilan qiziqmoqda. Braziliyalik futbolchi uchun 40 million yevro talab qilinmoqda.

⚡ «Bavariya» «Kruzeyro» o'yinchisi va Braziliya yoshlar terma jamoasi iqtidorli futbolchisi Eduardo Papa (17 yosh, markaziy yarim himoyachi) bilan qiziqmoqda.

🔖 O'yinchi «Bavariya» skautlari tomonidan sentyabr/oktyabr oylarida Shveytsariyada o'tkazilgan U18 turnirida jonli kuzatilgan. Uning kuchli tomonlari — o'yinni tushunish, to'pni taqsimlash va to'p bilan muomaladagi xotirjamlik. Ekspertlar uning uslubini Serxio Buskets bilan solishtirishmoqda.

ℹ️ Bir nechta boshqa top-klublar ham qiziqish bildirmoqda. Braziliya OAV xabariga ko'ra, klub o'zining iqtidorli yarim himoyachisi uchun kamida 40 million yevro talab qilmoqda.

📰 Philipp Kessler

Tyerri Anri Rodri haqida fikr bildirdi

Tyerri Anri Rodri haqida fikr bildirdi

Afsonaviy Tyerri Anri Rodrining o'yin uslubini Serxio Busketsga qiyosladi va uning jamoa uchun ahamiyatini ta'kidladi.

Tyerri Anri: «Men hech qachon boshqa Busketsni ko'raman deb o'ylamagandim, lekin Rodri unga juda o'xshaydi.

U bilan jamoa boshqacha. U o'zgacha, buni hammamiz bilamiz. Umid qilamanki, u sog'lom bo'la oladi».
Serxio Buskets "Barselona"ga murabbiy sifatida qaytishi mumkin

Serxio Buskets "Barselona"ga murabbiy sifatida qaytishi mumkin

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlash uchun "Barselona"ga qaytishi mumkin. U "Barsa Atletik"da Juliano Bellettiga yordamchi bo'lishi kutilmoqda.

⚽️ Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlash istagida bo'lgani uchun "Barselona"ga qaytishi mumkin.

U "Barsa Atletik" jamoasida Juliano Belletti yordamchisi sifatida ishlash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Ayni damda Buskets klub rahbariyati bilan mashg'ulotlar bazasida uchrashuv o'tkazmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Serxio Buskets "Barsa Atletik" murabbiylar shtabiga qo'shildi

Serxio Buskets "Barsa Atletik" murabbiylar shtabiga qo'shildi

Serxio Buskets "Barsa Atletik" murabbiylar shtabiga qo'shildi. U Belletti bilan birga ishlaydi va murabbiylik kurslarini o'taydi.

🚨 Rasman: Serxio Buskets "Barsa Atletik" jamoasiga murabbiy yordamchisi sifatida qo'shildi.

U Belletti boshchiligidagi murabbiylar shtabida ish boshlaydi va bir vaqtning o'zida murabbiylik kurslarida tahsil oladi.

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlash uchun «Barselona»ning yoshlar jamoasi – «Barsa Atletik» murabbiylar shtabiga qo'shilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

🚨 Karlos Monfort xabariga ko'ra, Serxio Buskets murabbiylik faoliyatidagi ilk qadamlarini tashlamoqchi va shu maqsadda «Barselona» bilan muzokaralar o'tkazgan. U «Barsa Atletik» murabbiylar shtabiga qo'shilishni rejalashtirmoqda.

Busketsning maqsadi – murabbiylar shtabi ishini ichkaridan o'rganish va kundalik jarayonlar bilan yaqindan tanishish.

Hozircha unda bosh murabbiy sifatida ishlash uchun zarur bo'lgan litsenziya yo'q, biroq u Belletti bilan birga amaliyot o'tash, jamoaning kundalik mashg'ulotlarida qatnashish va «Barsa» kabi klub murabbiylar shtabi qanday ishlashini bevosita kuzatishni istamoqda.