Lamin Yamal: «Bir kuni meni terma jamoadan uch haftaga chetlatishgan, chunki biz bolalarcha ahmoqliklar qilgandik. Bir kuni mashg'ulotga chiqayotganimda, Busi meni to'xtatib, «Terma jamoada nima qilib qo'yding?» deb so'radi. U juda jiddiy gapirardi, men esa hali bola edim va juda qo'rqib ketdim.
Men unga vaziyatni tushuntirib berdim, u esa shunday dedi: «Endi sen «Barsa»dasan, hamma kimligingni biladi va qanday futbolchi bo'lishingdan qat'i nazar, o'zingni munosib tutishing kerak». O'sha lahzadan boshlab men avvalgi hayotimni butunlay yig'ishtirdim va o'zimni to'liq futbolga bag'ishladim. Men hech qayerga bormadim, faqat mashg'ulot o'tkazdim, o'ynadim, dam oldim, onamnikiga bordim va shunday davom etdi — futbol, futbol va yana futbol».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!