#Juliano Belletti — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ispaniya futbol federatsiyasi "Barsa Atletik"ning o'yinni ko'chirish haqidagi iltimosini rad etdi

Ispaniya futbol federatsiyasi "Barsa Atletik"ning o'yinni ko'chirish haqidagi iltimosini rad etdi

Ispaniya futbol federatsiyasi "Barsa Atletik"ning "Jirona B"ga qarshi o'yinini ko'chirish iltimosini rad etdi. Klub vaziyatdan norozi.

❌ Ispaniya futbol federatsiyasi "Barselona"ning "Barsa Atletik" — "Jirona B" uchrashuvini ko'chirish haqidagi iltimosini rad etdi.

Juliano Belletti ixtiyorida "Barsa Atletik"da ro'yxatdan o'tgan atigi 10 nafar futbolchi bor. Ularning ba'zilari endigina jarohatdan forig' bo'lgan yoki 90 daqiqa o'ynash uchun yetarlicha o'yin amaliyotiga ega emas. Jamoa esa maydonda quyi toifalardan bo'lmagan 7 nafar futbolchiga ega bo'lishi shart.

Ashraf Ben Ayad (🌕): "Barselona"da o'yin qoldirilmaganidan juda norozi bo'lishmoqda.
Serxio Buskets "Barselona"ga murabbiy sifatida qaytishi mumkin

Serxio Buskets "Barselona"ga murabbiy sifatida qaytishi mumkin

Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlash uchun "Barselona"ga qaytishi mumkin. U "Barsa Atletik"da Juliano Bellettiga yordamchi bo'lishi kutilmoqda.

⚽️ Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlash istagida bo'lgani uchun "Barselona"ga qaytishi mumkin.

U "Barsa Atletik" jamoasida Juliano Belletti yordamchisi sifatida ishlash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Ayni damda Buskets klub rahbariyati bilan mashg'ulotlar bazasida uchrashuv o'tkazmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Serxio Buskets "Barsa Atletik" murabbiylar shtabiga qo'shildi

Serxio Buskets "Barsa Atletik" murabbiylar shtabiga qo'shildi

Serxio Buskets "Barsa Atletik" murabbiylar shtabiga qo'shildi. U Belletti bilan birga ishlaydi va murabbiylik kurslarini o'taydi.

🚨 Rasman: Serxio Buskets "Barsa Atletik" jamoasiga murabbiy yordamchisi sifatida qo'shildi.

U Belletti boshchiligidagi murabbiylar shtabida ish boshlaydi va bir vaqtning o'zida murabbiylik kurslarida tahsil oladi.