#Ashraf Ben Ayad — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ashraf Ben Ayad: Hansi Flik natijaga ko'proq e'tibor qaratishi kerak

Ashraf Ben Ayad: Hansi Flik natijaga ko'proq e'tibor qaratishi kerak

Jurnalist Ashraf Ben Ayad Hansi Flikni «Barselona» o'yinida natijaga ko'proq urg'u berishga chaqirdi.

🎙 Ashraf Ben Ayad:

Hatto Luis Enrike ham g'alaba uchun o'z prinsiplaridan voz kechish kerak bo'lgan paytni tushunardi. Xansi Flik ham shundan o'rganishi kerak.
«Barselona» hujumkor futboldan voz kechishi shart emas, ammo Chempionlar ligasining hal qiluvchi pallalarida ustunlikni saqlab qolish ba'zida yana bitta gol urishdan muhimroq bo'ladi.
Agar jamoa yana turnirdan chiqib ketadigan bo'lsa, chiroyli o'yinning ma'nosi qolmaydi. Chiroyli mag'lubiyatlardan ko'ra natijani birinchi o'ringa qo'yadigan vaqt keldi.
Barselona Marokashda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin

Barselona Marokashda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin

Ashraf Ben Ayad xabariga ko'ra, «Barselona» Marokashda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ashraf Ben Ayad xabariga ko'ra, «Barselona» Marokashda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. O'yin Tanjer shahrida bo'lib o'tishi mumkin. Yakuniy qaror yaqin kunlar ichida qabul qilinadi.

14 yoki 15-avgust sanalari ko'rib chiqilmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Ispaniya futbol federatsiyasi "Barsa Atletik"ning o'yinni ko'chirish haqidagi iltimosini rad etdi

Ispaniya futbol federatsiyasi "Barsa Atletik"ning o'yinni ko'chirish haqidagi iltimosini rad etdi

Ispaniya futbol federatsiyasi "Barsa Atletik"ning "Jirona B"ga qarshi o'yinini ko'chirish iltimosini rad etdi. Klub vaziyatdan norozi.

❌ Ispaniya futbol federatsiyasi "Barselona"ning "Barsa Atletik" — "Jirona B" uchrashuvini ko'chirish haqidagi iltimosini rad etdi.

Juliano Belletti ixtiyorida "Barsa Atletik"da ro'yxatdan o'tgan atigi 10 nafar futbolchi bor. Ularning ba'zilari endigina jarohatdan forig' bo'lgan yoki 90 daqiqa o'ynash uchun yetarlicha o'yin amaliyotiga ega emas. Jamoa esa maydonda quyi toifalardan bo'lmagan 7 nafar futbolchiga ega bo'lishi shart.

Ashraf Ben Ayad (🌕): "Barselona"da o'yin qoldirilmaganidan juda norozi bo'lishmoqda.
Barselona himoyani kuchaytirish ustida ishlamoqda

Barselona himoyani kuchaytirish ustida ishlamoqda

Ashraf Ben Ayad xabariga ko'ra, «Barselona» himoya chizig'ini kuchaytirish ustida ishlamoqda va yosh himoyachi Kortesga ishonch bildirish variantini ko'rib chiqmoqda.

Ashraf Ben Ayad xabariga ko'ra, «Barselona» klubi tarkibni, xususan himoya chizig'ini kuchaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqishda davom etmoqda. Shuningdek, klub rahbariyati himoyada Kortesga ishonch bildirish variantini ham ko'rib chiqmoqda.