Xose Alvares (🌗): Madridda Deku uchta dan ortiq uchrashuv o'tkazdi, bu nafaqat Xulian masalasi, balki shaxsiy ishlar bilan ham bog'liq.
Xulian bilan bog'liq vaziyat o'zgarishsiz qolmoqda. Xulian «Atletiko»dan ketishni istaydi, klub esa hozircha uni sotishni xohlamayapti. O'zgargan narsa shuki, Xulian 10-avgustni kutmoqda. U Simeone hamda Xil Marin bilan gaplashib, vaziyatni tushuntirib qo'ymoqchi. Nega? Chunki Xulian hafsalasi pir bo'lgan. Fevral oyida unga ketishiga ruxsat berishlarini va'da qilishgandi, ammo hozircha bu va'da bajarilmadi, shu sababli u Jahon chempionatida bu haqda gapirishga qaror qildi.
«Barsa» bilan bog'liq vaziyat ham o'sha-o'sha: 100 millionlik taklif stol ustida turibdi. Klub «Atletiko» 10-avgustdan keyin muzokaralar uchun eshikni ochishini kutmoqda.
Ferran Torres mavzusi: hozircha u «Barselona»ga ketishni xohlayotgani haqida xabar bermadi. Agar u shunday qilsa, «Barsa» hujumchi izlaydi. Ammo Ferran qolsa, klub boshqa o'yinchi qidirmaydi. Xulian hamon Deku va Flik uchun ustuvor maqsad bo'lib qolmoqda va bu mavzu «qaynoq»ligicha qolmoqda.
Deku Madridda bir nechta uchrashuvlardan so'ng qaytmoqda, bu nafaqat Xulian bo'yicha, balki professional va shaxsiy xarakterdagi bir qator uchrashuvlar edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!