Frenki de Yong mashg'ulotlarni boshladi
Frenki de Yong to'p bilan mashg'ulotlarni boshladi. Uning holati yaxshilanmoqda, ammo umumiy guruhga qaytish uchun hali vaqt kerak.
Karlos Monfort (🌖): Frenki de Yong allaqachon to'p bilan ishlashni boshladi va so'nggi kunlarda uning holati sezilarli darajada yaxshilandi.
Niderlandiyalik futbolchi maydonda yakka tartibda, o'rtacha intensivlikda shug'ullanmoqda va yuklamani bosqichma-bosqich oshirib bormoqda. Biroq, u jamoadoshlari bilan umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazishi uchun hali vaqt bor.
Xalqaro tanaffus yakunlangach, murabbiylar shtabi va tibbiyot xodimlari Frenkining holatini baholashadi va shundan keyingina uning safga qaytish sanasini aniqroq belgilashlari mumkin bo'ladi.