«Barselona» futbolkalarida Tyler, The Creator logotipi paydo bo'lishi mumkin
«Barselona» 25-oktabr kuni bo'lib o'tadigan El-Klasikoda futbolkalarida amerikalik reper Tyler, The Creator brendi logotipidan foydalanishi mumkin.
Karlos Monfort xabariga ko'ra, Tyler, The Creator 25-oktabr kuni bo'lib o'tadigan El-Klasikoda «Barselona» futbolkasida o'z logotipini joylashtirish uchun jiddiy nomzod hisoblanadi.
Kelishuv ilg'or bosqichda, garchi hali yakuniy rasmiylashtirilmagan bo'lsa-da, ba'zi tafsilotlarni kelishib olish kerak.
So'nggi bir necha hafta ichida boshqa variantlar ham ko'rib chiqilgan, ammo amerikalik reper variantlari ommalashib, yakunda asosiy nomzodga aylandi.
Agar kelishuv yakunlansa, futbolkaning old qismida «GOLF» so'zi paydo bo'lishi kutilmoqda, bu Tayler tomonidan yaratilgan GOLF WANG kiyim brendiga ishora hisoblanadi.