Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, Bisiu La Ligada o'ynash uchun ruxsat oldi va Flik uni navbatdagi o'yin qaydnomasiga kiritishi mumkin.
Serxi Kapdevilya (🌖): Bisiu La Ligada o'ynash uchun zarur bo'lgan byurokratik ruxsatni oldi, shu sababli Flik uni chempionatning navbatdagi o'yini uchun qaydnomaga kiritishi mumkin.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, Barselona va Inter klublari Balde hamda Dimarko almashinuvi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
🚨 Serxi Kapdevilya (🌖): «Barsa» va «Inter» bir necha kundan buyon Balde hamda Dimarko almashinuvi ustida ishlamoqda.
Juda murakkab operatsiya va hozircha «Inter» bunga rozilik bermayapti.
«Barselona» ushbu almashinuv uchun «Inter»ga ma'lum miqdorda pul to'lashga tayyor.
Balde La Ligada bir daqiqa ham maydonga tushmadi va u uchun ketish varianti izlanmoqda. «Barsa»da uni faqatgina maoshini ko'tara oladigan va asosiy sovrinlar uchun kurasha oladigan top-klubga o'tishga ko'ndirish mumkin deb hisoblashadi.
Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, «Barselona» Xavi Espart va Brayan Farinyas bilan shartnomalarni uzaytirmoqchi.
Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya (🌖) xabariga ko'ra, «Barselona» transfer oynasi yopilgandan so'ng Xavi Espart bilan shartnomani uzaytiradi.
Shuningdek, Brayan Farinyas bilan ham shartnomani uzaytirish va uning shartlarini yaxshilash bo'yicha muzokaralar boshlangan. Klubning rejasi o'zgarishsiz qolmoqda: futbolchi asosiy jamoada qolishi kerak. ❤️
Tommi Markes "Braga"ga o'tmoqda. Transfer summasi 11 million yevroni tashkil qiladi.
✈️ Jerar Romero: Tommi Markes bugun "Braga" bilan shartnoma imzolash uchun Bragaga jo'nab ketmoqda.
Juli Klaramunt: Transferning qat'iy summasi 11 million yevroni tashkil qiladi.
Serxi Kapdevilya: Dastlab klub Tommini qo'yib yuborishni rejalashtirmagan edi. Unga Kasado ketganidan so'ng asosiy tarkibga kirish uchun real imkoniyatlari borligi aytilgandi. Ammo Rodri keldi va yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish hamda tarkibga qo'shish bo'yicha moliyaviy ehtiyoj ustunlik qildi. Uning agentiga o'tish variantlarini izlash topshirildi. 11 million va nazoratni saqlab qolish — bu foydali bitim.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, Xansi Flik tajribali va yetakchi futbolchi sifatida Rodrini jamoada ko'rmoqchi.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, Xansi Flik klub rahbariyatidan tajriba va yetakchilik fazilatlariga ega bo'lgan futbolchilarni jalb qilishni so'ragan. Bu Levandovski va Arauxo ketganidan so'ng yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldirish uchun zarur.
Aynan shu omil Flikning Rodri transferiga rozilik berishiga sabab bo'ldi. Murabbiy Rodrini nafaqat o'yin sifati, balki tajribasi va yetakchilik qobiliyati uchun ham yuqori baholaydi. Flik ayniqsa Chempionlar ligasi va mavsumning hal qiluvchi pallalarida o'yin taqdirini o'zgartira oladigan futbolchi kerakligini tushunib turibdi. Flik tashabbus ko'rsatib, Rodriga shaxsan qo'ng'iroq qilgan va unga loyihaning tafsilotlari haqida gapirib bergan.
Hozirgi tarkibda faqat Shensni 30 yoshdan oshgan. U ijobiy muhit yaratishga yordam bersa-da, yetakchi hisoblanmaydi. Joau Kanselu ham yordam bera olishi mumkin.
Frenki de Yong jarohat olgani sababli, sardorlar ro'yxatida o'zgarishlar bo'ladi. Rafinya birinchi sardorga aylanadi, Pedri ikkinchi, ulardan keyin esa Gavi va Erik Garsiya sardorlik vazifasini bajarishi mumkin.
Brayan Farinyas «Barselona»da qoladi va Hans-Diter Flik qo'l ostidagi asosiy jamoa tarkibida o'ynaydi.
Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya (🌖) xabariga ko'ra, Brayan Farinyas «Barselona»da qoladi va Hans-Diter Flik qo'l ostidagi asosiy jamoada o'ynaydi.
«Barselona» allaqachon futbolchining o'ziga ham, uning vakillariga ham ushbu qaror haqida rasman ma'lum qildi. Ham Flik, ham Deku boshchiligidagi sport bo'limi futbolchining mashg'ulotlardagi natijalari va sifatidan juda mamnun. Agar kutilmagan o'zgarishlar yuz bermasa, u jamoada qoladi.
Jofre Torrentsning «Ayaks»ga transferi tafsilotlari ma'lum bo'ldi. «Barselona» futbolchini qaytarib sotib olish huquqini saqlab qoladi.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, Jofre Torrentsning transfer summasi bonuslar bilan birga 6 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Bundan tashqari, «Barsa» futbolchini qaytarib sotib olish huquqini va kelajakdagi sotuvdan 50 foiz ulushni saqlab qoladi.
Himoyachi Gollandiya klubi bilan 2030-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
«Barsa»da «Ayaks»ni o'yin uslubi va klublar o'rtasidagi yaxshi munosabatlar tufayli ideal manzil deb hisoblashadi. Mitchelning u yerda ekani ham muhim omil sifatida qaralmoqda.
Serxi Kapdevelya xabariga ko'ra, Barselona Meyson Grinvud transferi variantidan voz kechdi va boshqa futbolchilarga e'tibor qaratdi.
⚽️ Serxi Kapdevelya xabariga ko'ra:
🤫 So'nggi oylarda sport bo'limi tomonidan o'rganilgan ko'plab nomzodlar orasida Meyson Grinvud ham bor edi.
❌ Yakunda qanot hujumini kuchaytirish uchun Barselona Karim Adeyemi va Entoni Gordon variantlariga urg'u berdi. Grinvud klubga yoqqan variantlardan biri edi, biroq qiziqish dastlabki o'rganish bosqichidan nariga o'tmadi va uning nomzodi yakuniy ro'yxatdan chiqarib tashlandi.
Jyul Kunde o'z formasini tiklash va tarkibdagi o'rnini mustahkamlash uchun jamoa mashg'ulotlaridan keyin ham qo'shimcha ishlamoqda.
🚨 Serxi Kapdevilya (🌖): So'nggi vaqtlarda Jyul Kunde jamoa bilan mashg'ulotlar yakunlangandan keyin ham qolmoqda. Uning jamoadoshlari sport shaharchasini tark etganda, fransiyalik futbolchi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar va klub fizioterapevtlari bilan birga ishlashda davom etmoqda.
Maqsad aniq: o'zining eng yaxshi formasini qaytarish va tarkibda yana o'z o'rnini mustahkamlash. Kunde o'z holatini juda yaxshi tushunib turibdi va bunga javoban yanada qattiqroq mehnat qilmoqda. Sport zalidagi mashaqqatli mashg'ulotlardan tashqari, u sport shaharchasidagi mashg'ulot kunlarini ham uzaytirmoqda. ❤️
Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, «Venetsiya» Toni Fernandesni o'z safiga qo'shib olishga eng yaqin klub bo'lib turibdi.
🚨 Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya (🌖): «Venetsiya» Toni Fernandesni o'z safiga qo'shib olishga eng yaqin nomzod bo'lib turibdi. Tomonlar kelishuvni bugunoq yakunlashi mumkin.
Boshqa variantlar ham mavjud, jumladan Italiya, Angliya va Germaniyadan takliflar bor. Ammo «Venetsiya» uni qo'lga kiritishga eng yaqin klub. Italiyaliklar ambitsiyali loyihaga ega va ular Toni hamda Niko Pas o'rtasida ko'plab o'xshashliklarni ko'rishmoqda.
«Barsa»ning g'oyasi Tonini sotish va shartnomaga uni qaytarib sotib olish huquqini kiritishdan iborat.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, «Barselona» Niko Gonsalesning «Nyukasl»ga transferidan taxminan 2 million yevro ishlab oladi.
Serxi Kapdevilya (🌖) xabariga ko'ra, «Barselona» Niko Gonsalesning «Nyukasl»ga transferi amalga oshgach, birdamlik mexanizmi (mexanizm solidarnosti) asosida taxminan 4 foiz ulush oladi. Bu taxminan 2 million yevroni tashkil qiladi. Klubdagi manbalar ushbu ma'lumotni tasdiqlamoqda.
Runi uchun kurashgan klublar ro'yxati ma'lum bo'ldi. Futbolchi jarohatiga qaramay, reabilitatsiya jarayoniga ijobiy yondashmoqda.
Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya (🌖) xabariga ko'ra, Runi uchun kurashda "Valensiya", "Yuventus", "Marsel", "Ayaks", "Lill", "Aston Villa" va "Milan" klublari faol harakat qilgan.
Ushbu klublarning barchasi futbolchiga nisbatan juda yuqori darajada qiziqish bildirgan. Ularning ayrimlari o'yinchini ijaraga olmoqchi bo'lgan bo'lsa, boshqalari to'liq transfer huquqini sotib olishga tayyor edi.
Jiddiy jarohat olganiga qaramay, futbolchi ijobiy kayfiyatda. Oldingi tajribasi unga uzoq davom etadigan reabilitatsiya jarayonini ishonch bilan kutib olishga yordam beradi. Runi klub tibbiyot xodimlarining to'liq ko'magidan foydalanadi, ular o'yinchining to'liq tiklanishini ta'minlaydi.
Roony Bardghji mashg'ulot vaqtida jarohat oldi. Futbolchida tizza xochsimon boylamlari uzilishi gumon qilinmoqda.
🚨 Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, Roony Bardghji bugungi mashg'ulotda jarohat olib maydonni tark etdi. Futbolchida tizza xochsimon boylamlari uzilishi gumon qilinmoqda. Ayni damda tibbiy ko'rik natijalari kutilmoqda.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, «Barselona» Alvaro Kortezni 2026/27-yilgi mavsumda jamoaning asosiy tarkibida olib qolishni rejalashtirmoqda.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, «Barselona» Alvaro Kortezni 2026/27-yilgi mavsumda jamoaning asosiy tarkibida olib qolishni rejalashtirmoqda.
Transfer oynasi yopilishiga hali vaqt bor va vaziyat o'zgarishi mumkin, ammo ham «Barselona», ham Flik 21 yoshli himoyachining o'yinidan mamnun. Kortezning «Barsa»da qolishi ehtimoli juda yuqori.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, «Barsa» Lukas Xerringtonni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan, ammo «Xall Siti» futbolchi uchun 23 milliondan ortiq to'laydi.
Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, «Barsa» Lukas Xerringtonni qo'lga kiritishga uringan, ammo «Kolorado Repids» 10 milliondan kam bo'lgan dastlabki taklifga rozi bo'lmagan. Klub vakillari hatto AQShga borib, o'yinchini kuzatishgan.
«Barsa» Lukas Xerringtonni qo'lga kiritishga uringan, ammo «Kolorado Repids» 10 milliondan kam bo'lgan dastlabki taklifga rozi bo'lmagan.
Yakunda «Xall Siti» futbolchi uchun 23 milliondan ortiq mablag' to'laydi. «Barsa» savdolarda qatnashishni va ortiqcha pul to'lashni istamadi.