Toni Fernandes «Venetsiya»ga o'tishga yaqin
Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya xabariga ko'ra, «Venetsiya» Toni Fernandesni o'z safiga qo'shib olishga eng yaqin klub bo'lib turibdi.
🚨 Karlos Monfort va Serxi Kapdevilya (🌖): «Venetsiya» Toni Fernandesni o'z safiga qo'shib olishga eng yaqin nomzod bo'lib turibdi. Tomonlar kelishuvni bugunoq yakunlashi mumkin.
Boshqa variantlar ham mavjud, jumladan Italiya, Angliya va Germaniyadan takliflar bor. Ammo «Venetsiya» uni qo'lga kiritishga eng yaqin klub. Italiyaliklar ambitsiyali loyihaga ega va ular Toni hamda Niko Pas o'rtasida ko'plab o'xshashliklarni ko'rishmoqda.
«Barsa»ning g'oyasi Tonini sotish va shartnomaga uni qaytarib sotib olish huquqini kiritishdan iborat.