Jules Kounde va Pau Cubarsi mashg'ulotlarga qaytdi
Jules Kounde va Pau Kubarsi mashg'ulotlarga qisman qaytishdi. Ularning navbatdagi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida.
Karlos Monfort (🌖): Jyul Kunde bugun mashg'ulotlarning bir qismini jamoa bilan birga o'tkazdi.
Kundening «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda ishtirok etishi hozircha kafolatlanmagan. Fransiyalik futbolchida yuklamani bosqichma-bosqich oshirish va yakshanba kuniga qadar tayyor bo'lishini ko'rish uchun uch kun vaqt bor. Murabbiylar shtabi keraksiz tavakkal qilishni istamayapti.
Aleks Pintanel (🌖): Pau Kubarsi ham mashg'ulotlarning bir qismini jamoa bilan birga o'tkazdi.