Dani Olmo «Barselona»da qolishni istamoqda
Barca Family News ↗ ●●●●○ Transfer 👁 25

Dani Olmo «Barselona»da qolishni istamoqda

Karlos Monfort (🌖): Deku kecha Dani Olmo agenti bilan uchrashuv o'tkazdi. Maqsad — vaziyatni tahlil qilish va har ikki tomonning niyatlari haqida birinchi qo'ldan ma'lumot olish edi.

«Bavariya» Olmoni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Maks Eberl («Bavariya» sport direktori) futbolchining katta muxlisi hisoblanadi. Biroq, hozirgi vaqtda Olmo bo'yicha rasmiy takliflar yo'q va yaqin kelajakda ham kutilmayapti.

Bugungi kunda Olmoning «Barsa»dan ketishi dargumon. «Barsa» uning transferini ko'rib chiqishi uchun juda foydali moliyaviy taklif olishi kerak. Qolaversa, Olmo «Barsa»dan ketishni istamayapti. U asosiy tarkibda qolib, o'z o'rni uchun kurashish niyatida.

Deku va futbolchining agenti uning o'yinlari hamda kelajakdagi istiqbollari bo'yicha fikr almashishdi. «Barsa» tomonidan futbolchiga xotirjamlik va uning mahoratiga bo'lgan ishonch bildirildi. ❤️

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!