Barselona markaziy himoyachi izlamoqda
Barca Family News ↗ ●●●●○ Transfer 👁 21

Barselona markaziy himoyachi izlamoqda

Karlos Monfort xabariga ko'ra, Deku va Joau Amaral bir necha kundan buyon markaziy himoyachini jamoaga jalb qilish ustida ishlamoqda.

Ular turli variantlarni ko'rib chiqishdi, ammo bir nomzod ularda katta taassurot qoldirdi va Barselona ushbu futbolchi ustida bir muncha vaqtdan beri ishlamoqda. Deku va Amaral yosh o'yinchi e'tibor qaratishgan bo'lsa, demak, buning ortida jiddiy skautlik ishlari va futbolchining salohiyatiga bo'lgan ishonch turibdi.

Ular yoqtirib qolgan markaziy himoyachi deyarli barcha kerakli sifatlarga ega: yosh, chap oyoqda o'ynaydi, uzatmalari aniq va raqib chiziqlarini yorib o'tish qobiliyatiga ega.

Klubda ushbu profilga nisbatan qat'iy ishonch mavjud va ular bu futbolchi jamoaning mazkur pozitsiyadagi ehtiyojini qondira olishiga ishonishmoqda. ❤️

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!