Karlos Monfort (🌖): Deku kecha Jyul Kundening agenti bilan tushlik qildi. Bu norasmiy uchrashuv bo'lib, unda tomonlar himoyachining hozirgi holati bo'yicha fikr almashishdi.
Kunde yaqinlarining ta'kidlashicha, uchrashuvda futbolchining o'sishi, uning jamoadagi roli va tiklanish jarayoni muhokama qilingan. Fransiyalik futbolchining atrofidagilar uchrashuv davomida transfer yoki futbolchi bo'yicha takliflar ko'rib chiqilganini qat'iyan rad etishmoqda.
Klubga yaqin manbalarning tan olishicha, fransiyalik futbolchining so'nggi oylardagi o'yini rahbariyatda shubha uyg'otgan. Shunga qaramay, «Barsa» himoyachining jamoaga qo'shgan hissasini hamon yuqori baholaydi. Klub agar futbolchining qiymatiga mos keladigan jiddiy moliyaviy taklif tushsa, vaziyatni tahlil qilib ko'rishini istisno etmaydi.
Ammo hozirgi vaqtda futbolchining ketishi masalasi ko'tarilgani yo'q. Ayni paytda Kunde imkon qadar tezroq safga qaytish va o'zining eng yaxshi darajasini namoyish etishga e'tibor qaratgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!