#Lyuk Shou — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Pol Skoulz Patrik Dorguning o'yinini tanqid qildi

Pol Skoulz Patrik Dorguning o'yinini tanqid qildi

Pol Skoulz Patrik Dorguning o'yinini tanqid qilib, «Manchester Yunayted»ga qishki transfer oynasida yangi qanot himoyachilari kerakligini ta'kidladi.

🗣️ Pol Skoulz Patrik Dorguning «Siti»ga qarshi o'yini haqida:

«Bugungi o'yindan so'ng, Maykl Kerrik nima uchun Dorgu o'rniga doim Lyuk Shouga ishonch bildirayotganini tushundim.

Dorgu ham hujumning chap qanotida, ham chap qanot himoyachisi pozitsiyasida dahshatli o'yin ko'rsatmoqda. Ishonchim komilki, Garri Amass bugun u yerda Dorgudan ko'ra ancha yaxshiroq harakat qilgan bo'lardi.

Yanvar oyida «Manchester Yunayted» sifatli qanot himoyachilari uchun pul sarflashi kerak, aks holda klub butunlay izdan chiqadi».
Pol Skoulz: «Lyuk Shou Maykl Olise bilan kurashish uchun yetarlicha tajribaga ega»

Pol Skoulz: «Lyuk Shou Maykl Olise bilan kurashish uchun yetarlicha tajribaga ega»

Pol Skoulz «Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou «Bavariya»ga qarshi o'yinda Maykl Oliseni to'xtata olishiga ishonch bildirdi.

Pol Skoulz «Bavariya»ga qarshi o'yinda Lyuk Shou va Maykl Olise qarama-qarshiligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

«Manchester Yunayted» chap qanotdagi muammoni transfer oynasi yopilgunga qadar hal qilishi kerak edi. Himoyani qayta qurish hali ham zarur, ammo hozir bor bo'lgan o'yinchilar bilan ishlash kerak.

Shou yuqori saviyadagi futbolchi va u Olise bilan kurashish uchun yetarlicha tajribaga ega. Kerrikka esa jamoani to'g'ri tayyorlash qoladi.

Dorgu pozitsiyasini o'zgartirdi va himoyaning chap qanotiga osonlikcha qayta olishi dargumon. Shu sababli, Shou asosiy tarkibda qolishi kerak».

O'ng ustun yangiliklari

Luke Shaw Manchester United'ni tark etishi mumkin

Luke Shaw Manchester United'ni tark etishi mumkin

Natan Soltning xabar berishicha, Lyuk Shou 2027-yil yozida «Manchester Yunayted»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

🗣️ Natan Solt, Daily Mail:

«Hozircha Lyuk Shou joriy mavsumdan keyin «Manchester Yunayted»da qolishiga hech qanday ishora yo'q.

2027-yilning yozida himoyachi klubdan erkin agent sifatida ketishi mumkin».

Lyuk Shou: «Biz APLda g'alaba qozona olamiz»

Lyuk Shou: «Biz APLda g'alaba qozona olamiz»

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou jamoaning chempionlik imkoniyatlari va tarkibni kuchaytirish zarurati haqida gapirdi.

🗣️ Lyuk Shou:

«Biz APLda g'alaba qozona olishimizga ishonamiz.

Tarkibga yana bir nechta yangi futbolchilar qo'shilishiga aminman. Jamoani kuchliroq qilish uchun bu juda zarur».