The Oldham Times nashri Lyuk Shou haqidagi shov-shuvli xabarni o'chirib tashladi
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●● Umumiy 👁 39

The Oldham Times nashri Lyuk Shou haqidagi shov-shuvli xabarni o'chirib tashladi

🤠 Bugun ertalab The Oldham Times nashri quyidagi sarlavhani e'lon qildi: «Lyuk Shou Rochdeylda ayolni bo'g'ishda ayblanmoqda, sud sanasi belgilandi».

Kutilmaganda, ammo gap «Manchester Yunayted» o'yinchisi haqida ketmayapti. Bu butunlay boshqa inson. Tahririyat bu haqda juda yaxshi bilgan va maqola oxirida izoh qoldirgan («Bu voqea «Manchester Yunayted» o'yinchisi Lyuk Shouga aloqador emas»), ammo shunga qaramay, klik yig'ish uchun ismni tvit va sarlavhaga olib chiqqan.

Kuchli tanqidlar to'lqinidan so'ng, ular postni o'chirib tashlashdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!