#Matteys de Ligt — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Anneki Molenaar: Matteys de Ligt bilan ajralish yurak operatsiyasiga o'xshardi

Anneki Molenaar: Matteys de Ligt bilan ajralish yurak operatsiyasiga o'xshardi

Matteys de Ligtning sobiq turmush o'rtog'i Anneki Molenaar ularning ajrashuvi haqida ilk bor ochiq fikr bildirdi.

Anneki Molenaar, Matteys de Ligtning sobiq turmush o'rtog'i, ilk bor ularning ajrashuvi haqida ochiq gapirdi. U bu davrni haqiqiy do'zax deb atadi va ajralish qanchalik og'riqli bo'lganini tan oldi:

«Tuyg'ularimga ko'ra, bu xuddi ochiq yurakdagi operatsiyaga o'xshardi. O'sha paytda o'zimni shunchalik himoyasiz, yarador va ojiz his qilganman.

Munosabatlarimiz davomida ko'plab go'zal lahzalarni boshdan kechirdik, ammo bir nuqtada ikkalamiz ham o'rtamizdagi romantik tuyg'ular so'nganini angladik.

Ajrashganimizga qaramay, men va Matteys o'rtasida hamon juda ko'p muhabbat qolgan».

Matteys de Ligt safga qaytishga yaqin

Matteys de Ligt safga qaytishga yaqin

Matteys de Ligt mashg'ulotlarga qaytdi va yaqin orada maydonga tushishi kutilmoqda. Himoyachi «Lozanna»ga qarshi o'yinda ishtirok etdi.

Matteys de Ligt to'liq mashg'ulotlarga qaytganidan so'ng yaxshi ko'rinish bermoqda va uzoq kutilgan safga qaytishga yaqin turibdi.

Shanba kuni 27 yoshli himoyachi «Lozanna»ga qarshi yopiq eshiklar ortidagi o'yinda ishtirok etdi. Uning qaytishi Karrik jamoasi uchun jiddiy turtki bo'lishi mumkin.

Matteys de Ligt tiklanish jarayonini davom ettirmoqda

Matteys de Ligt tiklanish jarayonini davom ettirmoqda

Manchester Yunayted himoyachisi Matteys de Ligt operatsiyadan so'ng tiklanish jarayonini individual dastur asosida davom ettirmoqda.

🗣️ Tayron Marshall:

Manchester Yunayted e'lon qilgan suratlarda Matteys de Ligt ko'rinmagan edi, ammo markaziy himoyachi Karrington bazasiga qaytgan va belidagi operatsiyadan so'ng tiklanishni davom ettirish uchun individual dastur asosida shug'ullanmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Matteys de Ligt faoliyatida anti-rekord qayd etdi

Matteys de Ligt faoliyatida anti-rekord qayd etdi

Matteys de Ligt o'zining professional faoliyatida hali biror marta ham ketma-ket ikki mavsum davomida bir murabbiy qo'l ostida o'ynamagan.

Matteys de Ligt o'zining professional faoliyatida hali biror marta ham ketma-ket ikki mavsum davomida bir murabbiy qo'l ostida o'ynamagan.

Pol Skoulz: «De Ligt sog'lom bo'lsa, «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi himoyachisi bo'lishi mumkin»

Pol Skoulz: «De Ligt sog'lom bo'lsa, «Manchester Yunayted»ning eng yaxshi himoyachisi bo'lishi mumkin»

Pol Skoulz Matteys de Ligtning «Manchester Yunayted»dagi o'yini va jismoniy holati borasida o'z fikrlarini bildirdi.

Pol Skoulz Matteys de Ligt haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

«Agar de Ligt sog'lom bo'lsa va muntazam ravishda maydonga tushsa, balki u «Manchester Yunayted»dagi eng yaxshi markaziy himoyachidir. Ammo muammo shundaki, uning ishonchliligi va doimiy o'ynay olishi borasida savollar bor. Markaziy himoyachilar haqida gap ketganda esa, bunday savollar bo'lmasligi kerak».