Maykl Kerrik «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan:
«Manchester Yunayted»dagi vaziyat haqida: «Muvaffaqiyatsiz natijalardan keyin «halokat» haqidagi gap-so'zlar boshlanishini juda yaxshi tushunaman, ammo jamoa ichida hammasi boshqacha qabul qilinadi. Biz qiyinchiliklarni yengib o'tishimiz kerak.Hatto vaziyat senga qarshi ishlaganda, bunday davrlar menga yoqadi. Aynan shunday pallalarda kim haqiqatan ham oxirigacha kurashishga tayyor ekanligi bilinadi».
Bo'lajak o'yin haqida: «Ertaga kechqurun biz uchun birinchi daqiqalardanoq to'g'ri kayfiyatni ko'rsatish juda muhim. Bizni nimalar kutayotganini juda yaxshi tasavvur qilamiz va bunga to'liq tayyormiz».
Jamoaning tayyorgarligi haqida: «Futbolchilar bo'lajak o'yinga tayyor. Ayniqsa, «Tottenxem» bilan uchrashuvning ikkinchi bo'limida jamoaning ko'rsatgan munosabati meni xursand qildi.Bu o'yinchilarga bo'lgan ishonchimni yanada oshirdi, garchi avval ham ularga shubha qilmagan bo'lsam-da. Ular vaziyatni o'zgartirishga ahd qilishgan va buning uchun barcha kuchlarini sarflashga tayyorlar».
Kadrlar masalasi haqida: «Ixtiyorimizda yetarlicha futbolchilar bor. Albatta, ma'lum muammolar bor va bir nechta o'yinchi bahsda ishtirok eta olmaydi, ammo tarkib yetishmasligi haqida gap ketmayapti».
O'tkazib yuborilgan gollar haqida: «Hammasi mayda detallarga bog'liq. Chempionatda o'tkazib yuborgan oxirgi uchta golimizdan qochish mumkin edi. Aynan shunday jihatlar ustida ishlash kerak.Men futbolchilarimga to'liq ishonaman va g'alabalar albatta kelishiga aminman».
Bosim haqida: «Hammasi bosim deganda nimani tushunishingizga bog'liq. «Manchester Yunayted» kabi klubda har doim yuqori talablar va kutishlar mavjud.O'z faoliyatim davomida ko'plab yaxshi va murakkab davrlarni boshdan kechirganman, shuning uchun hozir hech qanday bosimni his qilmayapman. Hech qanday negativ yo'q — biz bo'layotgan voqealarni navbatdagi chaqiriq sifatida qabul qilamiz».
Brunu Fernandesh haqida: «Brunu — alohida klassdagi futbolchi. Har bir o'yinchida hamma narsa o'zi xohlagandek bo'lmaydigan davrlar bo'ladi.U «Manchester Yunayted» uchun allaqachon juda ko'p ish qildi va men mutlaqo aminmanki, u klubga ulkan foyda keltirishda davom etadi».
Matteys de Ligtning ishtiroki haqida: «Uning maydonga qaytishi borasida umuman xavotirda emasman.Faqat u qachon aynan o'ynay olishi va qancha daqiqa o'tkazishga tayyor bo'lishini aniqlab olish qoldi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!