Anneki Molenaar: Matteys de Ligt bilan ajralish yurak operatsiyasiga o'xshardi
Matteys de Ligtning sobiq turmush o'rtog'i Anneki Molenaar ularning ajrashuvi haqida ilk bor ochiq fikr bildirdi.
Anneki Molenaar, Matteys de Ligtning sobiq turmush o'rtog'i, ilk bor ularning ajrashuvi haqida ochiq gapirdi. U bu davrni haqiqiy do'zax deb atadi va ajralish qanchalik og'riqli bo'lganini tan oldi:
«Tuyg'ularimga ko'ra, bu xuddi ochiq yurakdagi operatsiyaga o'xshardi. O'sha paytda o'zimni shunchalik himoyasiz, yarador va ojiz his qilganman.
Munosabatlarimiz davomida ko'plab go'zal lahzalarni boshdan kechirdik, ammo bir nuqtada ikkalamiz ham o'rtamizdagi romantik tuyg'ular so'nganini angladik.
Ajrashganimizga qaramay, men va Matteys o'rtasida hamon juda ko'p muhabbat qolgan».