Daily Mail xabariga ko'ra, Manchester United rahbariyatidagi Jeyson Uilkoks va Kristofer Vivell o'rtasida bosh murabbiy masalasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi.
🗣️ Kris Uiler, Daily Mail:
Jeyson Uilkoks va Kristofer Vivell o'rtasida taranglik kuchaymoqda.
Ularning fikrlari turlicha: agar klub Maykl Kerrikni iste'foga chiqarishga qaror qilsa, uning o'rnini kim egallashi kerakligi borasida kelisha olishmayapti.
Daily Mail xabariga ko'ra, Manchester Yunayted rahbariyati jarohatlar sabab uzoq vaqt maydonga tusha olmagan Matthays de Ligtga ishonch bildirishda davom etmoqda.
🗣️ Kris Uiler, Daily Mail:
«Manchester Yunayted»da Matthays de Ligtning kelajagiga shubha yo'q, garchi himoyachi jarohati sabab deyarli bir yilni o'tkazib yuborgan bo'lsa ham.
Klubda hamon niderlandiyalik futbolchiga ishonishadi va uni jamoaning muhim qismi deb hisoblashadi. Maydondagi uzoq muddatli tanaffus rahbariyatning o'yinchi haqidagi qarashlarini o'zgartirmadi».
Manchester United chap qanot himoyachisi izlamoqda. Klub Alexandro Balde va Xorxe Salinas nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.
Natan Solt va Kris Uiler xabariga ko'ra:
Manchester United uchun hozirgi ustuvor vazifa chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirish hisoblanadi. Klub Barcelona futbolchisi Alexandro Balde hamda Racing vakili Xorxe Salinasga qiziqish bildirmoqda.
Biroq insayderlar transfer oynasi yopilishiga qadar jamoaga yangi futbolchi kelishiga unchalik ishonch bildirishmayapti.
Daily Mail xabariga ko'ra, Manchester United yarim himoyachi Tayler Adamsni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Daily Mail jurnalisti Kris Uilerning xabariga ko'ra:
Tayler Adams yozgi transferlar oynasida Manchester United tarkibini kuchaytirishi mumkin bo'lgan yarim himoyachilar ro'yxatida qolmoqda.
Amerikalik futbolchining transferi klubga taxminan 35 million funt sterlingga tushishi mumkin. Bu esa uni klub nishonidagi eng arzon variantlardan biriga aylantiradi.
Kris Uilerning xabar berishicha, «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford «Liverpul»ga qarshi o'yinga safga qaytishi kutilmoqda.
🗣️ Kris Uiler, Daily Mail:
«Manchester Yunayted»da Markus Reshford kelasi hafta «Liverpul»ga qarshi safar o'yiniga tayyor bo'lishiga umid qilishmoqda. Futbolchi allaqachon davolanishning yangi dasturini boshlab yuborgan».
Kris Uilerning xabar berishicha, Manchester United APLdan chiqib ketsa, Adidas bilan bo'lgan yirik shartnomani yo'qotishi yoki daromadlari sezilarli kamayishi mumkin.
🗣️ Kris Uiler, Daily Mail:
«APLdan chiqib ketish «MYu»ga Adidas bilan tuzilgan 900 million funt sterlinglik shartnoma evaziga qimmatga tushishi mumkin: bitim shartlari brendga klub bilan hamkorlikni to'xtatish huquqini beradi.
Bundan tashqari, Adidas yillik to'lovlarni 50 foizga qisqartirish huquqiga ega — u holda «Yunayted» har mavsum uchun 45 million funt sterling oladi.
Chempionlar ligasida ishtirok etmaslik uchun alohida moliyaviy sanksiyalar ham ko'zda tutilgan: turnirda qatnashmaslik klubga har mavsumda 10 million funt sterlingga tushadi».
«Manchester Yunayted» rahbariyati Maykl Kerrikka o'z qarorini shaxsan ma'lum qilmoqchi, shu sababli klubdan rasmiy tasdiq payshanba kuniga qadar chiqmasligi mumkin.
Daily Mail xabariga ko'ra, Lisandro Martines kelasi yozda Manchester United'dan ketishi mumkin. Klub futbolchini tekinga qo'yib yubormaslik uchun shartnomani uzaytiradi.
Kris Uiler, Daily Mail:
Lisandro Martines, ehtimol, jamoa himoya chizig'ini qayta qurish doirasida kelasi yozda Manchester United'ni tark etadi.
Shu bilan birga, klub argentinalik futbolchini tekinga qo'yib yubormoqchi emas. Kutilishicha, United uning shartnomasini uzaytirish bandini faollashtiradi va shundan so'ng yozgi transfer oynasida himoyachini sotishga urinib ko'radi.
Daily Mail nashri jurnalisti Kris Uilerning xabar berishicha, Manchester Yunayted Brunu Fernandes bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlab yubordi.
Daily Mail nashri jurnalisti Kris Uiler xabariga ko'ra:
Manchester Yunayted Brunu bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Tomonlar yil oxirigacha kelishuvga erishishga harakat qilishadi.
Daily Mail xabariga ko'ra, Markus Reshfordga APL, Yevropa va Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqish bor. Futbolchi ijara asosida ketishi mumkin.
Kris Uiler, Daily Mail:
APLning bir nechta klubi (ulardan ikkitasi ayniqsa qiziqish bildirmoqda), shuningdek, Italiya, Germaniya, Turkiya va Saudiya Arabistoni jamoalari hamon Markus Reshfordni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Katta ehtimol bilan, gap ijara shartnomasi haqida ketmoqda.