Daily Mail jurnalisti Mayk Kigan xabariga ko'ra, Markus Reshford «Manchester Yunayted»ning yosh futbolchilari, jumladan Jey-Jey Gabrielga yordam bermoqda.
Daily Mail jurnalisti Mayk Kigan xabariga ko'ra:
Markus Reshford «Manchester Yunayted»ning yosh futbolchilarini faol qo'llab-quvvatlamoqda. U ayniqsa Jey-Jey Gabrielga asosiy jamoaga moslashishda yaqindan yordam bermoqda.
Shuningdek, Reshford Shi Leysi bilan ham vaqt o'tkazgan va qaytganidan so'ng Kobi Maynu bilan yaqin munosabatlarini tezda tiklab olgan.
Maykl Kerrik Markus Reshfordning jamoa uchun ahamiyati va uning hozirgi holati haqida gapirdi.
🗣️ Maykl Kerrik Markus Reshford haqida:
U bizning futbolchi. U ajoyib formada qaytdi. U boshqa barcha qatori oddiy futbolchi. Men uni anchadan beri bilaman va u jamoaga o'zgacha sifatlar olib kiradi. Mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz.
Mateus Kunya Markus Reshford bilan bo'lgan suhbat va raqamlar borasidagi munosabatlari haqida gapirib berdi.
🗣️ Mateus Kunya Markus Reshford bilan bo'lgan suhbat haqida gapirdi:
Men har doim Markusga qoyil qolganman va uni juda hurmat qilaman. U «Yunayted»da ko'p narsaga erishgan, shuning uchun 14-raqam men uchun ko'p jihatdan aynan u bilan bog'liq.
Uning qaytganini bilganimda, qo'ng'iroq qilib, bu raqamni unga qaytarib berishni taklif qildim. Ammo Markus shunday javob berdi: «Kunya, men raqam uchun qaytmadim. Men sen bilan birga o'ynashni, g'alaba qozonishni va «Manchester Yunayted» uchun sovrinlar yutishni xohlayman. Sen bu yerda o'zingni ajoyib ko'rsatding, shuning uchun raqam men uchun ahamiyatga ega emas».
Uning so'zlari meni chinakamiga hayron qoldirdi. Endi men ko'p yillar davomida havas qilib kelgan futbolchi bilan birga o'ynash imkoniga ega bo'lganimdan yanada ko'proq motivatsiyaga egaman.
Pol Skoulz Markus Reshfordning «Manchester Yunayted»dagi yangi raqami va uning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Pol Skoulz Markus Reshfordning «Manchester Yunayted»dagi o'yin raqamini o'zgartirishi haqida fikr bildirdi:
Markusning raqamga bo'lgan munosabati menga yoqdi. «Yunayted»da orqadagi raqam ko'krakdagi emblemadan hech qachon ustun bo'lmasligi kerak. Asosiysi — maydonda nimalar ko'rsatayotganingiz.
U «Manchester Yunayted»ni o'z uyi deb ataydi va klubdagi bosimni tushunadi. Ayniqsa, u bilan aloqani saqlab qolgan Kerrikni alohida ta'kidlash kerak.
Endi hammasi Markusga bog'liq. U barqarorlikni va o'zining eng yaxshi formasini qaytarishi kerak. Shunda u yana jamoaning juda muhim o'yinchisiga aylanishi mumkin.
U uchun bu yangi boshlanish. O'tmishni unutib, qattiq ishlash va o'zini «Yunayted»ga to'liq bag'ishlash kerak. Agar u buni uddalasa, muxlislar uni qo'llab-quvvatlaydi.
Endi Mitten "Manchester Yunayted"ning transfer rejalari va Markus Reshfordning kelajagi haqida fikr bildirdi.
🗣️ Endi Mitten:
Men tarkibda yana bir hujumchini ko'rishdan xursand bo'lardim, biroq hozirda "Manchester Yunayted" bu pozitsiyani kuchaytirishni asosiy vazifalardan biri deb hisoblayotgani yo'q.
Men tushunganimdek, hozirgi vaqtda asosiy ustuvorliklar — markaziy yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi, garchi hammasi hali o'zgarishi mumkin bo'lsa-da. Menga ma'lum qilishlaricha, Markus Reshfordning klubda qolishi va jamoa safida yana maydonga tushishi ehtimoli taxminan 80 foizga baholanmoqda. Uch oy oldin men bunday ssenariyni hatto ko'rib ham chiqmagan bo'lardim.
Maykl Karrik Markus Reshford, Kobbi Maynu va Lisandro Martinesning jamoaga qaytishi haqida gapirdi.
Maykl Karrik Markus Reshford haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Men u bilan birga o'ynaganman. U debyut qilgan o'yinda maydonda edim, shuning uchun bizni bog'lab turadigan tarix bor.
Bu hafta Dublinda butun tarkibimiz yig'iladi. Biz to'g'ridan-to'g'ri o'sha yerga uchib ketamiz va bir necha kunni birga o'tkazamiz, butun guruh yana jam bo'ladi.
Markus ham, Kobbi va Lisandro ham shu guruhning bir qismi. Biz ularning qaytishini intiqlik bilan kutmoqdamiz.
Markus Reshford nima uchun 14-raqamni tanlaganini va bu raqam uning uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini aytib o'tdi.
🗣️ Markus Reshford 14-raqamni tanlagani haqida:
14-raqam qalbimda alohida o'rin tutadi — bu bolalikdagi kumirim va futbol bo'yicha namunam Tyerri Anriga bo'lgan hurmat ifodasi.
"Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga ijaraga o'tayotganimda aynan shu raqamni tanlaganman, chunki men uchun u nafosat va ustunlikni anglatadi.
Men Anriga qoyil qolib o'sganman — uning Premer-ligada qanday hukmronlik qilgani, chap qanotdan markaziy hujumchi pozitsiyasigacha o'ynab, nafosat va kuchni birlashtirganiga havas qilganman.
Endi Maykl Kerrik qo'l ostida "Yunayted"ga qaytar ekanman, 14-raqamni shunchaki raqam deb bilmayman. Bu mening ilhom manbayim, uning merosi va men yozmoqchi bo'lgan yangi sahifa bilan bog'liqlikdir.
Markus Reshford «Manchester Yunayted»ga qaytish qarori va klubdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.
Markus Reshford «Manchester Yunayted»ga qaytish qarori haqida gapirdi:
«Hatto klubdan uzoqda bo'lganimda ham, qalbimning bir qismi «Yunayted»ni tark etmagandi. Oldinga qarab ketishga harakat qildim, lekin «Old Trafford»da hali bajarilmagan ishlarim borligini tushunib yetdim.
Men Rio bilan kelajagim haqida gaplashdim. U menga butun umr «Manchester Yunayted»da muvaffaqiyatga erishishni orzu qilganimni va bitta qiyin davr avvalgi barcha narsani yo'qqa chiqarmasligi kerakligini eslatdi.
Keyin Maykl Kerrik bilan suhbatlashdim. U hech qanday va'da bermadi, shunchaki o'zimga hali ham ishonishimni so'radi. O'shanda tushundim: men hammasini boshqa joyda emas, aynan shu yerda isbotlamoqchiman.
Qaytish — bu ortga tashlangan qadam emas. Men uyga boshqacha fikrlash, katta tajriba va muxlislarga yana faxrlanish uchun sabab berish istagi bilan qaytmoqdaman».
Amad Diallo "Manchester Yunayted"ning Dublindagi yig'ini va tarkibning to'liq shakllanishi haqida gapirdi.
Amad Diallo o'yin yakunidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Endi bizga Dublinda qo'shiladigan Kunya, Reshford, Lisandro va Maynu kerak. Dublinda deyarli to'liq tarkib bilan yig'ilamiz. Bu juda ruhlantiruvchi holat va biz ishlashda davom etamiz.
Manchester United futbolchilar maosh tizimini o'zgartirdi. Endilikda maosh oshishi uchun futbolchi mavsum davomida o'yin vaqtining 60 foizida maydonda bo'lishi kerak.
Jeyms Daker, The Telegraph xabariga ko'ra:
2023-yilgi yozgi transfer oynasidan so'ng, Manchester United yangi futbolchilarni sotib olish va amaldagi shartnomalarni uzaytirishda maoshlar tizimini o'zgartirdi.
Eski tizim bo'yicha, Chempionlar ligasiga yo'llanma olingan taqdirda futbolchilarning maoshi avtomatik tarzda 25 foizga oshirilgan. Yangi shartnomalarda esa maosh oshishi faqat futbolchi o'tgan mavsumda o'yin vaqtining kamida 60 foizida maydonda harakat qilgan taqdirdagina amalga oshadi.
Joshua Zirkze ushbu ko'rsatkichga erisha olmadi, shu sababli uning maoshi oshirilmadi. Klubning maqsadi — jamoa muvaffaqiyatiga muntazam hissa qo'shayotganlarni rag'batlantirish hamda yaxshi o'yin ko'rsatmagan yoki zaxirada qolgan futbolchilarga ortiqcha bonuslar to'lashdan qochishdir. Ushbu tizim maoshlar xarajatini millionlab tejashga yordam bermoqda.
Markus Reshford va Meyson Maunt eski shartnomalar asosida qolishgan va ular uchun 25 foizlik avtomatik oshirish tizimi hali ham amal qiladi.
BBC jurnalisti Saymon Stounning xabar berishicha, Manchester United Markus Reshfordni arzon narxda yoki ijaraga qo'yib yubormoqchi emas.
BBC jurnalisti Saymon Stounning xabar berishicha, APL va xorij klublari Markus Reshford bo'yicha so'rovlar yuborishgan.
APL va xorij klublari Reshford bo'yicha so'rovlar yuborishgan. Ular transfer oynasi yopiladigan 1-sentabrga qadar buni davom ettirishlari aniq. Manchester United esa qat'iy: futbolchi arzon narxda yoki ijaraga ketmaydi.
Daily Mail jurnalisti Mayk Kigan Markus Reshfordning «Manchester Yunayted»dagi hozirgi holati va mashg'ulotlardagi munosabati haqida ma'lumot berdi.
🗣️ Mayk Kigan, Daily Mail:
«Manchester Yunayted»ga qaytganidan so'ng, Markus Reshford klub rahbariyatini o'zining kayfiyati va ishga bo'lgan munosabati bilan hayratda qoldirdi.
Klubda ta'kidlashlaricha, hujumchi yuzaga kelgan qiyin vaziyatni xotirjam qabul qilib, diqqatini to'liq futbolga qaratgan va har bir mashg'ulotda astoydil mehnat qilmoqda.
Ueyn Runi Markus Reshfordning «Manchester Yunayted»dagi o'yini va tana tili haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ueyn Runi Markus Reshford haqida shunday dedi:
Markus bilan bog'liq vaziyat g'alati. Biz uning kerakli sifatlarga ega ekanligini bilamiz, u buni ko'rsatgan, ammo unda sportga bo'lgan chanqoqlik bormi? U umuman «MYu»da o'ynashni xohlaydimi?
Men o'zim 2010-yilda klubdan ketishni so'raganimda shunday vaziyatda bo'lganman. Ammo yakunda qoldim. Bunday hollarda muxlislar bilan munosabatni qaytadan qurish kerak va buni qilishning eng oson yo'li – astoydil mehnat qilish va tana tilini nazorat qilishdir.
Sen yomon o'yin o'tkazishing, to'pni yo'qotishing va xato qilishing mumkin, ammo muxlislar sening jamoa uchun bor kuching bilan harakat qilayotganingni ko'rsa, ma'lum bir darajagacha buni qabul qilishadi. Nazarimda, Markusning tana tili, hatto zaxiradan maydonga tushganida ham, yaxshi ko'rinmayapti. Balki, buni to'g'rilash uchun kimdir bilan ishlashi kerakdir.
O'ylashimcha, u o'zini ko'rsatishga intilishni kuchaytirishi kerak. Agar u shu klubda qolishni istasa, shunchaki ishga kirishishi lozim. U mening golli rekordimni yangilashi mumkin bo'lgan yagona o'yinchi.
Men Markus Reshfordning «Aston Villa» yoki «Barselona»da yaxshi o'ynayotganini ko'rishni istamayman. Men uning «Manchester Yunayted»da yaxshi o'ynashini va «Yunayted» safida gollar urishini xohlayman. Ammo bu uning diqqatini jamlab, bor kuchi bilan mehnat qilishi kerakligini anglatadi. Ijobiy bo'lish, yuzida tabassum bilan o'ynash kerak.
Harri Maguayr jamoadoshi Markus Reshfordning jamoada qolishi muhimligini ta'kidlab o'tdi.
🗣️ Harri Maguayr Markus Reshford haqida:
Biz, futbolchilar, uning qolishini istaymiz — u bilan jamoa shubhasiz kuchliroq bo'ladi.
Sizlar Markus maydonga tushganidan keyin qanchalik xavfli bo'lganini ko'rdingiz. U doimiy ravishda himoyaga muammo tug'dirdi va gol urishi ham mumkin edi.
Men u bilan ko'p yillardan beri birga o'ynayman va uning sifatlarini juda yaxshi bilaman. Markus bilan birga mashg'ulot o'tkazish va o'ynash jamoa uchun katta plyus.
Yuri Tilemans jamoadoshi Markus Reshfordning mashg'ulotlardagi munosabati va uning xarakteri haqida gapirib berdi.
🗣️ Yuri Tilemans Markus Reshford haqida:
«Meni eng ko'p hayratga solgan narsa uning ishga bo'lgan munosabati bo'ldi.
Markus haqida ko'p gapirishdi: go'yoki u yetarlicha harakat qilmayapti, ustuvorliklarni noto'g'ri belgilayapti va umuman futbolga to'liq e'tibor qaratmayapti, deyishdi.
Ammo uni har kuni jamoada ko'rganingizda, haqiqat butunlay boshqacha ekanini tushunasiz.
U bor kuchini beradi, ko'p ishlaydi va hamma bilan juda yaxshi chiqishadi. Aslida Markus — oddiy va pozitiv yigit».
Brunu Fernandesh Markus Reshfordning jamoaga qaytishi va uning «Manchester Yunayted»dagi kayfiyati haqida gapirdi.
🗣️ Brunu Fernandesh Markus Reshfordning qaytishi haqida fikr bildirdi:
Chestni aytganda, xuddi yangi futbolchi sotib olgandek taassurot qoldirmoqda. Gap faqat uning qaytganida emas, balki xulq-atvori va kayfiyatida. U o'zini xuddi «Manchester Yunayted» uning uchun millionlar to'lagandek tutmoqda — Markus o'zini ko'rsatishga juda chanqoq.
Hozir barcha fikrlari butunlay «Yunayted»ga qaratilgan. U boshqa hech qaysi klub haqida o'ylayotgani yo'q. U nihoyatda ijobiy kayfiyatda va jamoaga juda katta yordam bera olishiga ishonchim komil.
Ha, balki uning sevimli raqami hozir banddir, lekin rostini aytsam, bu uni mutlaqo qiziqtirmaydi. Oxirgi kunlarda u va Kunya eng yaqin do'st bo'lib qolishdi.
U menga faqat bitta narsani aytdi: u shunchaki ushbu klub bilan sovrinlar yutishni xohlaydi.
Maykl Kerrik Markus Reshfordning jamoadagi o'rni va uning imkoniyatlari haqida gapirdi.
🗣️ Maykl Kerrik Markus Reshford va uning jamoada qolishi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Markus — bizning o'yinchi va jamoaning boshqa a'zolari kabi muhim qism. U qaytdi va juda yaxshi mashg'ulot o'tkazmoqda. Men uni anchadan beri bilaman, boshqa yigitlar kabi unga ham bir xil munosabatdaman. Lekin uni shu hafta jamoa bilan yana birga ko'rish juda yoqimli bo'ldi. Vaziyatga juda ijobiy qarayapman.
Markus — juda yaxshi futbolchi. Faoliyatingiz 10–15 yil davom etganda, hamma narsa boshqacha ketadigan davrlar bo'lishi muqarrar. Bunday holatlar uchrab turadi.
Faoliyatda ko'tarilishlar va pasayishlar bo'ladi, o'yinchiga faqat bitta davrga qarab baho berib bo'lmaydi. Asosiysi, uzoq muddatda nimalar bo'layotgani. Hozir jamoa sifatida yaxshi holatdamiz va Markus bizga juda ko'p narsa bera oladi. U buni avval ham bajargan va yana bajara oladi, shuning uchun bu borada hammasi juda qiziqarli ko'rinmoqda. U jamoamizga boshqalarda biroz yetishmaydigan narsalarni bera oladi.
Rio Ferdinand va Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»dagi muhit, jarohat olgan futbolchilar hamda klubning transfer rejalari haqida gapirib o'tishdi.
🗣️ Rio Ferdinand Maykl Kerrik bilan bo'lgan suhbati haqida:
U [Kerrik] menga Meyson Maunt bilan hammasi joyidaligini va u «Xall Siti»ga qarshi o'yinga qaytishini aytdi. Shuningdek, u Reshford «Yunayted» libosini yana kiyish imkoniyatidan shunchalik ruhlanganini, xuddi klubga endigina o'tgandek tuyulayotganini ta'kidladi.
🗣️ Maykl Kerrik:
Rahbariyat hozircha sir tutilayotgan ikkita transfer ustida ishlamoqda. Har ikki bitim transfer oynasi yopilgunga qadar yakunlanishi kutilmoqda.
🗣️ Rio Ferdinand:
Kiyinish xonasida hozir ajoyib muhit hukm surmoqda. Yigitlarning mashg'ulotlarda ko'rsatayotgan energiyasi menga juda yoqmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Maykl Kerrik Markus Reshfordni jamoada saqlab qolishni istamoqda va bu masalani klub rahbariyati bilan muhokama qilmoqda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Maykl Kerrik Markus Reshfordning yana jamoa safida ekanligidan juda mamnun va ingliz futbolchisini tarkibda saqlab qolishni istamoqda.
Murabbiy klubga har kuni aynan shu ssenariyni ustuvor deb bilishini ta'kidlamoqda.