#Meyson Maunt — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Meyson Maunt Manchester derbisi oldidan fikrlarini bildirdi

Meyson Maunt Manchester derbisi oldidan fikrlarini bildirdi

Manchester Yunayted yarim himoyachisi Meyson Maunt Manchester derbisi oldidan o'z fikrlari va «Siti»ga qarshi o'yin haqidagi qarashlari bilan o'rtoqlashdi.

🗣️ Meyson Maunt — «Manchester Siti»ga qarshi derbi haqida:

«U o'tgan derbi qanday yakunlanganini eslaydi va biladi: Manchester — qizil. Bugun men unga buni eslatib qo'ymoqchiman.

Men maydonga faqat Entso Fernandesga qarshi chiqmayapman — qarshimizda butun «Siti» turibdi. Va ular bunga tayyor bo'lishlari kerak.

Entso maydonda to'qnashganimizda meni muvozanatdan chiqarishni biladi. Ammo bugun men birinchi bo'lib buni u bilan amalga oshirmoqchiman.

Maqsadim — shunchaki uning o'yinini qiyinlashtirish emas. Butun «Siti» jamoasi birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha qiynalishini istayman.

Bu futboldagi asosiy derbi: bu yerda bahonalar yo'q va yashirinadigan joy ham. Manchester — qizil va biz «Siti»ni buni yana his qilishga majbur qilamiz!»

Rio Ferdinand: «Manchester United» Kerrikni qo'llab-quvvatlashi kerak»

Rio Ferdinand: «Manchester United» Kerrikni qo'llab-quvvatlashi kerak»

Rio Ferdinand «Manchester United» rahbariyatini Maykl Kerrikni qo'llab-quvvatlashga va tarkibni kuchaytirishga chaqirdi.

Rio Ferdinand «Manchester United» rahbariyatini Maykl Kerrikka ko'proq yordam berishga chaqirdi:

Kerrik qanchalik yaxshi murabbiy bo'lmasin, agar «United» rahbariyati tarkibni kuchaytirmasa, kelasi mavsum unga qiyin bo'ladi. Hozir yarim himoyachi sotib olish uchun ayni muddao, ayniqsa Meyson Mauntning yo'qligini hisobga olsak.
Kerrik so'nggi besh yildagi «Manchester United»ning eng yaxshi murabbiylaridan biri. Buni hamma ko'rib turibdi. U o'z ishini a'lo darajada bajaryapti, muxlislar unga ishonishadi, ammo endi rahbariyat ham xuddi shunday ishonch bildirib, unga sifatliroq futbolchilarni taqdim etishi kerak.
Meyson Maunt «Manchester Yunayted»da qoladi

Meyson Maunt «Manchester Yunayted»da qoladi

Mavsum yakunini yaxshi o'tkazgan Meyson Maunt «Manchester Yunayted»dagi kelajagini saqlab qoldi.

Mavsum yakunini yaxshi o'tkazgan Meyson Maunt klubdagi kelajagini saqlab qoldi.

Maykl Kerrik futbolchining mehnatsevarligini yuqori baholamoqda. O'z navbatida, Meyson «MYu» yarim himoyasidagi muammolarni hal qilish uchun maydon markazida chuqurroq pozitsiyada o'ynashga tayyor.

O'ng ustun yangiliklari

Manchester United do'konida eng ko'p sotilgan futbolkalar ma'lum qilindi

Manchester United do'konida eng ko'p sotilgan futbolkalar ma'lum qilindi

Manchester Yunayted do'konida eng ko'p sotilgan futbolkalar ro'yxati e'lon qilindi. Undan Mayson Maunt, Markus Reshford va Brunu Fernandesh kabi futbolchilar o'rin olgan.

👕 ❗️Mayson Maunt, Markus Reshford, Brunu Fernandesh, Mateus Kunya va Brayan Mbemo — «Manchester Yunayted» do'konidagi eng ko'p sotilayotgan futbolkalar egalari.

Meyson Maunt jarohat oldi

Meyson Maunt jarohat oldi

Lori Uitvell xabariga ko'ra, Manchester Yunayted yarim himoyachisi Meyson Maunt jarohat oldi. Futbolchining son mushaklarida kichik uzilish aniqlangan.

Lori Uitvell xabariga ko'ra, Meyson Mauntning tibbiy tekshiruvi natijalari ma'lum bo'ldi:

Mauntning jarohati bo'yicha o'tkazilgan tekshiruv uning son mushaklarida kichik uzilish borligini ko'rsatdi.
Roy Kin Meyson Maunt haqida: U sog'lom bo'lsa, top-futbolchi

Roy Kin Meyson Maunt haqida: U sog'lom bo'lsa, top-futbolchi

Roy Kin Meyson Mauntning o'yini va uning tez-tez jarohat olishi bilan bog'liq muammolar haqida gapirdi.

🗣️ Roy Kin Meyson Mauntning Maykl Kerrik qo'l ostidagi o'yini haqida fikr bildirdi:

Mauntning saviyasiga hech kim shubha qilmaydi. U sog'lom bo'lsa, haqiqiy top-futbolchi. Kerrik undan yarim himoyada ancha chuqurroq pozitsiyada oqilona foydalanmoqda — Meyson maydonga energiya, texnika bag'ishlayapti va o'yinni nazorat qilishga yordam beryapti.
Ammo asosiy muammo — uning doimiy safda bo'lmasligi. Tez-tez jarohat oladigan futbolchi atrofida jamoa qurib bo'lmaydi.
Yunayted shunchaki Mauntning sog'lom bo'lib qolishiga umid bog'lab o'tirolmaydi. Klubga uning o'rnini bosa oladigan sifatli va ishonchli variant kerak, aks holda uning yo'qligi butun yarim himoya tizimini izdan chiqaradi.
Daily Mail: Meyson Maunt «Manchester Yunayted» uchun muhim o'yinchi bo'lishi mumkin

Daily Mail: Meyson Maunt «Manchester Yunayted» uchun muhim o'yinchi bo'lishi mumkin

Daily Mail xabariga ko'ra, Meyson Mauntning mavsumoldi o'yinlari «Manchester Yunayted» murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirgan.

📰 Daily Mail xabariga ko'ra:

Meyson Mauntning mavsumoldi tayyorgarlikdagi ishonchli o'yini klubni yarim himoyani kuchaytirish uchun shoshilinch choralar ko'rish zaruratidan xalos qildi.

Agar Maunt jarohatlardan yiroq bo'lsa, klub uni Andrey Santos bilan bir qatorda yarim himoyadagi kuchli variant sifatida ko'rmoqda.