🗣️ Roy Kin Meyson Mauntning Maykl Kerrik qo'l ostidagi o'yini haqida fikr bildirdi:
Mauntning saviyasiga hech kim shubha qilmaydi. U sog'lom bo'lsa, haqiqiy top-futbolchi. Kerrik undan yarim himoyada ancha chuqurroq pozitsiyada oqilona foydalanmoqda — Meyson maydonga energiya, texnika bag'ishlayapti va o'yinni nazorat qilishga yordam beryapti.
Ammo asosiy muammo — uning doimiy safda bo'lmasligi. Tez-tez jarohat oladigan futbolchi atrofida jamoa qurib bo'lmaydi.
Yunayted shunchaki Mauntning sog'lom bo'lib qolishiga umid bog'lab o'tirolmaydi. Klubga uning o'rnini bosa oladigan sifatli va ishonchli variant kerak, aks holda uning yo'qligi butun yarim himoya tizimini izdan chiqaradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!