«Ehtimol, men o'sha ikki klubga unchalik mos bo'lmagan vaqtda kelgandirman. Balki, Joze Mourinyu bilan qanday ishlashni bilmagandirman, garchi keyinchalik biz «Roma»da yana uchrashgan bo'lsak-da, u yerda vaziyat butunlay boshqacha edi.
Ammo, barcha qiyinchiliklarga qaramay, unutmaslik kerakki, men u yerda uchta sovrin, jumladan Yevropa ligasini yutganman.
Bu qiyinchiliklar meni inson sifatida kuchliroq qildi va ko'zlarimni futbol hamda futbol olamiga ochdi.
Dortmundning «Borussiya»sida Yurgen Klopp bor edi, u har kuni seni quchoqlab, qo'llab-quvvatlab, yoningda bo'lib, sening bilan gaplashardi. Keyin esa Tomas Tuxel bo'lgan, u meni juda yuqori baholagan va har kuni men bilan muloqot qilgan.
To'satdan esa sen «Manchester Yunayted» kabi jamoada, ya'ni brend nuqtai nazaridan dunyoning eng yirik klublaridan birida, dunyoning eng kuchli chempionati — Angliya Premyer-ligasida, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri qo'l ostida bo'lib qolasan.
Bunday paytda vaziyat o'zgarganini va moslashishni o'rganishing kerakligini tushunasan.
Hatto Joze Mourinyu bilan muammolar va kelishmovchiliklar yuzaga kelganda ham, men hech qachon uni meni maydonga tushirmagani uchun ayblashga urinmaganman. Men har doim birinchi navbatda o'zimni ayblardim va o'zimga: «Ehtimol, aynan men nimadir noto'g'ri qilayotgandirman», deb aytardim.
Farqi yo'q, mayli meni tanqid qilsin, mayli mendan norozi ekanligini aytsin. Lekin men unga nimaga qodirligimni isbotlayman. Men buni unga isbotlayman.
Aynan shu narsa menga kuch va motivatsiya berib, yanada yaxshiroq bo'lishga hamda maqsadlarimga erishishga yordam bergan».
— Genrix Mxitaryan.