Tomas Tuxel Rio Ngumoa haqida fikr bildirdi
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 25

Tomas Tuxel Rio Ngumoa haqida fikr bildirdi

Tomas Tuxel Rio Ngumoa haqida:

«O'ylaymanki, har qanday futbolchi uchun terma jamoaga chaqiruv olish doimo maqsad hisoblanadi. Sen chaqiruv olganingdan xursandsan, yig'inda bo'lganingdan xursandsan, ammo mashg'ulotlar boshlanishi bilan har bir futbolchi asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashadi. Aynan shunday madaniyatni yaratmoqchimiz.

Rio o'tgan safar ham chaqiruv olgandi va nazarimda, yig'inlar oralig'idagi bu to'rt-besh hafta ichida u avvalgi yig'inga qaraganda buni yanada ko'proq haqli bo'ldi, chunki u muhim daqiqalarga ega bo'ldi.

U hozir yaxshi holatda. U qat'iyatli, o'ziga ishongan va AQShdagi mavsumoldi yig'inida o'z sifatlarini ko'rsatib bo'lgan. Keyin esa oxirgi yig'inda ham buni tasdiqladi. Biz uchun u ikkala qanotda ham variant hisoblanadi.

U juda chaqqon futbolchi, dribling qilishni yaxshi ko'radi va yakkama-yakka vaziyatlarda kuchli. U jamoaga haqiqatan ham juda kam uchraydigan narsani bera oladi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!